Mahsulot sifat ko’rsatkichlarning tahlili


Sifat koʻrsatkichlari klassifikasiyasi


Download 35.26 Kb.
bet2/3
Sana21.11.2023
Hajmi35.26 Kb.
#1792475
1   2   3
Bog'liq
Mahsulot sifat ko

Sifat koʻrsatkichlari klassifikasiyasi.

Sifatning umumlashtirilgan koʻrsatkichlariBunga alohida-alohida koʻrsatkichlar yigʻindisi kiradi. Alohida - alohida koʻrsatkichlar bir xil birliklarga ega boʻlishi kerak. Yoxud nisbiy oʻlchamsiz birliklarda boʻlishi lozim. Bunda har qaysi koʻrsatkichning ta‘siri koeffisentlarda (ballar bilan) ifodalanadi.


Barcha texnik iqtisodiy koʻrsatkichlar quyidagi guruhlar boʻyicha klassifikatsiya qilinadi:
-mahsulot vazifalari boʻyicha koʻrsatkichlar;
-ishonchlik koʻrsatkichlari;
-texnologik jarayonlar boʻyicha koʻrsatkichlar;
-ergonomik koʻrsatkichlar;
-estetik koʻrsatkichlar;
-standartlashtirish va unifikasiyalashtirish koʻrsatkichlari;
-patent - huquqiy koʻrsatkichlar.
Mahsulot vazifalari boʻyicha koʻrsatkichlarga mehnat unumdorligi, energiya iste‘mol qilishligi, ogʻirligi (material sarflanganligi), mashinaning universalligi va h.k. lar kiradi.
Mahsulot ishonchliligi koʻrsatkichlariga buzilmasdan ishlashi, koʻp yeyilmasdan ishlashi, ta‘mirlashning osonligi kabi koʻrsatkichlar kiradi.
Ergonomik (grekcha ergon- ish va nomes- qonunkoʻrsatkichlariga mashinani boshqarishning qulayligi, xavfsiz boshqarish mumkinligi, mashinaning gigiyena sifatidan qulayligi, psixologik koʻrsatkichlar, fiziologik koʻrsatkichlar kiradi.
Estetik koʻrsatkichlarga esa mahsulotning tashqi koʻrinishi, mashinaning atrof-muhitga bilan uygʻunligi, mashinaning tashqi pardozi kabilar kiradi.
Ijtimoiy koʻrsatkichlarUshbu koʻrsatkichlar mahsulotning ijtimoiy-zaruriy ehtiyojlarga javob bera olishi va uning turli guruh iste‘molchilari uchun ijtimoiy ahamiyatini tavsiflaydi. Bu koʻrsatkichlarga tovarlar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriyati, tovarning optimal assortimentga mos kelishi, ma‘naviy eskirish va boshqa ijtimoiy samaralar koʻrsatkichlari kiradi.
Tovar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriyati koʻrsatkichi mana shu tovarga nisbatan aholining qondirilmagan talabi hajmining zarurligini ifodalaydi. Tovarga nisbatan qondirilmagan talabning zarurlik darajasi aholining mana shu tovarlarga nisbatan ta‘minlanganlik darajasi bilan tavsiflanadi. Tovarning ijtimoiy manzili va iste‘mol tiraji koʻrsatkichi mahsulotning iste‘molchining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus guruh iste‘molchilarini talablariga javob bera olishini tavsiflaydi. Tovarning maxsus guruh iste‘molchilarining talablarini qondirishiga qarab iste‘mol tipaji belgilanadi. Masalan, oyoq kiyimlar tiraji bogʻcha yoshdagi, maktab yoshdagilar, qiz bolalar, oʻgʻil bolalar, ayol yoki erkaklar oyoq kiyimlariga boʻlinadi.
Tovarning optimal assortimentiga mos kelishi koʻrsatkichi uning mana shu tur mahsulotlari assortimenti sistemasida foydalanilishi ishlarining samaradorligini tavsiflaydi.
Ma‘naviy eskirish koʻrsatkichi moda yoʻnalishlari oʻzgarishi, mavsum oʻzgarishi yoki yangi sifatli mahsulotning yaratilishi bilan mahsulotni ma‘naviy eskrishini koʻrsatadi.
Yondosh ijtimoiy samaralar koʻrsatkichilari deb mazkur guruh tovarlarini ommaviy ishlab chiqarish xaridorlarning tovarlarni xarid qilishlariga ta‘sirini tavsiflovchi koʻrsatkichlarga aytiladi. Masalan, mazkur guruh tovarlarini ishlab chiqarishganda, boshqa yondosh guruh tovarlariga nisbatan boʻlgan talab keskin oʻzgarishi mumkin.
Kiyimlariga nisbatan modalarning oʻzgarishi, kiyinish turining oʻzgarishi bosh kiyimlarga nisbatan boʻlgan talabni oʻzgartirishi mumkin.
Funksional koʻrsatkichlar. Mahsulot sifatining funksional koʻrsatkichlari ularning foydalanish maqsadlariga mos kelishi, moddiy, ma‘naviy ehtiyojlarni qondira olish darajasini tavsiflaydi. Bu koʻrsatkichlar asosiy funksiyalarining bajarilishini takomillashtirish koʻrsatkichi, universallik koʻrsatkichlari va yordamchi operatsiyalarini bajarishni takomillashtirish koʻrsatkichlariga boʻlinadi.
Asosiy funksiyani bajarishni takomillashtirish koʻrsatkichlari iste‘molning foydali samarasini, mahsulotning iste‘molchilar tomonidan foydalanilganda ma‘lum ehtiyojni qondirish darajasini koʻrsatadi.
Universallik koʻrsatkichi mahsulotning oʻz oʻrniga qarab ishlatilishi bilan bir qatorda, kishilar uchun foydali boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkinligini koʻrsatadi.
Yordamchi funsksiyalarning bajarilishini takomillashtirish koʻrsatkichi mahsulotni ―inson-mahsulot-tashqi muhit‖ sistemasida asosiy va yordamchi faoliyatlarini bajarishining yondosh bosqichlarida: transportirovka, oʻrnatish, ta‘mirlash, xizmat koʻrsatish, saqlash va boshqa bosqichlarida mahsulotni oʻziga xos xususiyatlarini koʻrsatadi.
Yordamchi operatsiyalarni bajarilishini takomillashtirish uchun asosiy faoliyatining bajarilishini takomillashtirishga ham ta‘sir koʻrsatadi.
Ishonchlilik koʻrsatkichi mahsulotning iste‘mol yoki ekspluatatsiya vaqtida yaroqli holda boʻlishini koʻrsatadi. Bunga toʻxtamasdan ishlashi, uzoqqa chidamliligi, ta‘mirlanuvchanlik, saqlanuvchanlik kabi koʻrsatkichlar kiradi.
Toʻxtamasdan ishlash koʻrsatkichi mahsulotning ma‘lum vaqt davomida toʻxtamasdan ishlatilishi mumkinligini koʻrsatadi.
Uzoqqa chidamlilik koʻrsatkichi xizmat koʻrsatish muddati davomida uzluksiz ishlashi mumkinligini koʻrsatadi.
Ta‘mirlanuvchanlik koʻrsatkichi mahsulotning realizatsiya qilish jarayonida ba‘zi mayda kamchiligini tuzatish mumkinligini koʻrsatadi.
Saqlanuvchanlik koʻrsatkichi mahsulotni saqlash va trasportirovka qilish jarayonida va undan keyin ham oʻzining iste‘mol qiymatini saqlash xususiyati tushuniladi.
Ergonometrik koʻrsatkichlarErgonometrik koʻrsatkichlar ―inson-mahsulot‖ sistemasini tavsiflab, insoniyatning ekologik, fiziologik, antropometrik, gigiyenik xususiyatlarini hisobga oladi.
Gigenik koʻrsatkichlar mahsulotni kishilarni mehnat va hayotiy faoliyatining gigenik shartlariga mos kelishini koʻrsatadi.
Antroponometrik koʻrsatkichlar mahsulot konstruksiyasi undan foydalanilayotgan vaqtda kishilar tanasining tuzilishiga mos kelishini koʻrsatadi.
Estetik koʻrsatkichlarEstetik koʻrsatkichlarga ajralib turuvchanlik, tashqi koʻrinishning ratsional boʻlishi, kompozitsiyasining toʻliq boʻlishi, mahsulotni ishlab chiqarishni bajarishning mukammal boʻlishi, tovar koʻrinishlarining stabil boʻlishi kabi koʻrsatkichlar kiradi. Ajralib turuvchanlik mahsulotga nisbatan jamiyatda shakllangan estetik dunyo qarashlarini aks ettiradi. Bu koʻrsatkich mahsulotni boshqa analogik maqsulotni ajralib turishini, davr talabiga, zamon talablariga, moda yoʻnalishlariga javob berish darajasini koʻrsatadi.
Tashqi koʻrinishining ratsional boʻlishi mahsulotni funksional - konstruktiv mohiyatining toʻgʻri ifodalanishini mahsulotni tayyorlash va ekspluatatsiya qilishning obyektiv sharoitlariga mos kelishini tavsiflaydi. Ushbu koʻrsatkich mahsulot tashqi koʻrinishining uni ishlatilish maqsadlarigakonstruktiv yechilishiga, tayyorlash texnologiyasi va qoʻllaniladigan materiallarning oʻziga xos xususiyatlariga mos kelishini koʻrsatadi.
Kompozitsityasini toʻliqligi mahsulot qismlarini organik bogʻliqligini, uning boshqa ansambllariga ham mos kelishini koʻrsatadi. Ushbu koʻrsatkichlar mahsulotni modellashtirishda turli ranglari oʻzaro aloqada qoʻllashda, konstruksiyalash ishlarini badiiy tasvirlashda, toʻliq kompozitsion yechimga erishishda badiiy vositalardan foydalanish samaradorligini koʻrsatadi.
Mahsulotni ishlab chiqarishning mukammal boʻlishi va tovar koʻrinishining stabil boʻlishi mahsulotning estetik jihatdan tashqi koʻrinishiga ta‘sir koʻrsatadi va uni ishlab chiqarishda tashqi koʻrinishining mukammal boʻlishi, firma belgilarining aniq boʻlishi, informatsion material va hujjatlarning toʻliq boʻlishi va mahsulot tashqi koʻrinishiga zarar yetmasligi uchun uni oʻrash-joylash ishlarining yaxshi yoʻlga qoʻyish darajasini koʻrsatadi.
Iste‘molning xavfsizligi koʻrsatkichi mahsulotni ekspluatatsiya yoki iste‘mol qilish, montaj, xizmat koʻrsatish, ta‘mirlash, saqlash, ortish va tashishda kishilarning xavfsizligini ta‘minlovchi xususiyatlarini tavsiflaydi. Iste‘molning xavfsizligi koʻrsatkichiga misol qilib, kishilarning ma‘lum vaqt davomida xatarsiz ishlashi ehtimoli; himoya moslamalarining ishlatilishi; voltli zanjirlarning elektr mustahkamligi kabilarni keltirishimiz mumkin.
Ekologik koʻrsatkichlar mahsulotni ekspluatatsiya qilishda yoki iste‘molda atrof muhitga zararli ta‘sir koʻrsatishini xisobga olish atrof- muhitiga ishlab chiqarish chiqindilarning tushishini cheklash, biologik resurslardan ratsional foydalanish, ularni saqlash, atmosferani ifloslanish darajasini pasaytirishni ta‘minlash kerak.
Ekologik koʻrsatkichlarga, atrof muhitga tashlanayotgan zaharli chiqindilarning tarkibi, mahsulotni ekspluatatsiya qilish va iste‘molda, ortish, tashishda, saqlashda zaharli gazlar chiqishini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Mahsulot sifati darajasini baholashda mahsulotni tayyorlash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish yoki iste‘mol soxasidagi farqlarni tavsiflovchi iqtisodiy koʻrsatkichlarni e‘tiborga olish muhimdir.
Iqtisodiy koʻrsatkichlar - bu tajriba namunalarni tayyorlash va sinovdan oʻtkazishga ketgan xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, texnik obyektlarni ekspluatatsiya qilishdagi xarajatlar va boshqalar.
Sifat koʻrsatkichlari fizikaviy koʻrsatkichlar singari oʻlchamga ega boʻlishi yoki ega boʻlmasliklari mumkin. Sifat koʻrsatkichlarining miqdoriy tavsifi deganda ma‘lum birliklardagi ularning oʻlchamalari tushuniladi.
Masalan, mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt boʻlib, ishchi-soatlarda ifodalanadi.
Bunda mehnat sarfini ishchi-kunlarda ifodalash bilan mahsulotning mehnat sarfi oʻzgarib qolmaydi. Xuddi shunga oʻxshab mahsulot tannarxi yoki bahosi kabi iqtisodiy koʻrsatkichlarni soʻmlarda yoki boshqa birliklarda ifodalanishi uning qiymatini oʻzgartirmaydi.
Fizik miqdorlar singari sifat koʻrsatkichlarining miqdori ham absolyut va nisbiy miqdorlar orqali ifodalanishi mumkin. Fizik miqdorlarning absolyut qiymati har doim oʻlchamga ega boʻladi, nisbiy miqdorlar esa oʻlchamsizdir. Mahsulot sifatining absolyut koʻrsatkichlari oʻlchamga ega boʻlishlari yoki oʻlchamsiz boʻlishlari mumkin, nisbiy koʻrsatkichlar esa doim oʻlchamsizdir.

Download 35.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling