Mahsulotlar ishlab chiqarish tahlilining ob'ektlari bo'lib esa quyidagilar hisoblanadi: - Mahsulotlar turlari va assortimenti bo'yicha ishlab chiqarish hajmi;
- Mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligi;
- Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tarkibi;
- Ishlab chiqarishning maromiyligi va uzluksizligi.
Boshqaruv tahlili uchun sanoat korxonalari ishlab chiqargan mahsulot hajmini o'rganishda quyidagi umumlashtiruvchi ko'rsatkichlar o'rganiladi: Yalpi mahsulot - bu korxonaning ma'lum bir davrda (kun, oy, chorak, yil) ishlab chiqargan mahsuloti, ko'rsatgan xizmat va bajargan ishlarining amaldagi va solishtirma bahoda o'lchangan hajmiga aytiladi. Bunda uning tarkibiga ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatlari, korxonaning o'z kapital remonti uchun sarflangan yarim fabrikatlar qiymati, buyurtmachilarning xom-ashyosidan tayyorlangan mahsulotlar qiymati ham qo'shilgan holda aks etadi. Tovar mahsuloti - bu iste'molchilarga etkazib berish uchun mo'ljallangan mahsulotlar bo'lib, yalpi mahsulotdan shu jihatlari bilan farq qiladiki, uning tarkibiga tugallanmagan ishlab chiqarish va korxona ichki iste'moli (oboroti) uchun foydalanilgan mahsulotlar hamda buyurtmachilarning xom-ashyosidan tayyorlangan mahsulotlar kiritilmaydi. Sotilgan mahsulot - iste'molchilarga jo'natilgan, yoki xaridorlardan puli kelib tushgan mahsulotlar qiymatiga aytiladi. Sotilgan mahsulotlar hajmi solishtirma, biznes rejadagi va amaldagi baholarda hisoblanishi mumkin. Bu ko'rsatkichga qarab ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasidagi bog'liqlik, korxonaning mahsulotlarini sotish hajmini ko'paytirish bo'yicha imkoniyatlari bor yoki yo'qligini tahlil qilishga asos bo'ladi. "AVS" aktsionerlik jamiyati bo'yicha mahsulot ishlab chiqarishning umumlashtirilgan ko'rsatikichlari tahlili
Ko'rsatkichlar
|
O'tgan yil
|
Hisobot yili
| |
Farqi (+,-)
| | | |
Biznes
reja bo'yicha
|
Haqiqatda
|
o'tgan yilga nisbatan
|
Biznes rejaga nisbatan
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Yalpi mahsulot:
• Amaldagi bahoda
• Solishtirma bahoda
|
1912902
2113430
|
2236548 2198763
|
2721401
2553967
|
+808499
+440537
|
+484853
+355204
|
Tovar mahsuloti:
• Amaldagi bahoda
• Solishtirma bahoda
|
1902784 2109528
|
2209568 2117539
|
2701893 2515931
|
+799109 +406403
|
+492325 +398392
|
Sotilgan mahsulot:
• Amaldagi bahoda
• Shartnomaviy bahoda
|
1452513 1402677
|
2367492 2301769
|
3040381 2984387
|
+1587868 +1581710
|
+672889 +682618
|
Do'stlaringiz bilan baham: |