Mahalliy mineral xom ashyolar asosida olovbardosh silikat materiallarini olish usullarini takomillashtirish Reja kirish I bob. Mahalliy xom-ashyolarni chidamli silikat materiallarini olish uchun tayyorlash


Silikat olish uchun materiall-elementlarga e’tibor berish usullari


Download 0.49 Mb.
bet5/11
Sana03.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1322170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mahalliy mineral xom ashyolar asosida olovbardosh silikat materiallarini olish usullarini takomillashtirish

1.1. Silikat olish uchun materiall-elementlarga e’tibor berish usullari
Xomashyoni kompleks ishlatish natijasida bir korxonaning ichida bir nechta mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin. Masalan, «Chirchiqelektrokimyosanoat» ishlab chiqarish birlashmasida avvallari asosan selitra o‘g‘iti ishlab chiqarilar edi. Ammiakning sintezi uchun kerak bo‘ladigan vodorodni, tabiiy gazni (СН4) konversiya qilib olinadi. Bunda vodoroddan tashqari hosil bo‘lgan CO2 Газидан karbamid (mochevina) olish texnologiyasi ishlab chiqarishga tatbiq etilgan.
2NH3QCO2→CO(NH2)2 QH2O
Ikkilamchi xomashyo resurslaridan foydalanish, birinchidan asosiy xomashyoni tejaydi, ikkinchidan esa atrof-muhitniig ifloslanish darajasini kamaytiradi. Masalan, superfosfat zavodlarining chiqindisi bo‘lgan fosfogipsdan sulfat kislota va sement olishda foydalanish mumkin.
Chirchiqdagi «Kaprolaktam» zavodida bir kecha-kunduzda taxminan 25 tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Uning tarkibi asosan organik birikmalardan iborat. Hozirgi vaqtda uni asosan yoqish yo‘li bilan yo‘qotiladi. Respublika kimyogar olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ushbu chiqindining 40-50 % kimyo sanoati uchun zarur bo‘lgan benzoy kislotasi ekanligi aniqlandi va uni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Chiqindining qolgan 50-60% dan ionalmashinuvchi smolalar va bo‘yoq moddalar ishlab chiqarish mumkinligi ko‘rsatilgan. Lekin haligacha bu chiqindini yuqorida aytilgan texnologiya asosida sanoat miqyosida qayta ishlash yo‘lga quyilgan emas.
Demak, xomashyodan kompleks foydalanish kimyo sanoatining yuksak yo‘nalishi bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri xomashyo resurslarini va xalq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan masaladir. Kimyo sanoatida xomashyodan kompleks foydalanish muammosi hal etilsa, chiqindisiz mahsulot ishlab chiqarishga erishiladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, atrof-muxitning kimyoviy moddalar bilan zararlanishi pasayadi va ekologiya yaxshilanadi.
Silikatlar (lot. silex chaqmoqtosh) — silikat kislotalarning tuzlaridan iborat murakkab moddalar. Kristallar shaklidagi S. tabiiy birikmalar ichida juda koʻp uchraydi. Tabiiy S.ning kimyoviy tarkibi va tuzili shi juda murakkab boʻlganligidan ularni faqat rentgen analizi yordamida oʻrganish mumkin. S.ning struktura nazariyasiga koʻra, barcha kristall shakldagi S. asosini [SiOJ4~ tarkmbli tetraedrlar tashkil qiladi. Tetraedrning markazida Si4+ ioni boʻlib, uni 4 ta kislorod ioni qurshab olgan. S. tabiatda turli sharoitlarda hosil boʻlishi mumkin. S. otqindi va metamorfik togʻ jinslarni tashkil etuvchi minerallardir; baʼzi S. (mas, gillar, seolitlar) nurash natijasida hosil boʻladi. S.ning xossalari ularni tashkil etuvchi tetraedrlarning xiliga, tarkibida suv boryoʻkligiga va boshqa omillarga bogʻliq. Koʻpchilik S. kimyoviy jixatdan barqaror; ular kislotalar taʼsiriga chidamli. Ularning rangi tarkibidagi kationlar tabiatiga boglik,. S.ning qattiqligi Moos shkalasi boʻyicha 4 dan 7 gacha, zichligi 2—4 g/sm³. S.da izomorfizm xrdisasi keng tarqalgan; shunga kura, turli S. oʻzaro izomorf aralashmalar (maye andaluzit, sillimanit, kianit va b) hosil qiladi. S. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, Yer pusti massasining 3/4 qismini tashkil etadi. Barcha maʼlum minerallarning taxminan 1/3 qismi S.dir. S.ning sanoat miqyosidagi ahamiyati katta. Ularning baʼzilari xom ashyo, ruda (nikelning silikatli rudalari, berilliy, litiy S. va h.k.), baʼzilari nometall foydali qazilma (mas, slyuda, talk, gil, dala shpatlari, asbest) va qurilish materiali (granit, bazalt va boshqalar), qimmatbaho va ziynat toshlari (zumrad, topaz, granat, berill va boshqalar) sifatida ishlatiladi. S. parchalanishi natijasida kvars (qum) SiO2 hosil boʻladi; alyumosilikatlar parchalanganida esa, kum va kaolin H4Al2Si20 hosil buladi.
Tabiiy S. bilan bir qatorda sunʼiy S.ning ham a.hamiyati juda katta. Tabiatdagi deyarli barcha S, shuningdek, tabiatda uchramaydigan yoki kam uchraydigan S. sunʼiy usulda olingan. Sunʼiy S. tarkibi va tuzilishi jihatdan maʼlum darajada bir xil boʻlganligi uchun ularning xossalarini oʻrganish osonroq. Sunʼiy Sdan, ayniqsa, shisha, sement, keramika, sir, olovbardosh materiallar va boshqalarning ahamiyati muhim.
Texnologik operasiyalar haqida umumiy tushuncha. Texnologiya so’zi materiallarni ishlash vositalari va usullari haqidagi bilimlarni anglatadi. Shu sababli quyida silikat va undan mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga oid ba’zi bir umumiy ma’lumotlarni keltiramiz. Keramika va o’tga chidamli materiallar hamda shisha va sitall buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasining asosida tabiiy yoki sun’iy xomashyo va materiallar (kukuni) ni ma’lum darajada kompleks xossalari bilan xarakterlanuvchi texnikaviy monolit toshga aylantirish yotadi.
Keramika va shishalar texnologiyasining ayrim qismlarini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
1. Keramika va o’tga chidamli materiallar texnologiyasi: homashyo → kukun, plastik massa yoki shlinker tayyorlash → qoliplash → quritish → kuydirish → termik, mexanik yoki kimyoviy ishlov berish → sortlash → qadoqlash → tayyor buyumlar ombori;
2. Shisha va sitallar texnologiyasi: homashyo → shixtakukuni yoki briket tayyorlash → eritish → qoliplash → termik, mexanik yoki kimyoviy ishlov berish → saralash → qadoqlash → tayyor buyumlar ombori.
Avvalo texnologik jarayonda homashyo sifatida ishlatiladigan materiallar ustida to’xtalib o’tamiz. Keramika va o’tga chidamli materiallar olishda gil, lyoss, dala shpati, qum va shamot, shisha va sitall mahsulotlari ishlab chiqarishda esa qum, ohaktosh, soda yoki potash kabi homashyolar ishlatiladi. Ko’rinib turibdiki turli-tuman silikat mahsulotlarini olishda ishlatiluvchi homashyo turlarida anchagina o’xshashlik bor. Ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xossa-hususiyatlariga qarab ularning o’zaro nisbati va turi o’zgarishi mumkin. Masalan: qurilish gishti, govak va kavakli g’ishtlar olishda gilning oson suyuqlanuvchan va 1620 K dan past temperaturaga bardosh beruvchi turi ishlatiladi. Turli qo’shimchalar - kvars yoki kvars qumi, temir oksidlari, ohaktosh zarrachalari va organik birikmalar ularni pastroq temperaturada suyuqlanishiga olib keladi. O’tga chidamli materiallar olishda esa o’tga bardoshli gillar ishlatiladi. Ular oson suyuqlanuvchan gillarga nisbatan toza bo’lib, kvars, dala shpati, slyuda, temir birikmalari va boshqalar nisbatan kamroq aralashgani sababli, 1850 K dan yuqori temperaturaga bardosh beradi. Gillarning uchinchi turi qiyin suyuqlanuvchan gillar 1620-1850 K da suyuqlanadi. Ularda mexanik qo’shimchalar o’tga bardoshli gillardagiga nisbatan ko’proq bo’lgani sababli o’tga chidamli g’isht olib bo’lmaydi. Ulardan, asosan kanalizasiya quvurlari, pol va ichki pardozlash plitkalari va fasadbop keramika ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Silikat maxsulotlari olinishidagi bajariladigan asosiy texnologik operasiyalardan biri homashyo materiallarini tayyorlash bo’lib, u ho’l yoki quruq usulda amalga oshiriladi. Xomashyo materiallari suvda tayyorlab, ishlab chiqarish usuli «ho’l» usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash xomashyo turi va uning xossalari, texnologik va texnik iqtisodiy tabiatidagi bir qator omillarga bog’liq.
Materiallarni tayyorlashga oid asosiy vazifa — talab qilingan namlik hamda kimyoviy, mineralogik va granulometrik tarkibli bir jinsli xomashyo aralashmasini hosil qilishdir. Ana shunday aralashmani tayyorlash uchun tarkibga kiradigan materiallar (ohaktosh, gil, dala shpati, to’grilovchi qo’shimcha va boshqalar) mayda tuyiladi va ma’lum miqdordagi suv yoki par ishtirokida yaxshilab aralashtiriladi. Tarkibga kiruvchi materiallar mayda tuyilsa va aralashtirilsa, xomashyo aralashmasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotgan yoki eritilayotganda bir-birlariga uzaro tularoq ta’sir etishadi.
Xomashyo materiallari keramika va shishalar texnologiyasining ikkala qismi uchun ham aynan bir xil tayyorlanadi. Xomashyoni yer ostidan kavlab olish, tashish, donalash, saralash, dozalash, yuqoriga ko’tarish, uzatish. aralashtirish, unlash va tayyor bir jinsli homashyoni saqlash ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik operasiyalardan hisoblanadi.
Homashyoni qazib olish va tashish. Homashyo, masalan, gilni yer ostidan kavlab chiqarish korxona yaqinidagi ochiq sayoz kon-karyerlarda amalga oshiriladi.
Xomashyoni sidiradigan va yuklaydigan mashina - skreper, buldozer yoki ekskavator yordamida avvalo karyer yuzasi o’simlik, kulrang tuproq va ohaktosh qoldig’idan tozalanadi, oqova ariqlari yuqotiladi hamda mashinalar uchun kirish yo’li quriladi. So’ngra turli usullarda (iliq iklimli rayonlarda ochiq qishi qattiq rayonlarda esa yopiq usullarda) gilni kavlash va transport vositalariga yuklash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarga odatda cho’mich hajmi 0,5-2 m bo’lgan bir chumichli, ko’pdan- ko’p xollarda ko’pkavshli ekskavatorlar qo’l keladi. Ohaktosh, mergel, magnezit, dolomit, kvars, dala shpati, tog’ billuri kabi qattiq moddalar esa portlash yordamida qazib olinadi va bir cho’michli ekskavator yordamida vagonetka, platforma yoki mashinalarga joylanadi.
Xomashyoni tashish maqsadida relsli va relssiz, davriy va to’xtovsiz uzatib turuvchi mashinalar qo’llaniladi. Relsli transport vositalari qatoriga motovoz, elektrovoz, osma sim arqon yo’li kabilar kiradi. Relssiz yuk tashuvchi vositalarga esa turli-tuman markali avtomashinalar (masalan, «BelAZ» va «KrAZ»), elektrolafat, skreper va buldozerlarni ko’rsatish mumkin. Yuklarni joyidan joyiga to’xtovsiz uzatib turish gorizontal yo’nalish bo’yicha transporter va vertikal yo’nalishda elevatorlar vositasida bajarilishi mumkin. Karyer zavoddan taxminan 1 km narida bo’lsa lentali transportlardan, zavod bilan karyer orasi past-baland joylar bo’lsa osma sim arqondan foylalansa bo’ladi. Ba’zi hollarda gidrotransportdan foydalaniladi.
Qattiq iqlimli sharoitlarda normal ishlashni ta’minlash uchun korxona hovlisida ishlab chiqarish uchun kerakli materiallarning ma’lum muddatli zahiralari hozirlab qo’yiladi.
Xomashyoni maydalash. Keramika va shisha mahsulotlarini ishlab chiqarishda xomashyoni maydalash turli maydalash-tuyish mashinalarida amalga oshiriladi. Bu mashinalarda maydalash modda bo’laklarini ezish, urish, ishqalash, yorish, uzish, portlash jarayonlari orqali ro’y beradi. Ushbu jarayon turi odatda moddalarning fizik xossalari, modda bo’lakchalarining o’lchami va belgilangan maydalash darajasiga qarab tanlanadi. Masalan, gilning hajm ogirligi 1700—2000 kg/m3 va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,2—0,6 MPa; ohaktoshning hajm og’irligi 2630— 3100 kg/m3 va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 40—380 MPa; kvarsning hajm ogirligi 2640 kg/m3 va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 80—145 MPa; shamotning hajm ogirligi 1700—2100 kg/m3 va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa atrofida bo’ladi. Xomashyoning ko’rinib turgan fizik xossalaridagi farqqa qarab moddalarning maydalanishga mo yilligi tuyish qobiliyati koeffisienti orqali aniqlanadi.
Tuyish qobiliyati koeffisienti ma’lum darajada maydalangan etalon va tekshirilayotgan moddalarning maydalashga ketgan solishtirma energiya miqdorlari nisbatini anglatadi va homashyo turlari uchun quyidagi raqamlar bilan harakterlanadi:
Gil 1,5-2, Ohaktosh 0,8 — 1,1 Kvars, 0,6 - 0,7 Klinker 1 Dala shpati 0,8 — 0,9 Magnezit 0,7 — 1 Toshko’mir 0,7 — 1,3
Maydalanayotgan modda bo’lakchalarining dastlabki o’lchami ularni karyerdan qazib olish, tashish va namligiga ko’ra turlicha bo’ladi. Bo’lakchalar ko’rinishini shartli sharsimon shaklda deb olsak, ularning diametri quyidagicha topiladi: Aksariyat holatda bu o’lchamning boshlang’ich holati 750— 250 mm ga teng bo’lib, tuyilganidan keyingi holati esa 0,01 mm va undan ham kichik bo’lishi mumkin. Modda bo’lakchalari boshlang’ich o’rtacha o’lchami (D’rtach) ning maydalangandan keyingi o’rtacha o’lchamiga(d’rtach) nisbati materialning maydalanish darajasi deb ataladi va i/ harfi bilan belgilanadi: Materiallarni maydalanish darajasi maydalash mashinalari uchun 4—30ga, un tortishmashinalar uchun 300gacha,ba’zi vaqtlarda esa birnecha minggacha bo’lishi mumkin.
Qattiq homashyoni maydalashda valikli maydalagich, chopqirli maydalagich (tegirmon toshi va umuman bitta yoki ikkita toshaylanuvchi katokdan iborat yanchish uchun hizmat qiladigan mashina), bolg’achali yuzli (lunjli), konusli, rotorli (zarbli) maydalovchi mashinalar, strugach (yumshoqroq homashyoni qirish yo’li bilan maydalovchi mashina) va tonraspler (setka yuzasiga ishqalash orqali maydalash)lar ishlatiladi. Un tortish mashinalari sifatida esa sharli, sterjenli va bolg’achali tegirmonlar qo’llaniladi. Keyingi paytlarda ushbu maqsadda pnevmo-, vibro va energiya oqimli tegirmonlar keng qo’llanilmoqda.
Nomlari yuqorida qayd etilgan mashinalarning u yoki bu turini qo’llash yuqorida so’z yuritilgan uch faktor (siqilishdagi mustahkamlik, bo’laklarning dastlabki o’lchami va maydalash darajasi)ga bog’lik. Ohaktosh, kvars va shamot kabi qattiq va mustahkam moddalar yuzli (jagli, lunjli) maydalagichlarda 100—200 mm o’lchamgacha maydalanadi. So’ngra bolg’achali va konus maydalagichlarda 10—30 mm o’lchamgacha kichraytiriladi. Ushbu maqsadda zarbli maydalagichlardan ham foydalansa bo’ladi. Unda material katta tezlikda aylanayotgan toqmoqlar va korpusga urnatilgan mahsus panjaralar yordamida maydalanadi. So’nggi marta homashyo valikli maydalagichdan o’tgan gil bilan birga sharli tegirmonlarda ho’l yoki quruq usulda maydalanadi. Material suvsiz maydalangandagiga qaraganda suvda yaxshi maydalanadi, chunki suv maydalanayotgan material qattiqligini keskin kamaytiradi.
Ohaktosh va boshqa komponentlar sharli tegirmonga uzluksiz ishlaydigan mexanizmlar yordamida uzatiladi. Ularning ishini avtomatlar boshqarganligi sababli tegirmon doimo bir xil kuchlanishda serunum ishlab, materiallarni talab qilingan darajada maydalab va aralashtirib turadi. Homashyoni tozalash va ta’mirlash. Bu operasiya vaqtida maydalangan material yoki bir jinsli aralashma ayrim nav (sort) va sinf (klass)larga ajratiladi hamda keraksiz qo’shimchalardan tozalanadi. Umuman, silikatlar texnologiyasida materiallar turt xil usulda saralanadi:

  • mexanik saralash — material tur patkarali mashina va asboblar yordamida chayqalib ishlaydi va donalarining katta-kichikligiga ko’ra ikki yoki bir qancha turlarga ajraladi;

  • havoda saralash — material donalari havo separatorlari, siklon, filtr va elektrofiltrlarda og’irlik va aylanma kuchlar ta’sirida gorizontal yoki vertikal harakatdagi havo oqimidan ajratib fraksiyalanadi;

  • magnitli saralash — material elektromagnit separatorlar bilan temir birikmalari hamda metall qo’shimchalaridan tozalanadi;

  • gidravlik saralash — bunda materialning konusli, kamerali va gidromexanikaviy klassifikatorlarda suvli muhitda donalar o’lchami yeki solishtirma og’irligidagi farq sababli turli tezlikda cho’kishiga asoslanib fraksiyalarga bo’linishi yotadi.

  • Texnologiyada maydalash — unlash mashinalari, qoliplash asboblari, yuklarni to’xtovsiz uzatib turish kabi vositalarining xomashyo, suv, yonilg’i va shu kabilar bilan ta’minlashni tartibga solib turish mahsus tarelkali (diskli), plastinkali (lentali), barabanli va shnekli oziqlantiruvchi mashinalar yordamida bajariladi. Ba’zi vaqtlarda bu mashinalar dozalagich vazifasini ham o’tashi mumkin.

Dozalagichlar texnologik liniya materiallarini ma’lum miqdorda uzluksiz yoki porsiyali (siklli) uzatib turishga xizmat qiladi. Ular dozalash usuliga ko’ra hajmli va og’irlik dozalagichlarga bo’linadi. Hajmli dozalagichlarda dozalash aniqligi 2—5 % ga teng. Ular tuzilishi nuqtai nazaridan qulay va sodda bo’lib, texnikada juda keng qo’llaniladi. Aniq o’lchov talab qilingan joylarda esa faqat siklik yoki uzluksiz ishlaydigan tarozilar qo’llaniladi.
Xomashyoni aralashtirish, tarkibini to’grilash va saqlash. Xomashyolarni bir-biri va suv bilan aralashtirish muhim texnologik jarayon bo’lib, u kanotli loyqorgich, shnekli loyqorgich, eritmaqorgich, parrakli aralashtirgich, loyatalagich kabi mashinalarda amalga oshiriladi. Misol tariqasida plastik usulda qurilish g’ishti tayyorlash jarayoni bilan tanishish mumkin. Bu usulda maydalangan giltuproq kanotli bir yoki ikki valli loyqorgichga tushadi. Bu yerda unga 18—25 % suv qo’shilib loy qoriladi va bir jinsli bo’lguniga qadar shnekli val qanotlari yordamida aralashtiriladi. Plastik massa, masalan, maishiy-ho’jalik chinnisini olish uchun shliker yoki eritmadan tayyorlanayotgan bo’lsa, u holda tarkibidagi suv miqdori filtr presslar yordamida kamaytiriladi. Yana massaga lentasimon vakuumli yoki vakuumsiz presslarda qo’shimcha ishlov berib sifatini yaxshilash mumkin.
Bir jinsli tayyor moddani qoliplash. Keramika va o’tga chidamli materiallar yarimquruq usul kukuni, plastik usul massasi, shliker yoki eritma maxsus asbob va mashinalar yordamida qoliplab olinadi. 7—12 % namlikka ega bo’lgan yarimquruq kukun bir yoki ikki tomonlama bir pog’onali yohud ko’ppog’onali usullarda 20—40 MPa bosimda presslanadi. Presslash jarayoni tirsak dastali, friksion, rotasion va gidravlik presslarda bajariladi. 18—25 % namlikka ega plastik massani presslash 1—2 MPa bosimda lentasimon yoki shtampovka presslarida amalga oshiriladi. Odatda massa press ichida shnek yordamida suriladi va zichlanadi. Press mundshtukidan uzluksiz chiqayotgan brus kesadigan qurilmaning po’lat simlari yordamida kesilib, berilgan o’lchamdagi g’isht hosil qilinadi. Shtampovka presslarida jarayon davriy bajarilgani sababli kesadigan qurilmaga hojat qolmaydi. Bu presslar juda unumdor bo’lib soatiga 10 ming, hatto undan ko’p mahsulotni qoliplash imkoniyatini beradi. Sopol - chinni kabi buyumlar olishda ham yuqorida namlari qayd etilgan massalar ishlatiladi, ammo qoliplash jarayoni qo’llanilayotgan mashina va asboblar turiga ko’ra boshqacharoq o’tadi.
Shisha va sitall mahsulotlari ishlab chiqarishda qoliplash jarayoni keramika va o’tga chidamli materiallar olish texnologiyasidan ularoq asosiy termik operasiya eritish jarayonidan so’ng amalga oshiriladi. Qoliplash qo’l va mashinalar yordamida tortib chuzish, quyish, prokatlash, presslash, puflash usullarida bajariladi. Masalan, deraza oynasi vertikal va gorizontal yo’nalishda cho’ziladigan mashinalarda tayyorlanadi. Bu mashinalarda uzluksiz shisha lentasi eritmaga tushirilgan «qayiqcha» nomli qoliplovchi moslamaning tirkishi orkali tortib cho’ziladi va teshikli o’lchamlarda qalinligi 2—6 mm bo’lgan varaklar ko’rinishida qirqib olinadi. Uzluksiz shisha lentasini qayiqcha usulisiz erkin holda ham cho’zib olish mumkin. Bu usulda shisha massasi boshqa modda bilan aloqada bo’lmagani sababli havo pufakchalari, qilsimon chiziq va hira nuqta kabi nuqsonlardan holi bo’ladi.
Shisha va sitall shihtasi erishidan oldin (ba’zi holatlarda) qoliplanib mayda-mayda dona — granulalar hosil qilinadi. Quruq usulda portlandsement ishlab chiqarish jarayonida ham ana shunday donalar teshikli press, mahsus baraban yoki tovoksimon donadorlashtirgichlarda tayyorlanadi. Bu bilan shisha shihtasi yoki sement unining chiqit gazlar bilan ko’p miqdorda uchib chiqib ketishiga barham berildi. Natijada pechь normal ishlaydi va ish unumdorligi oshadi.
Mahsulotga termik, mexanik va kimyoviy ishlov berish. Bu usullar orasida termik ishlov berish keramika va shisha texnologiyasining eng murakkab va mas’ul jarayoni bo’lib, tayyor mahsulotning sifatini ma’lum darajada ta’minlaydi. Keramika va o’tga chidamli materiallar texnologiyasida mahsulotni quritish va kuydirish, shisha va sitallar texnologiyasida esa aralashma yoki granulalarni eritish va qoliplangan mahsulot kuchlanishini yo’qotish kabi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Nomi yuqorida qayd etilgan silikat mahsulotlariga termik ishlov berish turli usul, agregat va temperaturada olib boriladi. Keramika va o’tga chidamli materiallar ishlab chiqarishda avvalo hom mahsulot quritiladi. Hozirgi paytda mahsulotlarni quritish jarayoni zamonaviy, qo’l kuchi va qo’l mehnatidan holi bo’lgan kamera, konveyer yoki tunnel quritgichlarda 360—390 K issiqlik yordamida olib boriladi. Quritish vaqti texnika taraqqiy etgani sari qisqarmoqda.
Xom gishtning quritilishini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Nurli yoki rotasion avtomatlar bilan brusdan kesilgan g’isht «Avtomat taxlovchi» mashinalar yordamida quritish vagonchalariga yuklanadi. Jumladan, «SM 562A» markali shunday mashina bir soatda 8000 dona g’ishtni tahlaydi, ya’ni ilgari 8—10 kishi bajaradigan ishni bir o’zi bajaradi, so’ngra 6—9 % namlikkacha quritiladi. G’isht tayyorlash jarayoni qadim zamonlarda mashaqqatli operasiya hisoblanib, g’isht haftalab ochiq maydonlarda va mahsus saroylarda quyosh nuri yoki yonayotgan o’tin issiqligi yordamida quritilar edi. Xozirgi paytda quritish vaqti bir necha marta qisqargan: u kamera agregatida 40—70 soatni, tunnel agregatida esa 15—40 soatni tashkil qiladi.
Quritilgan g’isht quritgich vagonchalaridan olinib, mahsus vagonlar yoki mahsus honalarga joylanadi. So’ngra u pishiriladi. Bu maqsadda turli - tuman pechlardan keng foydalaniladi. Qurilish gishti olish uchun ishlatiladigan massa tarkibiga erish temperaturasi past bo’lgan moddalar kiritilishiga karamasdan g’ishtning pishish va qattiq toshga aylanish temperaturasi hali ham yuqoriligicha — 1170— 1370 K atrofida qolmoqda. Shuning uchun g’ishtlar mahsus o’tdonda, ya’ni aylanma va tunnel pechlarida kuydiriladi yoki avtoklavlarda par bilan ishlov beriladi. O’tga chidamli g’isht tarkibiga erishi qiyin bo’lgan kaolin tuprog’i, yuqori temperaturaga chidamli tog’ jinsi va sun’iy moddalar kirganligi sababli ular kuydirilayotganda temperatura ancha yuqori — 1620—1770 K atrofida bo’ladi va ular asosan tunnel pechlarda tayyorlanadi.
Xozirgi zamonaviy g’isht kuydirish pechlari gigant inshootlardan iborat bo’lib, ularning maydoni o’nlab, hatto yuzlab kvadrat metrni tashkil qiladi. Misol tariqasida aylanma pechning hajmi 950 va tunnel pechning hajmi 315—440 m3 ni tashkil qilishini eslatish kifoya. Ular elektr toki, gaz yoki mazut orqali isitiladi. Bunday pechlarning 1 m3 hajmidan bir oyda 1500—5000 dona g’isht olinadi. Bitta 100 kub metrlik hajmni tashkil etgan pechdan yiliga olinadigan g’isht mahsuloti 25 million donani tashkil etadi. G’ishtlarni kuydirish vaqti esa 24 soatdan 72 soatgacha davom etishi mumkin. Hozirgi paytda silikat g’ishtlarni pishirish katta hajmli avtoklavlarda amalga oshiriladi. Ishlov berishda qo’llaniladigan bug’ning temperaturasi 420—479 K bo’lib, bosim 7—8 atmosferani, avtoklavda ishlov berish vaqti esa 14—16 soatni tashkil etadi. Faqat shunday sharoit yaratilgandagina qum ohak va suv bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi, g’ishtning mustahkamligini ta’minlovchi monokalsiyli gidrosilikat mineralini hosil qiladi.
Effektiv g’isht turlari ham huddi qurilish g’ishti singari aylanma va tunnel pechlarda pishiriladi. Ularni kuydirishning o’ziga hos afzalliklari bor: 20—25 % yoqilg’i tejaladi, kuydirish vaqti bir muncha qisqaradi, g’isht vagonlarini siljitishga ketgan energiya kamayadi va hokazo.
Chinni-sopol buyumlari ishlab chiqarishda ham xom mahsulotlarga termik ishlov berish ko’pincha tunnel pechlarda amalga oshadi. Ammo g’isht kabi mahsulotlarga ularoq termik ishlov ikki stadiyada olib boriladi. Masalan, xo’jalik-maishiy chinnisi avval 1170-1220 K temperaturada kuydiriladi, so’ngra sirlanadi va 1570—1620 K da ikkinchi marta kuydiriladi. Mahsulot yuzasi bo’yalgan va oltin suvida bezaklangan bo’lsa, u holda uchinchi termik ishlov beriladi. Sopol buyumlari olishda esa birinchi kuydirish jarayoni ikkinchisiga nisbatan yuqoriroq temperaturada olib boriladi. Shu sababli tayyor mahsulot bir oz g’ovak bo’lib suv shimishga moyil bo’ladi.
Shisha olish texnologiyasida ham homashyo sifatida tarkibi kremniy (IV) oksidiga to’g’ri keladigan qum, kalsiy oksidi bo’lgan ohaktosh, marmar yoki bor, tarkibida natriy yoki kaliy oksidi bo’lgan soda yoki potash ishlatiladi. Shishalarga rang berishda esa aralashmaga titan (IV) oksidi, neodim (III) oksidi, seriy (IV) oksidi va shunga o’xshash reaktivlar qo’shiladi. Qum va boshqa moddalar shishalarning rangini buzuvchi temir birikmalaridan kimyoviy usullar yoki magnitli separatorlar yordamida tozalanadi. So’ngra materiallar ajratib olinib, maxsus kamerali quritgichlarda quritiladi, elaklarda elanadi, avtomatlashgan tarozida tortiladi, «Eyrih» deb ataladigan mashinada qorishtiriladi va presslarda briketlanadi. Shundan keyin ular elektr toki bilan ishlovchi transportlarda gorshokli, protokli yoki protoksiz vanna pechiga tushiriladi. Pech ichidagi temperatura gaz yoki mazutni yoqish, elektr tokini elektrodlarga uzatish orqali hosil qilinadi (1670—1770 K bo’ladi). Bir necha soatdan so’ng yuqori temperaturali shisha «butka»si turli-tuman mashinalar yordamida qoliplarga solinib ishlov beriladi. Stakan, kadah, vaza, guldon va boshqa buyumlar qolipdan chiqarilgach, asta-sekin sovitiladi. Bu jarayonlarda shishaning ichki kuchlanishi sekiplik bilan yo’qola boradi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling