Mahsulot tannarxini aniqlashda amortizatsiya xarajatlari hisobi I. Kirish II. Asosiy qism
yana biri ijtimoiy soliq hisoblanadi
Download 388.39 Kb. Pdf ko'rish
|
MAHSULOT TANNARXINI ANIQLASHDA AMORTIZATSIYA XARAJATLARI HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi boshqa xarajatlar.
yana biri ijtimoiy soliq hisoblanadi. Bu soliqni har bir xo‟jalik yurituvchi
subyektlar to‟lashga majbur hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy soliq stavkasi 12% ni tashkil etadi. Ijtimoiy soliq uchun soliq bazasi bo‟lib shu xo‟jalik yurituvchi subyektlardagi mavjud bo‟lgan ish haqi fondiga nisbatan hisoblab to‟lov amalga oshiriladi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi boshqa xarajatlar. Bu xarajatlarga korxona mulkini majburiy sug‟urta qilish, belgilangan tartibdagi safar xarajatlari, kadrlar tayyorlash bo‟yicha xarajatlar, aloqa xizmatlari uchun to‟lovlar, brak tufayli kelib chiqadigan yo‟qotishlar, yong‟indan saqlash va qo‟riqlash xarajatlari, ijara xarajatlari va boshqa barcha ishlab chiqarish bilan bog‟liq bo‟lgan xarajatlar. 9 Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o‟z faoliyati natijalaridan ko‟proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o‟zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf- xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog‟liq bo‟lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf- xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‟liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma‟lum sarf xarajatlar talab etiladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste‟molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materillar, yonilgi va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‟urtaga ajratmalar, foiz to‟lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‟lib o‟rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (1- chizma). 10 1-chizma. Xarajatlarning namoyon bo‟lish sohasiga ko‟ra turkumlanishi. 1 Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom ashyo va material sarflari, amortizasiya va h.k) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‟liq bo‟lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste‟molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo‟linadi: qo‟shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o‟rash, chizmada korxonada mahsulot ishlab chiqarish hamda muomala xarajatlari va ularning tarkibini ko‟rishimiz mumkin. Demak bunda ishlab chiqarish xarajatlariga yuqorida ta‟kidlaganimizdek xom ashyo materiallari, yoqilgi va moylash xarajatlari, ish haqi xarajatlari, amortizasiya xarajatlari, amortizasiya hamda boshqa xarajatlar kiritilgan. Muomala xarajatlari davr xarajatlari ham deb ataladi. Sof muomala 1 Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti talabasi Tog‟ayev Bning ” Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili” nomli mavzusidagi bitiruv malakaviy ishidan olingan ma‟lumot 11 xarajatlari (sotuvchi maoshi va boshqalar), marketing (iste‟molchilik talabini o‟rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo‟ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi. Biz yuqoridagi ma‟lumotlarni keltirish orqali mahsulot tannarxini hisoblashning mazmun-mohiyati yoritishga harakat qildik, endi shu rejaning davomi hisoblangan mahsulot tannarxini hisoblashning ahamiyati haqida ma‟lumotlar keltirsak. Yuqoridagi ma‟lumotlardan ko‟rinib turibdiki mahsulot tannarxini hisoblash har bir xo‟jalik yurituvchi subyektlar faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Uning ahamiyati shundan iboratki, har bir korxona va tashkilotlar oliy maqsadi albatta foyda olish va shu orqali o‟z faoliyatini kengaytirib borishdir. Har bir korxona va tashkilotlar ma‟lum bir faoliyat bilan shug‟ullanadi va o‟sha faoliyatda mahsulot(ishlar, xizmatlar) yaratadi. Korxona va tashkilotlar uchun mahsulot tannarxini hisoblashning ahamiyati shu mahsulot tannarxini kamaytirish yo‟llarini tahlil qilish, uni amalga oshirish va foyda olishni ko‟paytirishdir. Endi shu rejaning vazifalariga to‟xtaladigan bo‟lsak, bu vazifalar shu xo‟jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini aniqlash uchun qilinadigan ishlarni doimo o‟z vaqtida amalga oshirish va uning ustidan doimo nazorat qilib borishdir. Download 388.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling