Mahmarajabova Rushana 314-105 guruh talabasi


Download 213.11 Kb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi213.11 Kb.
#1219641
  1   2
Bog'liq
2 5332263659613726820


Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti



Mavzu: Kushon podsholigi
Mahmarajabova Rushana


314-105 guruh talabasi
Reja:

  1. Kushon podsholigi davrida diniy bag'rikenglik

  2. Kushon davlati tarixiy manbalar

  3. Kushono-Sasaniy podsholigi

Kirish:



Kushon podsholigi asoschilari bo'lgan yuyechi (Xitoy manbalarida) qabilasi Sirdaryo ortidan Baktriyaga yerlariga kelib, sak qabilalarini yengan hamda Yunon-Baktriya yerlarini egalladilar. Natijada bir asr mobaynida Yunon-Baktriya yerlarida yashagan qabilalar 5 qabilaga bo'linib, istiqomat qilishgan. Milodiy I-asrda esa kuson qabilasidan bo'lgan Kudzula Kadfiz "Kushon" podsholigiga asos soldi.
Kushon podsholigi davrida bir hududda turli dinlar amalda bo'lgan. Saltanatda dinlar o'rtasida o'zaro tenglik siyosati olib borib, shahar aholisi podsholikning bag'rikenglik an'analariga muofiq, zardushtiylik, buddaviylik, manixeylik va boshqa dinlarga sig'inganlar.(2, 152)
Shuningdek, Kushon hukmdorlari hind e'tiqodlaridan buddaviylik, vishnuizm, jaynizm kabi oqimlarni yoyilishiga homiylik qilganlar.
Xorazm va Sug'dda esa mahalliy ta'limotlardan Siyovush e'tiqodi ham keng yoyilgan. (3, 122)
Podsholikda siyosiy hokimyat ruhoniylar qo'lida bo'lib, dunyoviy davlat rahbari bosh qohin ham hisoblangan . (4, https//: qobus.info)Barcha diniy sohadagi islohotlar asoschisi ham davlat rahbari hisoblangan. Podsholikdagi bir qancha islohotlar asoschisi sifatida Kanishka e'tirof etilib, u hukmron bo'lgan davrda Kushon davlati ravnaq topdi. Davlat tarkibiga Hindistonni qo'shib olinishi, Hisor tog' tizmalari bo'ylab mustahkam chegara devorlarini barpo etilishi, baktriya tili bilan birgalikda hind tili ham muloqot tili sifatida iste'molda bo'lishi kabi islohotlar hukmdor Kanishka nomi bilan bog'liq.
Davlatda buddizm ta'limotini keng yoyilishi davlat tarkibiga Shimoliy Hindistonni qo'shib olinishi bilan tasniflanadi. Hukmdor Kanishka buddizm tarixida birinchi marta diniy yig'inlar chaqirishni joriy etib, dastlabki diniy yig'inda
Scientific Journal Impact Factor
buddaviylikning mahayana oqimini rasmiy oqim sifatida e'tirof etdi. (5, https//:qobus.info)
Aynan shu tarixiy jarayondan so'ng ushbu ta'limot podsholikda juda tez sur'atlarda yoyila boshladi.
Shuningdek, Kanishka barcha dinlarga erkinlik bergan holda, buddaviylik ibodatxonalarini qurishga ular uchun katta miqdorda mablag ajratishga homiylik qilgan.
Kanishka nafaqat adolatli hukmdor, shuning barobarida adabiyot va san'at homiysi ham hisoblangan. Manbalarda Kanishka Kashmirda Kanishkapur shahriya asos solganligi, Pareva, Vasumitra kabi buddaviy olimlar hamda Ashvagxosha, Vagarjuva, Matricheta kabi faylasuf va shoirlar hukmdor saroyida yashaganligi qayd etiladi.
Boshqa bir tarixiy manbalarda milloddan avvalgi I asrdayoq Baktriya aholisi buddaviylik g'oyalari bilan tanish bo'lganligi va Kushon davlati tashkil topgan bir davrda bu hududda Hindistondan kelgan budda missionerlaridan iborat yirik buddaviylik koloniyalari mavjud bo'lganligi borasida fikrlar mavjud. Ular esa ommaviy xalq orasida buddaviylik ta'limotini keng targ'ib qilgan. (6, 152)
Arxeologik topilmalar natijasida shu aniqlandiki, kushon hukmdorlari Kanishka va Xuvishka davrida zarb etilgan tangalarda Avesto ilohlari, Hind va Xorazm xalqi e'tiqod qiluvchi xudolar tasvirlangan bo'lsa, Vima Kadfiz va Vasudeva davridagi tangalarda hind ilohi Shiva tasviri tushirilganligi o'z tasqig'ini topdi. (7, 122) Arxeologik izlanishlar podsholik davrida zarb etilgan ba'zi tangalarning orqa tomonida zartushtiylik ilohi Mitra, otashparastlik ilohi Otash (olov ma'budi) ham tasvirlanganligini ko'rsatadi.
Kushon podsholigi tarixiga oid yana bir manbalarda bu podsholik hukm surgan davr tangalarining oldi tarafida o'z dinlarining ilohlari, ikkinchi bir tarafida boshqa e'tiqodlarning ilohlari tushirilib, zarb etilganligi qayd etiladi. (8, 227)
Ushbu topilmalar podsholikda diniy bag'rikenglik g'oyalari davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligini, davlatdagi e'tiqodiy hayot kayfiyatini ifodalab beradi. Chunki, zarb etilgan tangalar davlatning milliy ramzi hisoblanib, unda davlatning orzu-istaklarri, maqsadlari tasvirlanadi.
Xatto, davlat tangalarida yunon ilohlaridan Zevs va Gelios kabi ilohlar tasviri tushirilgan tangalar ham topilgan. Xorazm va Sug'dda mahalliy ta'limotlardan Siyovush e'tiqodi ham keng yoyilgan. (9,122)
Buddaviylik ta'limoti O'rta Osiyo xalqi ma'naviyati va san'atiga ham munosib ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ta'limotning eng noyob yodgorliklari O'zbekistonning
Scientific Journal Impact Factor
о
janubidan topilgan. Bu hudud esa milodning I-III asrlarida eng qudratli saltanatga aylangan Kushon podsholigi tasarrufida bo'lgan. Bu ta'limotning qadimiy manzilgohlariga (xususan Surhandaryoda) Qadimiy Termiz yorqin misol bo'la oladi. Shuningdek, Qoratepa, Fayoztepadagi yer osti va yer ustidagi ibodatxonalari, Zurmala stupasi, Ayritom, Dalvarzintepa, Zartepadagi buddaviylik ibodatxonalari ham buddaviylik ta'limotini madaniy hayotga ta'sirini namoyon etadi.
Buddaviylik nafaqat diniy ishonch sifatida, balki, madaniyat va san'atning yorqin ko'rinishi sifatida ham namoyon bo'ldi. Qoratepadan topilgan o'nta yer osti va yer ustiga qurilgan ibodatxona majmualari va mahobatli monastir binolari ham bu ta'limotni xalqning madaniyati, san'ati bilan uyg'unlashganini ko'rsatadi. Ushbu yangi ta'limot O'rta Osiyo xalqlari hayotidan muhim o'rin oldi. Marosimlar va madaniyatda eng nozik, murakkab san'at asarlarini vujudga keltirishga xizmat qildi. Kushon san'ati shunisi bilan harakterliki, u hind, yunon, rim, shuningdek, baktriya madaniyatlarining qorishmasi mahsulidir. Mahalliy hukmdorlar o'z saroylarini haykallar bilan bezaganlar. Bu ta'limot haykaltaroshlik sohasini rivojiga o'zining munosib xissasini qo'shdi. (10, 58)
Xulosa qilib aytganda, kushon podsholigi davrida tolerantlik barcha jabhalarda o'zini namoyon etdi va o'zining davlat, jamiyat oldidagi mavqeini mustahkamladi. Markaziy Osiyo hududida istiqbolda tarqalishi mumkin bo'lgan dinlar va ta'limotlar uchun bag'rikenglik, kelishuvchanlik hususiyatlarini yanada mustahkamladi. Davlat aholisini birdamlikda yashashga o'rgatdi.
Kushon davlati. Tarixiy manbalar Yunon-Baqtriya davlati ko‘chmanchi kabilalar tomonidan tor-mor etilganligi haqida ma’lumot beradi. Strabon ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtriyani assiylar, passianlar, toxarlar, saklar kabilalari bosib oladilar. Pompey Trog xabar berishicha, – “Baqtriya va Sug‘diyonaning skif kabilalari saraukalar va assianlar bosib oladilar”. Tadqiqotchilarning fikricha, har ikkala tarixchi bitta kabila haqida ma’lumot bergan.
Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuechji kabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil.avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil.avv. 172-161 yillar oralig‘ida deb belgilaydilar) yuechjilar xunlardan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng O‘rta Osiyoning Shimoliy hududlarida ko‘chib yuradilar. Bu kabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuechji” – “Buyuk” yoki “Katta yuechji” deb eslatiladi. CHjan Szyan ma’lumotlariga ko‘ra, yuechjilar xunn kabilalaridan mag‘lubiyatga uchragach O‘rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning Shimoliy tomonida joylashadilar. Katta Xan uyi tarixida ham yuechjilar Guyshuy daryosining Shimoliy tomonida o‘z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra, yuechjilar mil.avv. 140-130 yillar oralig‘ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko‘p o‘tmay Baqtriyada Katta yuechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, Katta yuechji hukmdorlari qo‘l ostida beshta xokimlik (Xi-xeu) bor bo‘lib, ular Xyumi, SHaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuechji davrini uch bosqichga bo‘ladilar:

  1. Mil.avv. 139-125 yillar – Katta yuechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning asosiy mulklari Amudaryodan Shimol tomonda edi.

  2. Mil.avv. 25 yilga qadar – Katta yuechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan Shimol tomonda bo‘lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. YUechjilar bo‘ysundirgan hududlar Xise, SHaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo‘lib, ular xi-xou (yabg‘u) tomonidan birlashtirilgan.

  3. Mil.avv. 25 yildan keyin Katta yuechji davlatining inqirozi va Yuqorida eslatilgan mulklarning mustaqil bo‘lishi. Kushon (Guyshuan) yabg‘usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to‘rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi.

Ta’kidlash lozimki, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixga nisbatan Kushon davlatining siyosiy tarixi kam o‘rganilgan masala hisoblanadi. Kushonlarning hokimiyat tepasiga kelish sanasi, ushbu davlat tarixini davrlashtirish ayrim kushon yozuvlari, tangashunoslik ma’lumotlari, qisman Xitoy manbalari, buddaviy ma’lumotlar va ilk o‘rta asrlar manbalariga asoslanadi. Tadqiqotchilar Kushon davlati tarixini quyidagi uchta bosqichga ajratadilar:

  1. Yunon-Baqtriya podsholari hukmronligining tugatilishi hamda O‘rta Osiyo va Shimoliy Afg‘oniston hududlarida bir nechta alohida davlat uyushmalarining tashkil topishi (mil.avv. II asrning oxiri – I asr).

  2. Buyuk Kushon davlatining paydo bo‘lishi va gullab yashnashi (milodiy I-III asrlar).

  3. Ko‘chmanchilarning tinimsiz urushlari natijasida Kushon davlatining inqirozi va qo‘lashi (III asr

oxiri – IV asr). Kushon davlatining paydo bo‘lishi haqida ko‘proq Xitoy manbalari va tangashunoslik ma’lumotlari xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsada, o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu masalaga juda ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961 yil Londonda o‘tkazilgan xalqaro simpozium, 1968 yil Dushanbeda YUNESKOning konferensiyasi, 1970 yil Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, undan keyin ham bu masala bo‘yicha ko‘plab xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi.
Mil.avv. I asrning oxiri – mil. I asrning boshlariga kelib, Guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib Qobuliston va Qandahorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib dastlabki poytaxti Surxon vohasidagi Dalvarzin ko‘hna shahri harobalari bo‘lgan Kushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi “Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk Kushon davriga oid topilma tangalar aks ettirilgan “Kushon podshosi Kujula Kadfiz”ga aynan mos tushadi.
Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hukmronligi davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining Yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan Peshovar (Afg‘oniston) atroflariga ko‘chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning katta qismi, Sharqiy Turkmanistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon shuxrati qo‘shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g‘arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o‘z garovga qo‘ygan odamlarini yuborar edilar”.
So‘nggi yillarda olib borilgan ko‘plab arxeologik tadqiqotlar Kushon davri O‘rta Osiyo xalqlarining moddiy madaniyatini o‘rganish bo‘yicha boy materiallar berib, keng imkoniyatlar yaratdi. Ushbu tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mil.avv. I ming yillikning oxiri-milodning dastlabki asrlari O‘rta Osiyoda xo‘jalik va madaniy hayot darajasining ko‘tarilgan davri bo‘ldi. Janubiy Turkmaniston va Xorazm, Buxoro va Samarqand, Surxon vohasi, Vaxsh, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysidan topilgan shu davrga oid arxeologik topilmalar sug‘orma dehqonchilikning anchagina rivojlanganligidan dalolat beradi.
O‘z gullab-yashnagan davrida Kushon davlati ko‘plab xalqlar va elatlar yashab turgan hududlarni egallagan edi. Ushbu xalqlar va elatlar turli tillarda gaplashganlar, yozuvning turli tartibidan foydalanganlar hamda turli diniy e’tiqodlarda bo‘lganlar. Moddiy madaniyat buyumlarida ham ayrim farqlar kuzatiladi. SHunga qaramasdan Kushonlar davri madaniyatiga ko‘pgina umumiylik seziladi. Ammo, butun Kushon davlatida yagona madaniyat hukm surganligi haqida fikr aytib bo‘lmaydi. Bu ulkan davlatning har bir viloyati qaysidir tomonlari bilan o‘ziga xos bo‘lgan madaniyatga ega bo‘lgan.
Avvalambor, Shimoliy Baqtriya (Surxon vohasi) haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu viloyat Kushon davlatining eng yirik viloyatlaridan biri bo‘lib, madaniyati yuksak darajada rivojlangan edi. Ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyoda buddizmning yoyilishi milodning birinchi asridan boshlab aynan Baqtriya- Toxariston hududlaridan boshlangan. Hozirgi kunda bu hududlardan o‘ndan ziyod budda ibodatxonalari, yuzdan ortiq budda haykallari aniqlanib o‘rganilgan. Ulardan eng mashhurlari Termiz Yaqinidagi Qoratepa ibodatxonalari, Zartepa va Ayritom topilmalari, Dalvarzintepa ibodatxonalari hisoblanadi. Shimoliy Baqtriyaning o‘ziga xos madaniyati me’morchilik sana’tida (binolar ustunlari va peshtoqlarining bezatilishi), Shaharsozlik madaniyatida, kulolchilik va zargarlik buyumlarida ham o‘z aksini topadi.
Umuman, Kushonlar davrida madaniy hayotning yanada yuksalganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xususan, Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va Yunon yozuvlari asosida kushon yozuvi mavjud bo‘lgan. Shuningdek, bu davrda Sug‘dcha va xorazmiycha yozuvlar ham bor edi. Ushbu yozuvlar yodgorliklarida o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotni aks ettiruvchi ayrim ma’lumotlar saqlanib qolgan. Shuningdek, Kushonlar davrida O‘rta Osiyo xalqlari madaniy hayotining quruvchilik, haykaltaroshlik, rassomlik, naqqoshlik kabi sohalarida ham katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm, Sug‘diyona, Baqtriya, Farg‘ona, CHoch, Sharqiy Turkiston va Shimoliy Hindistondan ochilgan ko‘plab madaniy yodgorliklar Yuqoridagi hududlardagi madaniy hayot o‘zining Yuqori cho‘qqisiga chiqqanligidan dalolat beradi.
Kushonlar davrida binokorlik va me’morchilik ham shaklan ham mazmunan rivoj topganligi kuzatiladi. CHunki, bu davrdagi ma’muriy, diniy, ishlab chiqarish, turar-joy, mudofaa inshoatlari, Sharq me’morchiligi bilan ayrim o‘xshashliklar topsada, o‘ziga hos tomonlari ustunlik qiladi. Me’morchilikning o‘ziga hos namunalari Dalvarzin, Xolchayon, Eski Termiz, Kampirtepa, Fayoztepa, Qoratepa kabilardan o‘rganilgan bo‘lib, ular jahon miqyosida mashhur bo‘lgan obidalardir.
Kushon davlatining inqirozga uchrashi Gerk-Baqtriya va Rim saltanati tarixiy taqdiriga ancha o‘xshab ketadi. Bu davlatlarning barchasi qulash arafasida tinimsiz yurishlar olib borishga majbur bo‘lganlar. Tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish uchun ichki va tashqi sabablarga ko‘ra, zaiflashgan yirik davlatlarda etarli harbiy imkoniyat topilmadi. Milodiy IV asrga kelib Kushon podsholigi o‘zining asosiy hududlaridan mahrum bo‘ldi. Bu podsholikning ayrim mulklari Shimoliy Hindistonda saqlanib qoldi. Kushon davlati.
Sosoniylar, g'alaba qozonganidan ko'p o'tmay Parfiyaliklar, o'zlarining hukmronligini kengaytirdilar Baqtriya hukmronligi davrida Ardashir I milodiy 230 yil atrofida, keyin g'arbiy qismida ularning imperiyasining sharqiy qismlariga Pokiston o'g'li hukmronligi davrida Shopur I (240-270). Shunday qilib Kushonlar g'arbiy hududlarini yo'qotdilar (shu jumladan Baqtriya va Gandxara ) nomli sosoniylar zodagonlari hukmronligiga Kushonshahlar yoki "Kushon shohlari". Kushono-sosoniylarning sharqdagi eng uzoq qismi Gandara bo'lgan ko'rinadi va ular aftidan Hind daryosi, chunki ularning tangalarining deyarli hech biri shaharda topilmagan Taxila faqat Hind daryosidan narida.[8]
Kushono-sosoniyaliklar Hormizd I Kushonshoh zamonaviy imperatorga qarshi isyon ko'targanga o'xshaydi Bahram II (Milodiy 276-293) Sasaniy imperiyasining, ammo muvaffaqiyatsiz tugadi.[3] Ga ko'ra Panegyrici Latini (Milodning III-IV asrlari), ma'lum bir Ormis (Ormisdas) ning ukasiga qarshi isyoni bo'lgan Bahram II va Ormis Saksis xalqini qo'llab-quvvatladi (Sakastan ).[7] Hormizd I Kushonshoh nomli tangalarni chiqargan Kushonshaxonshoh ("Kushon podshohlari shohi"),[9] ehtimol imperator sosoniylar hukmronligiga qarshi.[3]

Hormizd I Kushonshoh ustida Naqsh-e Rustam Bahram II panel.
325 atrofida, Shopur II to'g'ridan-to'g'ri hududning janubiy qismi uchun mas'ul bo'lgan, shimolda Kushonshohlar o'z hukmronligini saqlab qolishgan. Sasoniyalik tangalarning muhim topilmalari Hind daryosidan tashqarida Taxila faqat hukmronligidan boshlang Shopur II (r.309-379) va Shopur III (r.383-388), Sasaniy nazorati Hind daryosidan tashqariga kengayganligi Shopur II tomonidan 350-358 yillarda "chionitlar va kushonlar bilan" olib borgan urushlari natijasidir. Ammianus Marcellinus.[8] Ehtimol, ular ko'tarilguncha nazoratni saqlab turishgan Kidaritlar ularning hukmdori ostida Kidara.[8]
Kushonlarning tanazzulga uchrashi va Kushono-Sasaniylar va Sosoniylar tomonidan mag'lubiyatga uchrashi natijasida Kidaritlar va keyin Eftalitlar (Alchon Huns ) o'z navbatida Baqtriya va Gandariyani bosib olib, markaziy Hindistonga qadar borganlar. Keyinchalik ularning ortidan ergashishdi Turk Shohi va keyin Hindu Shohi, Hindistonning shimoliy-g'arbiy qismlariga musulmonlar kelguniga qadar.
Ikkinchi Sosoniylar davri (milodiy 565-651)
The Eftalitlar 565 yilda eramizning ittifoqi bilan mag'lubiyatga uchraguncha bu hududda hukmronlik qilgan Birinchi Turk xoqonligi va Sosoniylar imperiyasi va sharqiy mamlakatlarda ba'zi Sosoniylar hokimiyati tiklandi. Ga binoan at-Tabariy, Xosrov I o'z ekspansion siyosati orqali boshqaruvni o'z qo'liga olishga muvaffaq bo'ldi "Yomon, Bust, Al-Rukxaj, Zabuliston, Tuxariston, Dardiston va Kobuliston ".[10]
The Eftalitlar da raqib davlatlarni barpo etishga qodir edi Kapisa, Bamiyan va Kobul tomonidan bosib olinishidan oldin Toxara Yabghus va Turk Shohi. 2-hind-sosoniylar davri sosoniylarning qulashi bilan yakunlandi Rashidun xalifaligi 7-asrning o'rtalarida. Yomon 8-asr boshlarida arablarning Hindistonga hujumlariga qadar mustaqil bo'lib qoldi.
Diniy ta'sirlar

Oxirgi Kushono-Sasaniy hukmdori tanga Bahram Kushonshoh (milodiy 350-365) Kushan uslubi.

Download 213.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling