Mahmudxo'ja Behbudiy yoshlarga murojaati
MUHTARAM YOSHLARG A MUROJAAT
Download 22.37 Kb.
|
Mahmudxo\'ja Behbudiy yoshlarga murojaati
MUHTARAM YOSHLARG A MUROJAATMUHTARAM YOSHLARG A MUROJAAT Har bir mamlakatda islohot va madaniyat asbobig'a tavassul va tashabbus etmoqlik harakati u mamlakatning yoshlari tarafidan zuhur eta boshlagani kabi, bizning Turkistonda ham madaniyat eshigi manzalasida bolgan makotibi ibtidoiyya ila intiboh va islohot jarchisi bo'lgan milliy matbuot g‘ayratlu yoshlarning harakoti maorifparvaronalari soyasida vujudga keldi. Shuning uchun har bir milliy havoyijimizdan bolgan mushkul ishlarda yolg‘iz yoshlarimizni marja’ va umidgoh tutib, alardan yordam so'raymiz (mollari yoki so'zlari ila millat foidasig'a yordamlari tekgan ba’zi ulamou ag‘niyomiz ham yoshlar qatoridadurlar). Muhtaram birodarlar! Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib - taraqqiyning boshlang'ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng awal, makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko ‘ payturmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirub madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan mahrum qolub, sanoe va maorif salohi ila qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko‘rolmas. «Muborizayi hayot» maydonida mutlaqo mag‘lub boiur, oyoqlar ostida ezilur, diniy, iqtisodiy ishlarda o'zgalarning asiri bo‘lub, bora-bora milliyat va diyonatini ham ho'ldan berur. Ana ushbu yoilar ila oxiri mahv va nobud bo‘lub ketar. Bizlarda bir fazilat bor bolsa, ul ham faqat taassuboti johilonadan iboratdur. Demak, bizlar hozirgi iymon-la diyonatimizni yolg‘uz taassub soyasida saqlab turubmiz. Lekin ushbu tamaddun asrida ilmsiz quruq taassub ila ham yashab boimas. Chunki zamonamiz shunday zo'rki, ozgina fursatda churuk taassubotimizni asosidan qo‘parub tashlaydur.Bizlarda bir fazilat bor bolsa, ul ham faqat taassuboti johilonadan iboratdur. Demak, bizlar hozirgi iymon-la diyonatimizni yolg‘uz taassub soyasida saqlab turubmiz. Lekin ushbu tamaddun asrida ilmsiz quruq taassub ila ham yashab boimas. Chunki zamonamiz shunday zo'rki, ozgina fursatda churuk taassubotimizni asosidan qo‘parub tashlaydur. Download 22.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling