Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi H. R. Fozilov


"AVS" aktsionerlik jamiyati bo'yicha mahsulot ishlab chiqarishning umumlashtirilgan ko'rsatikichlari tahlili


Download 194.83 Kb.
bet3/5
Sana09.11.2023
Hajmi194.83 Kb.
#1760492
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-maruza

"AVS" aktsionerlik jamiyati bo'yicha mahsulot ishlab chiqarishning umumlashtirilgan ko'rsatikichlari tahlili

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan "AVS" aktsionerlik jamiyatida joriy davrda yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi o'tgan yilga nisbatan solishtirma baho bo'yicha 440537 ming so'mga ko'paygan bo'lsa, biznes rejaga nisbatan esa 355204 ming so'mga ko'paygan. Amaldagi baholar bo'yicha yalpi mahsulot hajmi esa bundan ko'proqqa oshgan. Bu shundan dalolat beradiki, joriy yilda o'tgan yillarga nisbatan mahsulotlar bahosining o'sishi ham kuzatilgan.

"AVS" aktsionerlik jamiyati bo'yicha mahsulot ishlab chiqarishning umumlashtirilgan ko'rsatikichlari tahlili

Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, aktsionerlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotlarning aksariyati sotishga mo'ljallangan, ya'ni tovar sifatiga ega bo'lgan. Ammo, aktsionerlik jamiyatida o'tgan yili tovar mahsulotlarining kattagina qismi sotilmay omborda qolib ketgan. Bu miqdor amaldagi baholar bo'yicha o'tgan yili 450271 ming so'mni tashkil etgan. Hisobot yili ma'lumotlariga e'tibor qiladigan bo'lsak, ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotga nisbatan sotilgan mahsulotlar hajmi amaldagi baholar bo'yicha 318980 ming so'mga ko'p bo'lgan.

"AVS" aktsionerlik jamiyati bo'yicha mahsulot ishlab chiqarishning umumlashtirilgan ko'rsatikichlari tahlili

Bu shundan dalolat beradiki, aktsionerlik jamiyatida joriy yilda o'tgan yildan qolgan mahsulotlar qoldig'ining kattagina qismini sotishga muvaffaq bo'lingan. Bu esa korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari bo'yicha yaxshi natijalarga erishganligidan dalolatdir. Bundan tashqari korxonada joriy yilida o'tgan yili va biznes rejaga nisbatan bir qadar ko'p mahsulot realizatsiya qilingan. Masalan, amaldagi baholar bo'yicha korxona joriy yilda o'tgan yilga nisbatan 1587868 ming so'mlik ko'p mahsulot sotilishiga erishilgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy baholamoq lozim deb hisoblaymiz.

Mahsulot ishlab chiqarish va o’sish sur’atini dinamik tahlili


Download 194.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling