Mahalliy va global tarmoqlar
Download 76.93 Kb.
|
4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- T-kanallartizimi
Bosqichlitezliklar. Katta telefon stansiyalarini ulash planida T-1 kanali multipleksorlashning juda bо‘sh va moslashuvchanligi kam vosita sifatida namoyon bо‘ladi, shuning uchun bosqichli tezliklari bor kanal g‘oyasi joriy etilgan. Tо‘rtta T-1 turidagi kanalni birlashtirib keyingi raqamli bosqich T-2 hosil qilinadi, u axborotlarni 6,312 Mbit/s tezlik bilan uzatadi. T-3 kanali yettita T-2 kanalini birlashtirish orqali hosil qilingan va u 44, 736 Mbit/s tezlikka ega. T-4 kanali oltita T-3 kanalini birlashtirish orqali olingan va natijada 274 Mbit/s tezlikka ega bо‘ladi. Bu texnologiya T-kanallartizimi nomini olgan.
T-kanallar tizimi texnologiyasi Amerikaning milliy standartlar instituti (American National Standard Institute, ANSI) tomonidan standartlashtirilgan va Plesiochronous Digital Hierarchy (PDH) nomini oldi. Standartlashtirish davrida amerika va xalqaro PDH standart versiyalarining о‘rtasida mos emaslik yuzaga keldi. Xalqaro standartda T-kanal tizimiga о‘xshashi YE-1, YE-2 va YE-3 turidagi kanallardir, mos ravishda 2,048, 8,488 va 34,368 Mbit/s tezlik bilan farqlanuvchi. Amerika va xalqaro raqamli bosqich texnologiyasining farqlanishiga qaramay bosqichli tezliklarni belgilashni bir xil qilib qabul qilingan DSn (Digital Signal n).DS0 tezlik elementarkanaltezligi 64 Kbit/s tezlikka mos keladi. SONET/SDH tarmoqlari. Amaliyot PDH texnologiyasining kamchiliklarini aniqladi, ularning asosiylari quyidagilar: Foydalanuvchilarning axborotini multipleksirlash va demultipleksirlash operatsiyalarini samaradorsizligi va murakkabligi, masalan, YE-1 kanalini YE-3 kanalidan shoxlamasi uchun oxirgisini YE-2 kanalda demultipleksirlash kerak bо‘ladi vafaqat shundan keyinYE-2 aniqlangan kanal tо‘plamidan YE-1 kanalida demultpleksirlanadi. PDH da buzilishga barqarorlikni ta’minlovchi vositalarning yо‘qligi, yani bu texnologiyada asosiy kanalishdan chiqqandagi holatda zaxira kanaliga avtomatik ravishda о‘tkazish amali quvvatlanmaydi Hatto bosqichli tezliklarning yuqori pog‘onasida ham unumdorlikning yetarli emasligi. Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling