Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi


Download 496.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana17.02.2023
Hajmi496.64 Kb.
#1206150
1   2   3   4
Bog'liq
mahsulot-sifatini-oshirish-va-boshqarish-tizimi (1)

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 633
-sifatni boshqarish bo`yicha qaror qabul qilish va ob’yektga ta'sir etish usulini 
tayyorlash; 
-ta'sir etadigan, boshqaruvchi ko`rsatmalar berish; 
-ta'sir etadigan, boshqaruvchi ko`rsatmalar berish natijasida ob’yektdagi sifatning 
o`zgarishi haqidagi axborotni olish va tahlil qilish. 
NATIJA
Dastavval, bunday axborot yuqorida aytilganidek, marketing, sotuv bozorini 
aniqlash va uni o`rganish bo`limining xodimlari tomonidan olinadi. Bunda shu 
mahsulotga nisbatan bozordagi ehtiyoj va xalqning shu mahsulotga munosabati 
inobatga olinadi [3]. Bunday ma'lumotlar esa shu sohadagi ilmiy-tadqiqot va loyihalash-
konstruktorlik ishlarini oldindan aytib berish hamda ishlab chiqarish hajmini va 
mahsulotning sifat darajasini rejalashtirish uchun asos bo`ladi. 
Mahsulotni ishlab chiqarish uchun shunga o`xshash buyumlarning sifatini hamda 
ularni ishlab chiqarish usullari ishlatilishi va ta'mirlanishini tavsiflovchi axborot kerak 
[4]. 
Bu ma'lumotlar qaror qabul qilish uchun asos hisoblanib, qaror qabul qilishi 
natijasida boshqaruvchi idoraga o`zining muayyan boshqaruvchilik ta'sirini o`tkazadi. 
Bu ta'sir mahsulotning har qanday bosqichiga- ishlab chiqishga, ishlatilishiga 
ta’lluqlidir. 
Katta korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish sohasiida avtomatlashtirilgan 
tizimlar yaratilgan. EHM yordamida mehnat va mahsulot sifati haqidagi ma'lumotlarga 
hamda me'yoriy hujjatlarga nisbatan hisob kitobiga, mahsulot ishlab chiqarishdagi 
yaroqsizlikni hisob-kitobiga va tahliliga, mahsulotni ishlatilishidagi va boshqa 
bosqichlardagi uni sifat tahliliga ishlov beradi [5]. 
XULOSA
Hamma boshqaruvchi tizimlarga umumiylik belgilari bo`lib – sifat darajasiga 
topshiriq; bu topshiriqni yaratish va uni amalga oshirish; vaqti- vaqti bilan sifat holatini 
rejalashtirilganiga nisbatan bajralishini qiyoslash; har qanday og`ishlar bo`lgan taqdirda 
o`zgartirishlar kirgazish hisoblanadi. 
Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bog`liq bo`lsa, turli 
xil muammolar paydo bo`ladi. Bu va shunga o`xshash muammolarni tezkorlik bilan hal 
qilishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi 
vazifani bajaradi. 
Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish faoliyatining roli kattadir, chunki 
har qanday texnologik jarayonlarni bir me'yorda ishlashi, ularni har bir bosqichida 
me'yoriy hujjatlarning bajralishiga qanchalik rioya qilinishi, jamoaning mehnat va 
texnologik intizomi hal qiluvchi rol o`ynaydi. 



Download 496.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling