Mahalliy davlat hokimiyati to‘G‘risida I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati


-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki obyektlarini boshqarish


Download 185.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana04.02.2023
Hajmi185.56 Kb.
#1166496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
913-XII-сон 02.09.1993. Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida

9-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki obyektlarini boshqarish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xalq deputatlari Kengashi, hokim viloyat, tuman, shahar mulki obyektlarini O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligida belgilangan doirada boshqaradi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi
tegishli viloyat, tuman, shahar mulkida bo‘lgan obyektlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida
nazarda tutilgan tartibda va doirada vaqtincha yoki doimiy egalik qilish va foydalanish uchun
berishga haqlidir.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyat va Toshkent shahar hokimi yer uchastkalarini
doimiy foydalanishga berishga, yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqini bekor qilishga
haqli.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, tuman, shahar hokimi jismoniy va yuridik shaxslar bilan
yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari
yer uchastkasini yoki uning bir qismini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish
to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Xalq deputatlari Kengashi, hokim qonunchilikka muvofiq yer munosabatlari sohasidagi
boshqa masalalarni ham hal qiladi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
1
1
1


 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 
5 — 7-moddalariga
 qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(III bob O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli 
Qonuniga 
asosan
chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)

Download 185.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling