Mahalliy tarmoq topologiyasi


Download 57.8 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi57.8 Kb.
#1551922
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Ma\'ruza

1.2.2. «Yulduz» topologiyasi
«Yulduz» – bu markazi aniq mavjud topologiya bo’lib, bu markazga barcha abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy kompyuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat ko’rsatadi va bu kompyuterning yuklamasi juda yuqoridir. Markaziy kompyuterning tarmoq qurilmalari tashqi abonentlarning qurilmalariga nasbatan ko’p bo’ladi.
Abonentlarning bu hol uchun teng huquqligi haqida so’z ham yuritib o’tirilmaydi. Odatda aynan markaziy kompyuter eng ko’p quvvatga ega bo’ladi, sababi axborot almashish vazifasini boshqarish faqat shu kompyuter orqali amalga oshiriladi.
«Yulduz» topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holat bo’lishi mumkin emas, chunki boshqarish markazlashtirilgan. Konflikt holatga o’rin yo’q. Yulduzni bu topologiyadagi tarmoq kompyuterlarini buzilishga barqaror ishlashi haqida so’z yuritadigan bo’lsak, tashqi kompyuterlardan birining buzilishi tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarga ta’sir qilmaydi, lekin markaziy kompyuterning har qanday buzilishi tarmoqni butunlay ishdan chiqishiga olib keladi. Kabellardan birortasida uzilish yoki qisqa to’qnashuv ro’y bersa, «Yulduz» topologiyasida faqat bitta kompyuterda axborot almashinuvi to’xtaydi, qolgan hamma kompyuterlar odatdagicha ishini davom ettirishi mumkin. Shinadan farqli yulduzda har bir aloqa yo’lida faqatgina ikkita abonent bo’ladi: markaziy va tashqi kompyuterlardan biri. Ko’pincha kompyuterlarni ulash uchun ikkita aloqa yo’li ishlatiladi, ulardan har biri axborotni faqat bir tarafgagina uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa yo’lida faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma ishlatiladi. Bu holat tarmoq qurilmalarini «Shina» topologiyasiga nisbatan sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi va qo’shimcha tashqi terminatorlardan foydalanishga ham xojat qolmaydi. «Yulduz»da signallarni aloqa yo’lida so’nish muammosi ham «Shina»ga nisbatan oson hal bo’ladi, chunki har bir signalni qabul qiluvchi qurilma bir xil ampletudali signalni qabul qiladi. «Yulduz» topologiyasining jiddiy kamchiligi shundan iboratki, unga ulanadigan abonentlar soni chegaralangan. Odatda markaziy abonent 8–16 tadan ko’p bo’lmagan tashqi abonentlarga xizmat ko’rsata oladi. Ko’rsatilgan cheklanish oralig’ida qo’shimcha abonentlarni ulash ancha oddiy bo’lsa, qo’yilgan cheklanishdan ortiq bo’lgan hollarda abonent ulash imkoni yo’q. Ba’zi holarda yulduzsimon ulanishni kengaytirish imkoni mavjud, agarda tashqi abonentlardan birining o’rniga markaziy abonent ulansa, natijada o’zaro ulangan bir necha yulduzlardan tashkil topgan topologiya hosil bo’ladi. 1.2-rasmda keltirilgan «Yulduz» topologiyasi aktiv «Yulduz» deb ataladi, 1.5-rasmda keltirilgan chizma «Passiv yulduz» topologiya bo’lib, u faqat tashqi ko’rinishdangina yulduzga o’xshashdir.


1.5-rasm. «Passiv yulduz» topologiyasi.
Amaliyotda «Passiv yulduz» topologiyasi «Aktiv yulduz» topologiyasiga nisbatan ko’p tarqalgan.
Hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan va taniqli Internet tarmog’ida ham «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalanilgan. «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalaniladigan tarmoq markazida kompyuter emas, balki konsentrator, yoki xab (hub) o’rnatiladi, bu qurilma repitter bajargan vazifani bajaradi. Konsentratorning (xab) vazifasi o’tayotgan signalni tiklab, ularni boshqa aloqa yo’llariga uzatishdan iborat. Vaholanki, kabellarni o’tkazilishi aktiv yulduzsimon bo’lsa hamki, haqiqatda esa biz shina topologiyasiga to’qnash kelamiz, chunki axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o’zida barcha qolgan kompyuterlarga uzatiladi, lekin markaziy abonent mavjud emas. Tabiiyki, passiv yulduz oddiy shinadan qimmatga tushadi, chunki bu holda albatta konsentratordan foydalanish shart. Biroq bu topologiya bir qator qo’shimcha yulduzsimon topologiyada mavjud, shuning uchun oxirgi vaqtda passiv yulduz aktiv yulduz topologiyali tarmoqlarni siqib chiqarmoqda. Aktiv yulduz va passiv yulduz topologiyalarining oralig’idagi topologiya ham mavjud. Bu holda konsentrator o’ziga kelayotgan signalni faqat tiklabgina qolmay, axborot almashinuvini ham boshqaradi, lekin o’zi axborot almashishda ishtirok etmaydi.
Yulduz topologiyasining katta afzalligi shundan iboratki, hamma ulanish nuqtalari bir joyda jamlangandir. Bu xususiyati tufayli tarmoq ish faoliyatini oson nazorat qilishga, nosozliklarni, u yoki bu abonentni tarmoq markazidan oddiy uzib qo’yib tuzatishga (bu holatni shinada amalga oshirib bo’lmaydi), tarmoqni hayotiy muhim nuqtalaridan begona abonentlarni ulash imkoniyatini chegaralash kabi qulayliklarni beradi. Yulduz ulanish holatida har bir tashqi abonent kompyuteriga bitta axborotni ikki tomonga uzatish va ikkita (axborot har bir kabeldan faqat bir tomonga uzatiladi) kabel ulanish imkoni mavjud. Ikkinchi holat amalda ko’proq uchraydi.
«Yulduz»simon topologiyali barcha tarmoqlarning umumiy kamchiligi boshqa turdagi topologiyalarga nisbatan kabel ko’p sarflanishidir. Masalan, «Shina» topologiyaga (1.1-rasm) nisbatan «yulduz» topologiyasida bir necha marotaba uzun kabel sarflanadi. Bu holat tarmoq tannarxiga sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkin.
1.2.3. «Halqa» topologiyasi
«Halqa» topologiyasi–bu har bir kompyuter aloqa yo’llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo’llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o’ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo’ylab signalni so’nish muammosi bo’lmaydi. Muhimi halqadagi ikki kompyuter o’rtasidagi so’nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo’q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo’lishi mumkin. Ko’pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma’lumki tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mavjudligi tarmoqning ishonchlilik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to’xtatadi.
Xulosa qilib aytganda, kompyuterlar halqada to’liq teng huquqli emas (shina topologiyasi kabi). Ayni vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus «halqa» topologiyasi tarmoqning aynan shu mo’ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bo’ladi. Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish huquqi davrida ketma-ket joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi.
«Halqa»ga yangi abonentni ulash odatda oddiy, lekin albatta ulash vaqtida butun tarmoqni ishdan to’xtatish lozim bo’ladi. «Shina» topologiyasi kabi halqada ham abonentlarni tarmoqdagi maksimal soni katta (ming va undan ham ko’p). Halqa topologiyasi odatda yuklamalarga chidamli hisoblanadi, u tarmoq orqali eng ko’p axborot oqimini ishonchli ta’minlaydi, chunki unda konflikt holati yo’q (shina topologisida mavjud) shuningdek, markaziy ob’yekt ham yo’q (yulduz topologiyasida mavjud).
Signal halqasimon tarmoqning hamma kompyuterlaridan o’tgani uchun, tarmoqdagi kompyuterlarni birontasi ishdan chiqsa, (yoki tarmoq qurilmalaridan biri) butun tarmoqning ish faoliyati to’xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq kabellarining birontasi uzilsa yoki qisqa to’qnashuv ro’y bersa, butun tarmoq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. Halqa topologiyasi kabellari uzilishiga eng sezgir, shuning uchun bu topologiyada odatda ikkita (yoki ko’proq) parallel aloqa yo’llari o’tkaziladi, ulardan biri zaxira uchun mo’ljallanadi.
Halqa topologiyaning yirik yutug’i shundan iboratki, unda har bir obyekt signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi (ba’zida birnecha o’n kilometrgacha). Bu ma’noda halqa topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir.
Halqa topologiyasida tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkitadan kabel o’tkazilishini kamchilik deb hisoblashimiz mumkin.
Ba’zi hollarda «halqa» topologiyasida ikkita aloqa yo’li o’tkazilib, bu aloqa yo’llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan).


Download 57.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling