2018-yilning 1-yanvaridan boshlab moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari rahbarlariga javobgarlik va rag‘batlantirish choralari ko‘rilsin, u quyidagilarni nazarda tutilgan:
a) soliq va moliya organlari rahbarlarini ularning lavozim maoshlaridan 50 foizgacha bo‘lgan miqdorda mukofotlash, shu jumladan:
mahalliy byudjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilgani uchun 10 foiz miqdorda;
byudjetga to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi qisqartirilgani uchun 20 foiz miqdorda;
mahalliy byudjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari bajarilgani uchun 20 foiz miqdorda;
b) yuqorida ko‘rsatilgan mezonlarning ijrosi ta’minlanmagani uchun ularning lavozim maoshlaridan 30 foiz miqdorida jarima sanksiyalarini qo‘llash, shu jumladan:
mahalliy byudjet prognozi bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorda;
mahalliy byudjetga to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi oshirilgani uchun 10 foiz miqdorda;
mahalliy byudjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorda.
SHUNINGDEK QUYIDAGILAR BELGILANGAN.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
mahalliy byudjet parametrlarini bajarish, mahalliy byudjet daromadlarini oshirish rezervlarini safarbar qilish, tasdiqlangan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, axborotlarni rasmiy veb-saytlarda va mahalliy ommaviy axborot vositalarida chop etish;
soliq va moliya organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha mazkur Farmonda o‘rnatilgan talablarga qat’iy rioya etilishi ustidan tizimli asosda nazoratni amalga oshirsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari har chorakda tegishli organlar rahbarlarining hisobotlarini ommaviy axborot vositalarida chop etish va ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlarga joylashtirish, shu jumladan, mazkur tadbirlarni mahalliy televideniye orqali yoritishni ta’minlasin.
QIMMATLI VAQTINGIZNI AYAMAGANINGIZ UCHUN RAHMAT.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |