Mahmudxo'ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog'ida tug'ilgan. Mahmudxo'ja to- g'asi Muhammad Siddiqning tarbiyasini olgan


Download 15 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi15 Kb.
#212392
Bog'liq
Mahmudxo'ja Beh


Mahmudxo'ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog'ida tug'ilgan. Mahmudxo'ja to- g'asi Muhammad Siddiqning tarbiyasini olgan. Arab tili gram- matikasini kichik togʻasi Mulla Odildan oʻrgangan. Behbudiy 1899–1900-yillarda hajga boradi; 1903–1904-yil- larda Moskva, Peterburgga hamda 1906-yili Qozon, Ufa, Nij- niy Novgorod, Misr va Turkiyaga safar qiladi) Behbudiy XX asr oʻzbek adabiyoti tarixida munosib oʻrin- ga ega. Uning hayoti va ijodiy faoliyati jamiyat hayotidagi jiddiy oʻzgarishlar davriga toʻgʻri keldi. Behbudiy Turkistonda maktab va maorif, matbuot va teatr, jurnalistika sohalarda ijti- moiy-siyosiy, adabiy-ma'rifiy faoliyat olib bordi. Qishloqlarda tashkil qilingan maktablar uchun bir qancha darsliklar yozdi. Behbudiy oʻz zamonasi yoshlariga murojaatida bunday yozadi: «Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondirki, ma- kotib! - taraqqiyning boshlangʻichi, madaniyat va saodat- ning darvozasidir. Har millat eng avval makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib koʻpaytirmaguncha taraqqiy yo'lig'a kirib madaniyatdan foydalanmas»

Turkistondagi maktablar islohoti Behbudiy nomi bilan bogʻliq. Behbudiy yangi usuldagi maktablar tashkil etish ishi- da jonbozlik koʻrsatadi. Tirikchilikka oʻzini urgan xalqni dun- yoning eng ilgʻor millatlari qatoriga qo'shish uchun maktab- larning oʻzi kamlik qilar edi. Shu bois Behbudiy Samarqand shahrida 1913-yili «Samarqand» nomli gazeta va jurnalini nashr ettira boshlaydi. Ularda millat ahvoli , uning haq-huquqi, milliy til qadri, chet tillarini o'rganish va tarix masalalariga doir maqolalar e'lon qiladi. Behbudiy oʻz day- rida ziyolilarning yetakchisi, maʼrifat fidoyisi, millatparvar sifatida taniladi. Butun umrini jaholat va zulmatni ilm-ma'rifat yog'dusi bi- lan yoritishga bag'ishlagan Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti va faoliyati bugungi yoshlarga oʻrnak boʻlishga arziydi, albatta. Mahmudxoʻja Behbudiy 1919-yil 25-martda Shahrisabzda qatl etiladi.
Download 15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling