“Mahalliy xom ashyolar asosida korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi” nomli
AMALIY LOYIHA
Denov tadbirkorlik va pedagogika inistituti Ilmiy-innovatsion itijoratlashtirish bo‘limida korroziya ingibitorlarini ishlab chiqarishning texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy loyiha bajariladi.
Tadqiqot shakli
Ushbu loyiha, tarkibida mahalliy xom ashyolardan foydalangan holda yangi asosida korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
Loyiha maqsadi
Salsola oppositifolia o‘simligidan olingan ekstraktni yashil korroziya ingibitori sifatida qo‘llash hamda monoetanolamin, malein angidirid, p-fenilendiamin hamda kroton alьdegidlar asosida korroziya ingibitorlarini sintez qilishning maqbul sharoitlarini aniqlash;
korroziya ingibitorlarining fizik-kimyoviy xususiyatlari va tuzilishini zamonaviy tadqiqot usullari yordamida tadqiq qilish;
korroziya ingibitorlarining samaradorligini elektrokimyoviy va gravimetrik usullar yordamida tadqiq qilish hamda korroziya ingibitorlarning po‘lat yuzasiga adsorbsiya izotermalari va termodinamikasini tadqiq qilish;
ingibirlash samaradorligi yuqori bo‘lgan korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish va iqtisodiy samaradorligini asoslash.
Loyihaning vazifalari
-po’lat materiallarni korroziyadan asrash uchun korroziya ingibitorlari ishlab chiqish;
Ilmiy tadqiqot natijalari
Ushu loyihani amalga oshirish natijasida sintez qilingan kimyoviy moddalarni quyidagi vazifalarni bajarishda qo’llash mumkin:
- Ishlab chiqarish korxonalari po’lat konsruksiyalarini korroziyadan asrash;
Tadqiqot natijalarni sinovdan o‘tkazish
Odiljonova E'tiborxon Omonboy qizi, Yo`ldoshev Umidjon G`olibjon o`g`li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlari fakulteti kimyo ta‘lim yo‘nalishi 3- kurs talabalari
Loyiha rahbari
Tadqiqot natijalariga intellektual mulk obyektlari uchun patentlar olinadi. Nufuzli ilmiy jurnallarda va Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etiladi.
Ilmiy natijalarni chop etish
Loyiha qiymati
|
300 mln. So’m
|
moddiy-texnik vositalar
|
200 mln. So’m
|
Boshqa zarur materiallar
|
100 mln. So’m
|
1,2-xomashyo. 3-kimyoviy reaksiya boradigan reaktor. 4-kopmresser, 5-barabanli pech tipidagi quritgich. 6-hosil bo‘lgan chiqarish nayi. 7-mahsulotni qadoqqa tayyorlash.
IKPK-1 va IKMM-1 markali korroziya ingibitorlarini ishlab chiqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |