Mahsulot tannarxini aniqlashda amortizatsiya xarajatlari hisobi I. Kirish II. Asosiy qism


Download 388.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana09.05.2023
Hajmi388.39 Kb.
#1449718
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MAHSULOT TANNARXINI ANIQLASHDA AMORTIZATSIYA XARAJATLARI HISOBI




MAHSULOT TANNARXINI ANIQLASHDA AMORTIZATSIYA 
XARAJATLARI HISOBI 
 
 
I.Kirish 
II.Asosiy qism 
2.Asosiy vositalarga eskirish hisoblash to‟g‟riligini tеkshirish 
3.Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash, hisobdan chiqarish va 
tugatilishini tеkshirish 
III.Xulosa 
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 



K I R I SH 
 
Kurs 
ishi 
mavzusining 
dolzarbligi. 
So‟nggi 
yillarda 
mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda buxgalteriya 
hisobi va hisobotini mustaqil fan sifatida hamda amaliyotda korxonalar, 
tashkilotlar, kompaniyalarda boshqaruvning muhim bo‟g‟ini sifatida 
xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish o‟ta muhim vazifalar sirasiga 
kiradi. 
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‟lgani kabi buxgalteriya 
hisobi borasida ham ulkan o‟zgarishlar sodir bo‟lmoqda. Ayniqsa, 
O‟zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga 
o‟tkazish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Xususan, O‟zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning PQ-4611 24.02.2020 
“Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o‟tish bo‟yicha 
qo‟shimcha chora-tadbirlari to‟g‟risida” gi qarorni misol qilib 
keltirishimiz mumkin. Bu qarorni qabul qilishining asosiy maqsadi biznes 
tili hisoblangan korxona va tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini 
xalqaro standartlarda yuritish va shu orqali mamlakatimizga xorijiy 
investorlarni jalb qilishdan iboratdir. 
Shuningdek, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta‟kidlaganidek, 
“Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan xalqaro 
xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‟ylangan 
tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan 
xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish” bu 
mamlakatimizda xo‟jalik yurituvchi subyektlar jumladan yirik soliq 
to‟lovchilar sug‟urta, lizing kompaniyalari, banklar, aksionerlik 
jamiyatlaria bo‟lgan e‟tiborning yanada oshirishiga olib keladi. Buning 
natijasida bu tashkilotlarda buxgalteriya hisobiga bo‟lgan ehtiyojning qay 
darajada yuqori ekanligini bilishimiz mumkin. Ya‟ni bu biz xorijiy 



investorlarni yuqorida sanab o‟tilgan tashkilotlarga jalb qilish uchun ular 
bizning korxonamizni tushunadigan biznes tili hisoblangan moliyaviy 
hisobotlarimizni xalqaro standartlarda tuzishimizni talab etadi. 
Yuqoridagi keltirilgan ma‟lumotlardan ko‟rinib turibdiki, so‟nggi 
yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar negizida buxgalteriya 
hisobiga ham bo‟lgan talab va e‟tiborning oshib borayotganini ko‟rishimiz 
mumkin. Shundan kelib chiqib, xo‟jalik yurituvchi subyektlar ham o;z 
faoliyatini kengaytirish, daromadlarini oshirish uchun ular ham turli xil 
islohotlarni amalga oshimoqdalar. Shu o‟rinda korxonalar, tashkilotlar va 
kompaniyalar uchun buxgalteriya hisobining ham qanchalik muhim 
ahamiyatga ega ekanligini ko‟rishimiz mumkin bo‟ladi. Shu men 
yoritayotgan mavzu, ya‟ni, mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq 
to‟lash xarajatlari hisobi ham shu korxonalar uchun dolzarb masalalardan 
hisoblanadi. 
Ya‟ni 
xojalik 
yurituvchi 
subyektlar 
faoliyatida 
mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni tannarxini hisoblashga doir bevosita va 
bilvosita xarajatlarni aniqlash, xarajatlarning miqdorini kamaytirish, 
mahsulot tannarxini kamaytirish usullarini tahlil qilish, shu jumladan
mahsulot tannarxini hisoblashda mehnatga haq to‟lash xarajatlarini hisobga 
olishni to‟g‟ri tashkil etish juda muhimdir. Biz mahsulot(ishlar, 
xizmatlar)ning tannarxini qanchalik aniq va mukammal hisobga olsak, 
uning tannarxini kamaytirish yo‟llarini topsak, bu xo‟jalik yurituvchi 
subyektlarmizning 
kelajakda 
faoliyatining 
kengayishiga 
va 
daromadlarining 
oshishiga 
olib 
keladi. 
Buning 
natijasida 
iqtisodiyotimizning o‟sishiga va xalqimiz turmush darajasining o‟sishiga 
zamin yaratiladi. Shuning uchun, mahsulot tannarxini hisoblashda 
mehnatga haq to‟lash xarajatlar hisobi mavzusini o‟rganish dolzarb 
mavzulardan biri ekanligini ko‟rishimiz mumkin. 

Download 388.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling