1. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra yer yuzida qancha til mavjud?


Download 71 Kb.
Sana05.08.2020
Hajmi71 Kb.
#125517
Bog'liq
5-sinf-ona-tili-fanidan-mavzulashtirilgan-testlar-javobi-bilanbaxtiyor.uz




Kirish

1. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra yer yuzida qancha til mavjud?

A) 2000 dan ortiq B) 3000 ga yaqin C) 3000 dan ortiq D) 2996 ta

2. Qaysi qatordagi topishmoqning javobi so’z hisoblanadi?

A) Og’izdan chiqquncha meniki, og’izdan chiqqani elniki. B) Temir qo’rg’on ichida qizil toychoq o’ynaydi. C) Asaldan shirin, zahardan achchiq. D) A, C

3. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishlari, majlislar, ish qog’ozlari qachondan boshlab, asosan, o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi?

A) 1989- yil 21- oktabr B) 1995- yil 24- avgust C) 1991- yil 1- sentabr D) 1993- yil 2- sentabr
Takrorlash

1. Noto’g’ri yozilgan so’z mavjud qatorni toping.

A) butun, kulgi, supurmoq B) sovuq, uyqu, shovullamoq C) kulgi, quvur, uchun D) butun, shovillamoq, supurmoq

2. To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini toping.

A) xushyor, saxiy, mahsulot B) harakat, mahsulot, xulosa C) xozirjavob, hurmatli, sahiy D) xushyor, saxna, hukm

3. Qaysi qatorda so’z qo’llash bilan bog’liq xato mavjud?

A) Oynaga darz ketdi. B) Urush, noming o’chsin jahonda... C) Chap yoni bilan turmoq. D) Besh asrkim nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir she’r.

4.Qaysi qatordagi ajratilgan so’zlar o’zaro shakldosh emas?

A) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. – Yaxshilarning etagini tut, adashmaysan. B) Yoz o’tmoqda soz. – Dutor – eng yaxshi soz. C) Arg’amchiga qil quvvat. – Nomusni yoshlikdan ehtiyot qil. D) O’t ishi qovurmoq. – Qalbida ishq o’ti alangalandi.

5. Qaysi qatordagi gap tarkibida uchta qo’shma so’z mavjud?

A) Ochildimi boychechak, Endi har yon gul demak. B) Bu shaharning oti Ko’kterak ekan. C) Mehmondo’st, mehnatsevar, sofdil yoshlar kelajak poydevoridir. D) Maqsadimiz chuqur bilimli, yuksak ma’naviyatli, hozirjavob yoshlarni tarbiyalashdan iborat.

6. 1) kuch; 2) farosat; 3) tomosha; 4) aql; 5) so’z; 6) qudrat; 7) gap; 8) to’y

Qaysi qatorda yuqoridagi so’zlar juftliklarga to’g’ri ajratilgan?

A) 1-4; 2-7; 8-3; 5-6 B) 1-2; 3-8; 5-7; 4-6 C) 1-6; 4-2; 8-3; 5-7 D) 1-6; 4-2; 8-3; 7-5


Sintaksis va punktuatsiya

1. So’zlarning bir-biriga bog’lanishi, gap va uning turlarini o’rgatadigan tilshunoslik bo’limi...

A) sintaksis B) morfologiya C) grammatika D) sintaksis, uslubiyat (stilistika)

2. Qaysi qatorda tinish belgisi bilan ma’nosi farqlanmaydigan gap berilgan?

A) Bu gaping yomon bo’lmaydi. B) Siz yangi ertakni eshitdingiz. C) Ona aziz farzandiga yelni ham ravo ko’rmaydi. D) Gullar chiroyli stolni bezab turibdi.

3. Ohang va fikr tugalligiga ega bo’lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so’z va so’zlar qo’shilmasi…

A) so’z birikmasi B) qo’shma so’z C) bog’lama D) gap

4. Gapning so’z va so’z birikmasidan farq qiladigan jihati qaysi qatorda keltirilgan?

A) kesimning mavjudligi B) tugallangan ohang bilan aytilishi C) fikr ifodalashi D) A, B, C

5. So’z birikmasi haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri?

A) so’z birikmasida so’roqqa javob bo’luvchi so’z hokim qism sanaladi B) so’roq hokim qismga qarab beriladi C) tobe so’z hokim so’zga bog’lanadi D) barcha javob to’g’ri

6. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari to’g’ri berilgan qatorni toping?

A) darak gap, so’roq gap, buyruq gap B) darak gap, so’roq gap, undov gap C) darak gap, so’roq gap, buyruq gap, istak gap D) darak gap, so’roq gap, his-hayajon gap

7. Qaysi gap tarkibida ikkita so’z birikmasi mavjud?

A) Aql bozorda sotilmas. B) Aql aqldan quvvat oladi. C) Aqlni beaqldan o’rgan. D) Ahmoqning katta-kichigi yo’q.

8. Qasi vositalar orqali hosil qilingan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi?

A) so’roq olmoshlari B) so’roq yuklamalari C) ohang D) so’roq olmoshlari va ohang

9. Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga shaxs so’rog’i qo’yilishi lozim?

A) … xalq ertaklarini o’qigansiz? B) Ketsang, yana … kelasan? C) Mustaqil yurt deganda … tushunasiz? D) Bobo, … odobli?

10. Qaysi qatordagi hukm noto’g’ri?

A) So’roq yuklamalari orqali ifodalangan so’roq gaplar to’liq javob talab qiladi. B) -mi yuklamasi kesimga qo’shib yoziladi. C) -a(-ya) yuklamalari o’zi qo’shilayotgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. D) Barcha hukmlar to’g’ri.

11. Qaysi turdagi gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi?

A) so’roq gap B) his-hayajon gap C) buyruq gap D) istak gap

12. Qaysi qatorda gapning mazmuniy markazi gap oxirida kelmagan?

A) Oh, naqadar go’zal ona tabiat. B) O’lkamizga Navro’zi olam kirib keldi. C) Do’st achitib gapirar, dushman kuldirib. D) Yoshim bir yerga borib qolganida, yurtim boshiga kulfat tushdi.

13. Qaysi bo’lak kim?, nima?, qanday? so’roqlariga javob bo’lishi mumkin?

A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) barcha bo’laklar ushbu so’roqlarga javob bo’lishi mumkin

14. Ot kesim ishtirok etmagan gapni ko’rsating.

A) Do’stlik – barcha boylikdan ustun. B) Izlaganga tole yor. C) Ko’z qo’rqoq, qo’l botir. D) Ko’pdan quyon qochib qutilmas.

15. Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanmasa, …

A) ega ifodalanmaydi B) kesim bilan birga kerak, lozim, darkor so’zlari qo’llanadi C) egadan keyin tire qo’yiladi D) ega va kesim shaxs-sonda moslashmaydi

16. Qaysi gapda ega birikma bilan ifodalangan?

A) Qarisi bor uyning barakasi bo’ladi. B) Ko’pni ko’rgan chol – jonli tarixning o’zi. C) Duo olgan omondir, qarg’ish olgan yomondir. D) Barchasida ega birikma bilan ifodalangan.

17. Gap haqida keltirilgan qaysi hukm noto’g’ri?

A) Faqat kesimdan iborat gap yig’iq gap. B) Kesimning boshqa bo’laklar bilan kengayishidan hosil bolgan gap yoyiq gap. C) Ega va kesimdan iborat bo’gan gap yig’iq gap D) Barcha javoblar to’g’ri.

18. Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini bildirgan bo’laklar ostiga tahlilda qanay chiziq chiziladi?

A) uzuq chiziq B) to’lqinli chiziq C) nuqtalardan iborat chiziq D) bir to’g’ri chiziq

19. Ko’makchi orqali hokim bo’lakka birikkan to’ldiruvchi qaysi qatorda mavjud?

A) Ular yong’oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqishdi. B) Ayiq mehmonni yong’oq bilan siylamoqchi bo’lib, katta o’g’liga yong’oqqa chiqishini buyuribdi. C) Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar uya qura boshladilar. D) Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni.

20. Qanaot birla qorin to’ydirurmiz,

Qanoat bo’lmasa, ko’p och bo’lursiz.

Qanoatsiz kishi bag’rini dog’lar,

Qanoatlik kishi og’zini yog’lar. Ushbu to’rtlikdagi o’zakdosh so’zlar qaysi gap bo’laklari vazifasida qo’llangan?

A) ega, ega, aniqlovchi, aniqlovchi B) to’ldiruvchi, ega, aniqlovchi, ega C) to’ldiruvchi, ega, aniqlovchi, aniqlovchi D) ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol

21. Qaysi bo’lak doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga bog’lanadi?

A) o’rin holi B) tushum kelishigidagi to’ldiruvchi C) qaratqich aniqlovchi D) jo’nalish kelishigidagi to’ldiruvchi

22. Qaysi gap bo’lagi hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi?

A) qaratqich aniqlovchi B) ega C) aniqlovchi, ega D) vositasiz to’ldiruvchi

23. Umumlashtiruvchi so’z mavjud gapni toping.

A) Mehnatda, ijodda, san’atda, fanda kattadir yoshlarning qo’shgan hissasi. B) Hademay, o’rik, shaftolilar gulag kiradi. C) G’azab, jaholat, adovat, g’iybat, tama, zulm – yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi. D) Qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar bor.

24. Hoy, Murod, nega indamaysan? Ushbu gapdagi undalmani toping.

A) Murod B) hoy C) hoy, Murod D) indamaysan

25. G’azab, jaholat, adovat, g’iybat, tama, zulm – yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi. Ushbu gapda tire nima uchun qo’llangan?

A) umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelgani uchun B) ega mantiqiy urg’u olgani uchun C) tire noto’g’ri qo’llangan D) bog’lovchisiz qo’shma gaplar orasida o’xshatish munosabati ifodalangani uchun

26. Dadasi: – Qani, o’g’lim, qarashib yubor, gul ekamiz, – dedi. Ushbu gapdagi qaysi so’z undalma hisoblanadi?

A) qani, o’g’lim B) qarashib yubor C) o’g’lim D) qani

27. Fikrning to’g’riligini anglatuvchi kirish so’z ishtirok etgan gapni toping.

A) Mayli, qo’shiq ayta qolinglar, – debdi Tulki. B) Bizni do’stimiz sog’insin, albatta. C) Bu ariqlarning suvlari allaqachon, aniqrog’i, bundan to’rt yillarcha oldin qurib qolgandi. D) Avalo, inson o’zini o’zi hurmat qilmog’i lozim.

28. Fikrning tartibini anglatuvchi kirish so’zni toping.

A) avvalo B) xullas C) darhaqiqat D) demak

29. Qaysi gap tarkibidagi kirish so’z yakuniy fikr ifodalagan?

A) Mayli, qo’shiq aytinglar, – debdi Tulki. B) Xullas, bu ish menga juda foydali bo’ldi. C) To’g’ri, endi bu ishdan ham maza qiladigan bo’ldim. D) Bizni do’stmiz sog’insin, albatta.

30. Ohang yordamida bog’langan qo’shma gap qatorini toping.

A) Kuz keldi va mevalar g’arq pishdi. B) G’azab, jaholat, adovat, g’iybat, tama, zulm – yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi. C) Dunyoda mamlakat ko’p, lekin olamda ona yurtimiz, O’zbekistonimiz yakka-yu yagona. D) Yurt tinch – sen tinch.

31. Qaysi qatorda ko’chirma gap muallif gapi orasida kelgan?

A) Majmud Koshg’ariy “Botir jangda, dono majlisda sinaladi”, – deb aytgandi. B) Xalqimiz shunday deydi: “Hunar – zar, hunarsiz – xor”. C) “Inson har doim quvnoq, xushchaqchaq bo’lishi va baxtiyor yashamog’i lozim”, – degan edi Forobiy. D) “Jaholat o’lim, – deb aytadi Nosir Xisrav, – bilim esa tiriklikdir”.

32. Ko’chirma gaplarda tinish belgilarining qo’llanishi haqidagi qaysi fikr noto’g’ri?

A) Muallif gapi ko’chirma gapdan oldin kelsa, undan so’ng ikki nuqta qo’yiladi. B) So’roq belgisi qo’shtirnoq yopilishidan oldin qo’yiladi C) undov belgisi qo’shtirnoqdan so’ng qo’yiladi. D) Nuqta qo’shtirnoqdan so’ng qo’yiladi.


Morfologiya

1. So’z turkumlaridan qaysi biri atash ma’nosiga ega?

A) barcha so’z turkumlari B) mustaqil so’z turkumlari C) yordamchi so’z turkumlari D) mustaqil va yordamchi so’z turkumlari

2. U dushman bilan sher kabi olishdi. Ushbu gapda nechta mustaqil so’z mavjud?

A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta

3. Otlar gapda qanday vazifada keladi?

A) bosh va ikkinchi darajali bo’lak B) ega va to’ldiruvchi C) bosh bo’lak va undalma D) bosh va ikkinchi darajali bo’lak, undalma

4. Otlarga qo’shilib, ularni o’zidan keyin kelgan boshqa so’zlarga tobelashtirib bog’lab keladigan qo’shimchalar …

A) kichiraytirish qo’shimchalari B) kelishik qo’shimchalari C) ko’plik qo’shimchasi D) egalik qo’shimchalari

5. Qaysi qatordagi so’zlar tushum kelishigidagi so’z bilan birga qo’llanishi mumkin?

A) bordi, o’qidi B) ko’chasi, jo’nadi C) tushundi, ko’rdi D) o’rgandi, chiqdi

6. Egalik qo’shimchasi qo’shilgan ot o’zidan oldingi otning qaysi kelishikda bo’lishini talab etadi?

A) tushum kelishigi B) qaratqich kelishigi C) bosh kelishik D) o’rin-payt kelishigi

7. Qaysi qatordagi so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda tovush o’zgarishi yuz beradi?

A) tuproq, qishloq, huquq B) terak, ertak, idrok C) quduq, tuproq, ertak D) to’garak, tirnoq, farq

8. Quyidagi so’zlardan qaysilariga egalik qo’shimchasi qo’shilganda o’zak-negizda o’zgarish yuz bermaydi? 1. tuproq; 2. ishtirok; 3. huquq; 4. axloq; 5. to’garak; 6. idrok; 7. pichoq.

A) 2, 3, 4, 5. 6 B) 1, 3, 5, 7 C) 4, 5, 7 D) 2, 3, 4, 6

9. Sifat asosan qaysi gap bo’lagi vazifasida keladi?

A) aniqlovchi, kesim B) aniqlovchi C) aniqlovchi, hol, kesim D) aniqlovchi, hol

10. Qiyosiy darajadagi sifat qatnashmagan gapni ko’rsating?

A) Ayolning cho’zinchoqroq yuzida hadik paydo bo’ldi. B) Biz kirgan xona dadam ishlaydigan hujradan ham tor va qorong’iroq ekan. C) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. D) Barcha gap tarkibida qiyosiy darajadagi sifat mavjud.

11. Qanday holatda sifat gapda kesim vazifasini bajarishi mumkin?

A) otga bog’lansa B) shaxs-son qo’shimchasini olsa C) gap oxirida kelsa D) kesim vazifasidagi so’z tushib qolgan bo’lsa

12. Orttirma darajadagi sifat mavjud qatorni toping.

A) Biz kirgan xona dadam ishlaydigan hujradan ham tor, qorong’iroq edi. B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. C) G’azal nihoyatda ta’sirli. D) Qo’rqoq oldin musht ko’taradi.

13. Qaysi qatordagi gapda son hol vazifasini bajargan?

A) Sinfimizda yig’irma besh o’quvchi bor. B) O’nning yarmi – besh. C) U olmadan beshta oldi. D) Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi.

14. Son gapda otga bog’lanib kelsa qaysi gap bo’lagi vazifasini bajaradi?

A) aniqlovchi B) miqdor-daraja holi C) ega D) ravish holi

15. Sifat o’rnida qo’llangan olmosh mavjud gapni toping.

A) U o’ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi. B) Bu ish uchun unga qancha vaqt kerak? C) Sen qancha kitob olgan bo’lsang, men ham o’shancha miqdorda olib keldim. D) Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon.

16. Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabati …

A) fe’l nisbatlari deyiladi B) fe’l mayllari deyiladi C) fe’l zamonlari deyiladi D) fe’lning vazifa shakllari deyiladi

17. -ar qo’shimchasi orqali qaysi zamon ma’nosi ifodalanishi mumkin?

A) o’tgan zamon B) kelasi zamon C) hozirgi zamon D) o’tgan va kelasi zamon

18. Fe’ldan anglashilgan ish-harakatning tinglovchiga tegishli ekanligini bildiruvchi qo’shimcha qo’llangan qatorni toping.

A) Men ham o’zimni kulgidan to’xtata olmadim. B) Atirgul shunday chiroyli ediki, Oqiljon qarab to’ymasdi. C) Yer haydasang, kuz hayda. D) Tez-tez kitob o’qib turilsa, fikr ravshanlashadi.

19. Harakatning holatini ifodlagan ravish qaysi qatorda qo’llangan?

A) Qayerda ahillik bo’lsa, o’sha yerga qayg’u yaqin kelolmas. B) Tez-tez kitob o’qib turilsa, fikr ravshanlashadi. C) Yurtimizni obod qilish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. D) B, C

20. Uyushiq bo’laklarni bog’lash uchun qo’llangan bog’lovchini toping.

A) Qaynoq va sho’x kuylarga, joydir guzal vatanim. B) Keyin Salima va oyisi mezbonlar bilan xayrlashib uylariga qaytishdi. C) Barcha javoblar to’g’ri. D) Pochcham va ammam bu gul, bu hayvonlarning har bittasini nuridiydalariday parvarish qildilar.

21. Qaysi qatorda ko’makchi otni sifatga bog’lab kelgan?

A) Ona kabi mehribon. B) Halimdan katta. C) Shahar tomon ketdi. D) Do’stlar bilan suhbat.

22. Qaysi qatordagi nuqtalar o’rniga ko’makchi qo’llab bo’lmaydi?

A) Mustaqillik … gaplashdik. B) Oynai jahon … eshitdik. C) Onam … salom berdim. D) Maktab … jo’nadim.

23. Ko’makchilar haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri?

A) otlarni felga bog’lab keladi B) otlarni sifatga bog’lab keladi C) otlarni ravishga bog’lab keladi D) otlarni olmoshga bog’lab keladi

24. Chiziqcha bilan ajratib yoziladigan yuklamalar qatorini toping.

A) -chi, -u(-yu), -a(-ya) B) -mi, -oq(yoq), -chi C) -a(-ya), -u(-yu), -oq(-yoq) D) A, B, C

25. Qaysi qatorda qo’shma fe’l berilmagan?

A) sotib olmoq B) borib kelmoq C) yozib olmoq D) olib chiqmoq

26. Qaysi qatordagi qo’shma so’zda imloviy xato mavjud?

A) umrboqiy B) olijanob C) toshbag’ir D) bir yo’la

27. Qaysi qatorda qo’shma so’z berilmagan?

A) erksevar B) har yon C) olib kelmoq D) o’qib chiqmoq

28. Qaysi qatorda juft so’z berilmagan?

A) oz-moz B) mo’l-ko’l C) osh-non D) barchasi to’g’ri

29. Qaysi qatordagi so’zdan juft so’z hosil qilish mumkin?

A) bozor B) sof C) gul D) umum

30. Qaysi qatordagi qo’shma so’z xato yozilgan?

A) xushovoz B) bir pas C) bayon et D) bir yo’la

2-DARS. FONETIKA. GRAFIKA. LEKSIKOLOGIYA. (118-198-betlar)

Reja:

1. Fonetika. Grafika.



2. Leksikologiya.
Fonetika. Grafika

1. Og’zaki nutqning tovush tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi…

A) grafik B) orfoepiya C) fonetika D) orfografiya

2. Tovushlar o’pkadan chiqayotgan havoning og’iz bo’shligida to’siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

A) unli va undosh tovushlar B) jarangli va jarangsiz tovushlar C) til va lab tovushlari D) portlovchi va sirg’aluvchi tovushlar

3. Qaysi qatordagi so’zlarda a unlisi o kabi talaffuz qilinadi?

A) komandir, avtomat B) savob, zamon C) baho, qayg’u D) kombayn, kovak

4. Nutq a’zolari keltirilgan javobni toping.

A) o’pka, tish, tog’ay B) un paychalari, lablar, og’iz bo’shlig’i C) barcha javoblar to’g’ri D) bo’g’iz bo’shlig’i, til, burun bo’shlig’i

5. Qaysi qatordagi so’zda lab tovushi mavjud emas?

A) vatan B) ilm C) bob D) istak

6. Tarkibida lab-tish undoshi mavjud bo’lgan yasama so’zni toping.

A) va’da B) foydali C) baxtli D) maftun

7. Bilim baxt keltirar. Ushbu gap tarkibida nechta til tovushi mavjud?

A) 8 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 9 ta

8. Qaysi qatordagi so’z tarkibida til o’rta undoshi mavjud?

A) imkon B) ko’ngil C) buyuk D) afsungar

9. Xayrli ishning kechi yo’q. Ushbu gap tarkibida nechta til oldi undoshi mavjud?

A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 7 ta

10. Tarkibida burun undoshi mavjud bo’lgan so’zni toping.

A) dengiz B) shamol C) qudratli D) A, B

11. Qaysi qatorda bo’g’iz undoshi xato qo’llangan?

A) hasad B) mahnatkash C) hokkey D) hovuz

12. Qaysi qatordagi so’zlar alifbo tartibida berilgan?

A) daraxt, ilhom, firoq B) elak, tarmoq, jurnal C) qudrat, ulug’, parcha D) foyda, osmon, zilol

13. Buloq, qishloq so’zlariga qanday qo’shimcha qo’shilganda. o’zak-negiz tarkibidagi jarangsiz undosh jarangli undoshga aylanadi?

A) jo’nalish kelishigi B) qarashlilik qo’shimchasi C) egalik qo’shimchasi D) chiqish kelishigi

14. Qaysi qatordagi so’zlarda ng harf birikmasi ishtirok etmagan?

A) dangasa, tanga B) kongress, shtanga C) ingramoq, kenglik D) yangi, yengil

15. Qo’shimcha qo’shilishi natijasida o’zgarishga uchragan so’zlar qatorini toping.

A) sana, dumaloq B) o’roq, qaynoq C) angla, sayla D) bo’yoq, tuproq

16. Qator unlilar ishtirok etgan so’zni toping.

A) taassuf B) mudofaa C) muattar D) A, B, C

17. Qaysi qatordagi so’zda o’ tovushi kengroq talaffuz qilinadi?

A) jo’ra B) mo’tabar C) ro’mol D) ko’l

18. Tabiat qanday go’zal. Ushbu gap tarkibida jarangsiz juftiga ega bo’lgan nechta jarangli undosh mavjud?

A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta

19. Qaysi qatorda g’ tovushining jarangsiz jufti qo’llangan?

A) paxta B) sanoq C) ko’ngil D) g’ tovushining jarangsiz jufti mavjud emas

20. Qaysi tovush bilan tugagan so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’shilganda o’zak va qo’shimcha qanday aytilishidan qat’i nazar o’zgarmaydi?

A) k B) g’ C) q D) B, C

21. Buloq, qishloq so’zlariga qanday qo’shimcha qo’shilganda. o’zak-negiz tarkibidagi jarangsiz undosh jarangli undoshga aylanadi?

A) jo’nalish kelishigi B) qarashlilik qo’shimchasi C) egalik qo’shimchasi D) chiqish kelishigi

22. Qaysi qatordagi so’z tarkibida til oldi, portlovchi, jarangli tovush mavjud?

A) jirafa B) maktub C) jo’ja D) zolim

23. Qaysi so’z tarkibida 3 ta til oldi undoshi mavjud?

A) kongress B) singil C) shtanga D) sening

24. Tarkibida ham qo’sh undosh, ham qator undosh mavjud so’zni toping.

A) minnatdor B) kongress C) milliard D) B, C

25. Qaysi qatorda tutuq belgisi unlini cho’ziqroq aytilishini ifodalagan?

A) san’at B) shu’la C) mo’jiza D) qat’iy

26. Qaysi gap tarkibida qator undosh mavjud?

A) Kapalak xursand bo’ldi, sevinib qanot qoqdi. B) Odamning ko’ngli nozik. C) Ravon nutq – insonning ko’rki, fazilati. D) A, C
Leksikologiya

1. Atash ma’nosiga ega bo’lgan so’zlarga ishora qiluvchi so’z turkumini ko’rsating.

A) olmosh B) ko’makchi C) ravish D) yuklama

2. Qaysi qatordagi belgi bildiruvchi so’z ko’chma ma’noda qo’llangan?

A) gapni ulamoq B) sovuq shamol C) chuqur tekshirmoq D) istiqbol yo’li

3. Qaysi qatorda shakldosh so’zlar qatnashgan gaplar juftligi berilgan?

A) Shoir boshini birdan ko’tardi. - Ochilgan paxtani bir boshidan tering. B) Maktabda “o’tkir zehnlilar” musobaqasi bo’lib o’tdi. - O’tkir boltasi bo’lsa-yu, shart bir daraxtni kesib yelkasiga olib jo’nasa. C) Hech bo’lmagandan ko’ra kech bo’lgani yaxshi. - Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. D) O’zbekistonning Davlat tili - o’zbek tilidir. - Razvedkachilarga “til” tutib kelish topshirilgan edi.

4. So’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi…

A) ko’chma ma’no B) o’z ma’no C) lug’aviy ma’no D) grammatik ma’no

5. Go’za so’zi uyasiga birlashadigan so’zlarni aniqlang.

A) tola, moy, un B) paxta, gazmol, sovun C) kunjara, chigit, jun D) moy, ip, qorako’l terisi

6. So’z qo’llash bilan bog’liq xato mavjud gapni toping.

A) Mashina dovon tepasiga ko’tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi. B) Mirzakarimboyni Toshkentning to’rt dahasi biladi. C) Ot afzalin shayladi, o’q-anjomin boyladi. C) O’zbek xalqi ichidan o’nlab daholar yetishib chiqqan.

7. Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so’zlar…

A) ma’nodosh so’zlar B) paronimlar C) ko’p ma’noli so’zlar D) shakldosh so’zlar

8. So’zlamoq so’zining ma’nodoshlari berilgan qatorni toping.

A) gapirmoq, baqirmoq, vaysamoq B) to’ng’illamoq, bo’kirmoq, shivirlamoq C) ming’ilamoq, ingramoq, javramoq D) A, B

9. Qaysi qatorda ma’nodosh so’zlar qatori to’g’ri berilgan?

A) sovg’a, hadya, tortiq, armug’on B) tanqis, kamchil, maxfiy C) jinoyat, pinhon, gunoh D) bahs, tortishuv, zafar

10. Zid ma’noli so’zlar xato berilgan javobni toping.

A) urish – tinchlik B) yolg’onchi – rostgo’y C) kelmoq – ketmoq D) ilgari – hosir

11. Arxaik so’z berilgtan qatorni toping.

A) yuzboshi B) handasa C) rayon D) B, C

12. Ahd qilmoq, kirishmoq ma’nolarida qo’llanuvchi iborani toping.

A) yetti o’lchab, bir kesmoq B) belni bog’lamoq C) oyog’ini qo’liga olib kelmoq D) tilining uchida turmoq

13. Qaysi qatorda tasviriy ifoda noto’g’ri qo’llangan?

A) o’rmon podshosi – sher B) mo’yqalam sohibi – rassom C) hayotimiz qomusi – bayroq D) salomatlik posbonlari – shifokorlar

14. Qaysi qatordagi gapda tasviriy ifodalar berilmagan?

A) Dalalarga baraka urug’i ekib bo’lindi. B) Yurtimizga uzoq o’lkalardan qanotli do’stlarimiz uchib kela boshladi. C) Bilim insonni ko’kka ko’tarsa, jaholat uning qadrini yerga uradi. D) O’zbekiston qora oltini bilan ham dunyoga mashhur bo’lmoqda.

15. Umumxalq tilidagi so’zlardan ma’nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilingan atamani ko’rsating.

A) manfiy B) ildiz C) tenglama D) ra’noguldoshlar

16. Xorazm shevasida mavjud qarindja so’zining adabiy tildagi muqobilini toping.

A) qaldirg’och B) chumoli C) tuxum D) o’rik

17. Tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarni bildirishini o’rganuvchi lug’at…



A) izohli lug’at B) tarjima lug’ati C) imlo lug’ati D) A, B, C
Javoblar:

Kirish 1-C 2-D 3-A

Takrorlash 1 -D 2-B 3 -D 4-D 5-C 6-D

Sintaksis va punktuatsiya 1-A 2-B 3-D 4-D 5-A 6-C 7-C 8-A 9-D 10-A 11-B 12-A 13-B 14-D 15-C 16-C 17-C 18-C 19-B 20-C 21-B 22-A 23-C 24-A 25-A 26-C 27-B 28-A 29-B 30-D 31-A 32-C

Morfologiya 1-B 2-C 3-D 4-B 5-C 6-B 7-C 8-D 9-A 10-C 11-C 12-A 13-C 14-A 15-B 16-C 17-B 18-C 19-D 20-C 21-A 22-C 23-D 24-A 25-C 26-D 27-D 28-A 29-A 30-B

Fonetika. Grafika 1-C 2-A 3-B 4-C 5-D 6-B 7-A 8-C 9-A 10-D 11-C 12-D 13-C 14-B 15-A 16-C 17-C 18-A 19-B 20-B 21-C 22-C 23-C 24-D 25-B 26-D

Leksikologiya 1-A 2-C 3-C 4-B 5-B 6-C 7-A 8-D 9-A 10-A 11-B 12-C 13-C 14-C 15-B 16-B 17-A
Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling