Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi
Download 496.64 Kb. Pdf ko'rish
|
mahsulot-sifatini-oshirish-va-boshqarish-tizimi (1)
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 632 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi ob’yektda o`z ta'sirini amalga oshirish ko`zda tutiladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta'minlash va me'yorida bo`lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi. Mahsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilganligiga, ularni qanday me'yorda ishlashiga, nazorat-o`lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda ishlayotgan xodimlarning malakasiga so`zsiz bog`liqdir. Boshqarish ta'siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini saqlash yoki unga o`zgartmalar kiritishdan iborat [2]. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob’yektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy- texnika va axborot vositalari yordamida o`zaro bog`lanishning majmui tushuniladi. MUHOKAMA Shuning uchun bu tizim o`zaro bog`langan mahsulot sifatini boshqarishni ta'minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig`indisi sifatida ko`zda tutilgan bo`lmoqligi lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli darajaga erishilishini ta'minlash hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi o`z tarkibiga inson jamoalarini, texnikaviy qurilmalarni, moddiy vositalarni va kuchli axborot oqimini oladi. Mahsulot sifatini boshqarish o`zida quyidagi boshqarish davrining umumlashgan elementlarini mujassamlashtiradi: -oldindan aytib berish va rejalashtirish; -ishlarni tashkil qilish; -o`zaro muvofiqlashtirish va tartibga solish; -faol harakatga keltirish va rag’batlantirish; -nazorat, hisob- kitob va tahlil qilish. Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish jarayonlari 2 guruhga bo`linadi: - ishlab chiqarish tizimini deyarli yuqori darajaga o`tkazuvchi (mahsulotning deyarli yuqori texnikaviy darajasini va sifatini yaratish va o`zlashtirishni ta'minlovchi); - ishlab chiqarish tizimidagi turqg`unlikni ushlab turish va o`zlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini rejalashtiruvchi sifat darajasida ta'minlash. Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni boshqarishning umumiy nazariyasiga binoan quyidagi ishlardan tashkil topadi: - boshqarish rejasini ishlab chiqish; - mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish; - mahsulot sifatiga ta'sir etuvchi har qanday ob’yekt (buyum, jarayon)ning holati haqida axborotlar olish va tahlil qilish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling