Mahmud As’ad Jo’shon haqiqiy sevgi
ASL SEVGI ALLOHNI SEVMOQDIR
Download 69.99 Kb.
|
Naqshbandiya tariqati qadimgi Turon
ASL SEVGI ALLOHNI SEVMOQDIR
Alloh bordir va birdir. Go‘zal bir go‘zaldir. Sevgi bir sevgidir. Bizning ajdodimiz yaxshini- yomonni, yomonliklarning eng yomonini, badtarini, har turini Yunon falsafasidan, Rumo falsafasidan, qadimgi yunonlardan, eroniylardan, hindlardan bilishar edi. Deydilarki, «Asl ishq va sevgi ishqi ilohiydir…» Asl sevgi Allohni sevmoqdir. Nechun? Chunki har turli go‘zallikni yaratgan – Alloh, har turli komil sifatlarga ega bo‘lgan zot – Alloh, har narsaga kuchi yetgan – Alloh, har bir ishi hikmatli bo‘lgan – Alloh, hamma narsani bilgan – Alloh! Qay jihatdan boqsang, eng go‘zal sifatlarning eng cho‘qqisi, eng go‘zal tajalliysi Alloh taolo hazratlaridadir. Shuning uchun ham eng go‘zal zot Allohdir! Shuning uchun, inson anglay olsa, yetisha olsa, ko‘ra olsa, mushohadja eta olsa, eng go‘zali Allohdir! Alloh sevgisi ishqi haqiqiydir! «Ishq» kalimasi kasrali bo‘lib, arabchada «ishq» yoziladi. Ana shu ishqi haqiqiydir. Xo‘sh, unda bu dunyodagi insonlarning turli sevgilari nima? Bu dunyodagi insonlarning bu turli sevgilari ishqi majoziydir. Majoziy bir sevgidir, haqiqiy emasdir. Chunki kelgay, ketgay. O’tkinchidir. Vaqtinchalikdir. Bir qancha vaqt o‘tgach, sevganingdan nafratlanishing ham mumkin. Odamlar esa «pul, pul, pul» deb pulning orqasidan quvadi, uni orzu qiladi, uni istaydi. NayzanTavfiq bir she’rida aytadiki, «Chirkin qo‘llarda ko‘rgach, Men puldan ham irgandim…» Kimisi puldan jirkanadi, kimisi vaqtlar o‘tib, o‘zi tushunib-o‘ylab, yoqtirib, sevib olgan ishidan soviydi. Kimisi, bir payt kelib, bir mahallar o‘zi qo‘lga kiritmoq uchun bor-yo‘g‘ini sarflagan narsaning hechligini anglab qoladi. Undan voz kechadi. Bir vaqti kelib, hayotni ham sevmay qoladi… Bolalardan so‘raladigan bitta savol bor: «Eng ko‘p kimni yaxshi ko‘rasan?» deyiladi. Tabiiyki, bola bu savolning javobini beradigan shuur saviyasida emas. Ammo onasi bilan otasi bolaga eng ko‘p kimni yaxshi qo‘rish kerakligini tushuntirish uchun shu savolni berib turishadi. Shunday qilib, unga «Eng ko‘p Allohni yaxshi ko‘raman» demoqni o‘rgatishadi. Sevgilarning eng haqiqiysi, eng birinchi o‘rinda turadigani Alloh sevgisidir. Download 69.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling