Mahmudxo‘ja behbudiy. Tanqid – saralamoqdur maqolasi


Download 23.63 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi23.63 Kb.
#1041842
Bog'liq
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY. TANQID – SARALAMOQDUR MAQOLASI


MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY. TANQID – SARALAMOQDUR MAQOLASI
Maxmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) alloma, yozuvchi, jamoat arbobi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi. Jadidchilik harakati, ya’ni yangicha o‘quv metodikasi lideri.
Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yil 20 yanvar kuni Samarqand shahrida muftiylar oilasida dunyoga kelgan. Bexbudiy voyaga yetgan atrof-muhit uning dunyo qarashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.
Mahmudxo‘janing otasi islom dinining yirik mutaxassisi bo‘lgan va dinga oid qator maqolalar yozgan, ilmiy ishlar olib borganligi bois, ushbu atrof-muhim bolakayning dunyoqarashiga ta’sirsiz bo‘lmagan.
Behbudiy adabiyot, tarix fanlari bilan birga u siyosatni ham o‘rgangan. Gazeta va jurnallar orqali dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishib borgan. Makka, Misr hamda Stambulga bo‘lgan sayohatlari uning dunyoqarashini butunlay o‘zgartirib yuborgan. U gazeta va jurnallar bilan hamkorlikni o‘rnatib, o‘z maqolalarini chop eta bolshladi, ularda maktab va san’atni yaxshilash masalalarini ko‘tarar edi.
Behbudiy “Oyna” gazetasi asoschisi, muharrir I.Gasprinskiyning “Tarjumon” gazetasini doimiy muallifi bo‘lgan. Mahmudxo‘ja 200 dan ziyod o‘zbek va tojik tillaridagi nashrlar muallifi. Xususan, "Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy" - "Kiskacha umumiy jug‘rofiya" (1903), "Kitob-ul-atfol" - "Bolalar uchun kitob" (1904) va boshqalar. Bexbudiyning yozuvchilik poydevori nuqtasi 1911 yil Samarqandda yozilgan “Padarkush” dramasi sanaladi. Unda yosh avlod ma’lumotli va madaniyatli bo‘lishi kerakligi keltirilgan. Drama ilk bor 1912 yil “Turon” gazetasida bosib chiqarilgan, 1913 yilda esa alohida kitob ko‘rinishida nashr etilgan.
Behbudiyning sahna asari katta muvaffaqiyat qozongan va Samarqand, Buxoro hamda Toshkent shaharlari teatrlarida sahnalashtirilgan. Kompozitsion nuqtai nazardan asar odimona ko‘rinsada, g‘oyaviy juda murakkab va drama janrining barcha talablariga javob bera oladi. O‘zbek dramaturgiyasining birinchi qaldirg‘ochi bo‘lib, A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Mirmuxsina-Fikriyaning “Farzandsiz Ochildiboy” va Hamzaning bir qator asarlarining yaratilishida turtki bo‘ldi.
Behbudiy 1919 yil Qarshida sayohat davri qo‘lga olindi va Said Olijonning buyrug‘iga binoan qatl etildi.
Sadriddin Ayniy allomaning fojiali vafoti munosabati bilan bunday yozgan: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o‘zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi».
Qarshi shahri 1920-1930 yillarda Behbudiy nomi bilan atalgan. Behbudiy nomi 1937 yilga kelib qatag‘on qilinadi va 1956 yilda oqlanadi.
Hozirgi kunda alloma qoldirgan boy va rang-barang adabiy, madaniy va ma’rifiy meros o‘z xalqining istiqloliga xizmat qilmoqda.
1977 yil Behbudiyning “Saylanma”si chop etildi. Ushbu to‘plam o‘z ichiga darslik va o‘quv-qo‘llanmalarni olgan, hozirgi kunda ko‘chalar va maktablarga uning nomi berilgan.
U 1899 yilda hajga borib, u yerdan muftiy unvoniga ega bo‘lib qaytgan. Behbudiy o‘zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Qarshi shahri 1920-1930 yillarda Behbudiy nomi bilan atalgan.
Behbudiy o‘zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, «Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy jug‘rofiya» 1903), «Kitob-ul-atfol» («Bolalar uchun kitob», 1904), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi», 1904), «Amaliyoti islom» (1905), «Rusiyaning qisqacha jug‘rofiyasi» (1908) kabi darslik va kitoblar yozgan.
Uning 1901 yildan boshlab «Turkiston viloyati gazeti», «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat», «Tujjor», «Osiyo», «Hurriyat», «Turon», «Sadoi Turkiston», «Ulug‘ Turkiston», «Najot», «Mehnatkashlar tovushi», «Tirik so‘z», «Tarjumon», «Sho‘ro», «Vaqt», «Toza hayot», «Samarqand», «Oyna» kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari esa taraqqiyiarvar kishilar va, ayniqsa, yoshlarning diqqat-e’tiborini qozongan.
U ayni chog‘da yangi usuldagi maktablarning asoschisi va targ‘ibotchisi, yangi darsliklarning ilk muallifi ham bo‘ldi. Xullas, Mahmudxo‘ja Behbudiy buyuk ma’rifatparvar va yetakchi jadidchi sifatida milliy madaniyatimiz tarixidan mustahkam o‘rin egallaydi.

Majalla va jaridalarning katta bir xosiyati tanqid, ya’ni saralamoqdur. Sarroflar aqchani, tujjorlar mato’ni saralaganidek, muharrirlar ham umumiy hol va maishatg‘a taalluq nimarsalarni saralaydurki, boshqa so‘z ila «tanqid» atalur. Masalan, yangi maktab va muallimlari va anda o‘qulaturgon kitoblarni ma’nan taftish etib, andagi nuqsonlarni bayon etmoq tanqiddur. Taarruz va dushmanlik emas. Agarda shaxsiyatg‘a to‘qunmasa. Ammo bir muallim yo mudarris va muharrirni ishidan, shaxsiyatidan xaloyiqg‘a zarar kelsa, andan ham bahs va tanqid yozmoq shaxsiy bo‘lmaydur.


Tanqid yangi yozilgan kitob, jarida va majallalarg‘a-da joriy va nofe’dur. Masalan, bir muharrir va yo muallimni sahvini va o‘z xizmatig‘a beparvoligini va lozim qoida va tartiblarg‘a amal qilmay, ommag‘a zarar kelturgonini tanqid etmoq boisi isloh bo‘lur. Bizni Turkistonda yangi maktablar xeyle bordur. Yangi risola xeyle bosilib turubdur. Jaridalarg‘a maqola va shiorlar o‘qulub turubdur, Ammo hanuz tanqid davrig‘a yetushganimiz yo‘q. Ittifoqo, tanqid shaklinda bir nimarsa yozilsa, bizlarg‘a qattig‘ tegar. Yozganlarimizni buzuqligi va fikrimizni xatoligi, ishimizni noqisligini biror kishi ko‘rsatsa, achchig‘imiz kelur. Va ul odamni dushman ko‘rub, shaxsidan nafrat va fikrig‘a norozilik bayon etarmizki, bul bizni yangidan ishg‘a boshlaganimizdan, boshqa til ila noqisligimizdandur.
Biz eskilarni ayblaymizki, alarg‘a islohdan so‘zlasak, chiday olmaydurlar. Ammo o‘zimizning maqtab, risola, tahrir va maslakimizni bir kishi tanqid etdimi, chiday olmaymiz, diqqat ila munaqqid so‘zini tinglamaymiz, Munaqqid bizni to‘g‘rimizg‘a ming so‘z ila bayoni muddao etar ekan, biz oni ichindan o‘n so‘zini noma’qul topib, yuzig‘a urarmiz. Va yoinki vajhsiz oning so‘zini raddu o‘zig‘a e’tiroz etarmiz. Agarda ul desaki, man sizg‘a bir ming kalima nasihat yo tanqid so‘yladim, durust, o‘n kalimasi sizg‘a bejo ekanki, qaytib oldim, 990 kalimasig‘a na dersiz?
Na javob berarmiz! Tanqidni ko‘tarolmaganimizg‘a to‘g‘risi, hanuz tanqidg‘a loyiq bo‘lmaganimizni misoli. Kafkazli sayyoh Muhammad Sayyid afandi Turkiston maktablari to‘g‘risinda «Oila va mo‘‘tabaran iqbol» jaridasig‘a tanqid yozib ediki, aning javobi yalg‘uz quruq bir e’tiroz (pro‘test) bo‘ldi. Ammo oning yozg‘anig‘a javob tushmas. Ikkinchi, «Adab va tarbiyat» unvoni ila yana sayyoh mazkur «Oyna»ning 27—28—29—30 raqamlarinda maktab to‘g‘risinda voqe’i dalillari ila ba’zi nimarsalar yozdiki, mo‘‘tabar «Sadoyi Turkiston» rafiqimiz 11-adadinda Muhammad Sayyid afandi maqolalarini xilofi adab va tarbiya deb oni yozilg‘onig‘a sohibi maqola va idorag‘a izhori norizolik aytib, mazkur maqolalarni «ahamiyatsiz» der. Hamda «muallimlarning xotirin qoldiruv» bo‘larmish. «Oyna» kamoli ehtirom ila «Sadoyi Turkiston» rafiqimizg‘a arz etarki, mazkur maqolalar boshdan oxirg‘acha ahamiyatsizmi? Agarda ahamiyatligi bo‘lsa, iltifotg‘a olmaganlarig‘a taassuf etarmiz. Va maqola ichidan ikki-uch xati mizojg‘a nomuvofiq tushgan uchun afularini tilaymiz. Takroran, aytarmiz: biz hanuz tanqidg‘a layoqat paydo etganimiz yo‘q. Yana qadima kasallarimizdan - «norizo», «xotiri qolmasunu...» illatlari hanuz ketgan yo‘q.
Muhammad Sayyid afandi ta’birincha, munday ketabersa, «qiyomatdan ming yil so‘ngra-da, Turkistong‘a taraqqiy yo‘q». Agarda, «xotir qolmasun» qoidasi maslak tutulsa, matbuotdan qalam tortmoq kerak. Chunki haqiqiy matbuot hech kimni xotirig‘a qaramas. «Xotir qolmasun» kasali biz musulmonlarni barbod etdi.
Umumiy hollardan bahs qilindimi? Mutlaq har bir masalag‘a bir necha kishini xotiri qolur. Islohi madoris va dorulqazo desangiz, ulamoni xotiri qolur. Islohi rasm bazm desangiz, avomni xotiri qolur. Islohi savome’ desangiz so‘fi, shayxu eshonlarni xotiri qolur. Islohi foydaxo‘rlik va tijorat desangiz, boylarni xotiri qolur. Endi islohi makotibi jadida deyilganda, muallimlarni xotiri qolsa, bas muharrirlar uchun sukutdan boshqa ish qolmaydur. Shuni-da aytmoqki, Muhammad Sayyid afandidan yoinki idoradan birgina «ba’zi» kalimasi maat-taassuf qolibdurki, bu ba’zi vajhdan ba’zi muallim afandilardan idora afu istar.
Download 23.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling