Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi H. R. Fozilov


Download 194.83 Kb.
bet1/5
Sana09.11.2023
Hajmi194.83 Kb.
#1760492
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-maruza

Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi

H. R. Fozilov


2-ma’ruza

Reja

  • Mahsulot ishlab chiqarish hajmini va uni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi
  • Mahsulot ishlab chiqarish va o’sish sur’atini dinamik tahlili
  • Mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining tahlili

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona ishlab chiqarishi ko'zda tutgan mahsulotlar hajmi iste'molchilarning ko'lami hamda korxona ichki imkoniyatlari bilan uzviy bog'liqdir. Ayniqsa, mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan boyliklarning chegaralanganligi mo'l-ko'l tovarlar yaratishni ham chegaralaydi. Bunday sharoitda korxona o'z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini to'g'ri belgilay olishi muhim ahamiyatga egadir.

O'zbekiston Respublikasining "Korxonalar to'g'risida"gi Qonunining 20-moddasida quyidagilar qayd etilgan:

"Korxona o'z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xom-ashyo resurslariga, materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko'rsatilayotgan xizmatga bo'lgan talablarini hisobga olib taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi. Korxona davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ishlar bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat ko'rsatadi".

Korxonaning barcha erishgan natijaviy ko'rsatkichlari to'g'ridan-to'g'ri mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish bilan bevosita bog'liqligini e'tiborga olsak, bu boradagi moliyaviy va boshqaruv tahlilining muhim vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:


1. Mahsulotlar ishlab chiqarishning biznes rejada mo'ljallangan hajmda bajarilganligiga baho berish;
2. Ishlab chiqarishning tarkibi, dinamikasi va o'zgarish sabablarini omilli tahlil etish;
3. Mahsulotlarning sifati va standart talablariga javob berish darajasini o'rganish;
4. Mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish imkoniyatlarini aniqlash;
5. Mahsulot nomenklaturasi va assortimentiga baho berish hamda o'rtacha assortiment rejasining bajarilishini tahlil etish;
6. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi va unga ta'sir etuvchi omillarga baho berish;
7. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish bo'yicha mavjud imkoniyatlarni ko'rsatib berish;
8. Aniqlangan imkoniyatlarni hayotga tadbiq etish borasida takliflar ko'rsatish va hakozo.

Download 194.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling