Mahalliy tarmoq topologiyasi


Download 57.8 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi57.8 Kb.
#1551922
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Ma\'ruza

1.2.4. Boshqa topologiyalar

Yuqorida ko’rib o’tilgan asosiy uchta topologiyadan tashqari, «Daraxt» topologiyasidan ham kam foydalanilmaydi. Bu topologiyani bir necha «yulduz» topologiyasidan hosil bo’lgan deb qarash mumkin. Yulduz topologiyasidek daraxt topologiyasida ham aktiv yoki haqiqiy (1.6-rasm) va passiv (1.7-rasm) topologiya bo’lishi mumkin. Aktiv daraxt topologiyasida bir necha aloqa yo’llarining birlashgan markazida–markaziy kompyuterlar, passiv daraxt holatida esa–konsentratorlar (xablar) joylashgandir.



1.6-rasm. «Aktiv daraxt» topologiyasi.

1.7-rasm. «Passiv daraxt» topologiyasi. K–konsentrator.

Odatda turli topologiyalarning elementlaridan hosil bo’lgan Yulduz-shina (1.8-rasm) va Yulduz-halqa (1.9-rasm) topologiyalardan ham foydalaniladi.



1.8-rasm. Yulduz-shina topologiyasi.

Yulduz-shina (Star-bus) topologiyasi shina va passiv yulduz topologiya elementlaridan foydalanib hosil qilingan. Bu holda konsentratorga alohida kompyuter va shuningdek, shina sigmentlari ulanadi. Ya’ni, ayni vaqtda butun tarmoq kompyuterlarini o’z ichiga oladi va «Shina»ning jismoniy topologiyasi




1.9-rasm. Yulduz-halqa topologiyasi.

amalga oshiriladi. Keltirilgan topologiyada biri biri bilan ulangan va magistral deb atalgan tayanch shina hosil qilingan bir necha konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin.
U holda har bir konsentratorlarga alohida kompyuter yoki shina sigmentlari ulanadi. Shunday qilib tarmoqdan foydalanuvchi shina va yulduz topologiyalarini afzalliklaridan mohirona foydalana olish va tarmoqqa ulangan kompyuterlar sonini oson o’zgartira olish imkoniga ega bo’ladi. Yulduz–halqa (Star–ring) topologiya holatida halqaga kompyuterlarni emas, maxsus konsentratorlarni (1.9-rasm) ulab, konsentratorlarga kompyuterlarni ikkita aloqa yo’li orqali yulduzsimon qilib ulanadi. Aslida tarmoqdagi hamma kompyuterlar yopiq halqaga ulanadi, chunki konsentrator ichida hamma aloqa yo’llari yopiq halqani hosil qiladi (1.9-rasmda ko’rsatilgandek). Bu topologiya yulduz va halqa topologiya afzalliklarini birlashtirish hamda, barcha ulanish nuqtalarini bir joyga jamlash imkonini yaratadi.
Topologiya tushunchasining ko’p ma’noliligi. Tarmoq topologiyasi kompyuterlarni faqat jismoniy o’rnini emas, bundan ham muhimroq kompyuterlar orasidagi ulanish turlari va tarmoqda signallarni tarqatish xususiyatini belgilaydi. Aynan kompyuterlarning ulanish turi tarmoqning buzilishga barqarorlik darajasini, tarmoq qurilmalarini murakkablik darajasini, axborot almashish usullarini qaysi biri mos tushishini, foydalanilishi mumkin bo’gan axborot uzatish vositalari (aloqa yo’li), tarmoqni ruxsat etilgan o’lchami (abonentlar soni va aloqa yo’lining uzunligi), elektr energiyasini moslash va ko’p boshqa masalalarni aniqlab beradi. Tarmoq tarkibiga kirgan kompyuterlarni jismoniy o’rni tarmoq topologiyasini tanlashga umuman olganda kam ta’sir ko’rsatadi, har qanday kompyuterlarni joylashish holatidan qat’iy nazar oldindan tanlangan topo logiya bo’yicha xohlagan vaqtda ulash mumkin (1.10-rasm).

1.10-rasm. Turli topologiyalarning ishlatilishiga misollar.

Agarda ulanayotgan kompyuterlarning jismoniy joylashgan o’rni doirasimon bo’lsa ham ularni bemalol «Yulduz» yoki «Shina» topologiyalari bo’yicha ulash mumkin. Aksincha, kompyuterlar qandaydir markaz atrofiga joylashgan bo’lsa, ularni o’zaro «Shina» yoki «Halqa» topologiya ko’rinishida ulash mumkin. Kompyuterlar bir chiziq bo’ylab joylashgan taqdirda ham, ularni o’zaro «Yulduz» yoki «Halqa» simon ulash mumkin. Kabellarni jami uzunligi necha metrni tashkil qilishi esa boshqa masaladir.


Adabiyotlarda tarmoq topologiyasi haqida gap yuritilganda to’rtta bir-biridan farqli tushunchalarni nazarda tutiladi, bu tushunchalar tarmoq arxitekturasining turli bosqichlariga tegishlidir:

Download 57.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling