Mahsulot tannarxini aniqlashda amortizatsiya xarajatlari hisobi I. Kirish II. Asosiy qism


yana biri ijtimoiy soliq hisoblanadi


Download 388.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana09.05.2023
Hajmi388.39 Kb.
#1449718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MAHSULOT TANNARXINI ANIQLASHDA AMORTIZATSIYA XARAJATLARI HISOBI

yana biri ijtimoiy soliq hisoblanadi. Bu soliqni har bir xo‟jalik yurituvchi 
subyektlar to‟lashga majbur hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy soliq 
stavkasi 12% ni tashkil etadi. Ijtimoiy soliq uchun soliq bazasi bo‟lib shu 
xo‟jalik yurituvchi subyektlardagi mavjud bo‟lgan ish haqi fondiga 
nisbatan hisoblab to‟lov amalga oshiriladi. 
Mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
tannarxiga 
kiruvchi 
boshqa 
xarajatlar. Bu xarajatlarga korxona mulkini majburiy sug‟urta qilish, 
belgilangan tartibdagi safar xarajatlari, kadrlar tayyorlash bo‟yicha 
xarajatlar, aloqa xizmatlari uchun to‟lovlar, brak tufayli kelib chiqadigan 
yo‟qotishlar, yong‟indan saqlash va qo‟riqlash xarajatlari, ijara xarajatlari 
va boshqa barcha ishlab chiqarish bilan bog‟liq bo‟lgan xarajatlar. 



Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o‟z 
faoliyati natijalaridan ko‟proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday 
korxona nafaqat o‟zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki 
mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf- xarajatlarni 
kamaytirishga ham intiladi. 
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog‟liq 
bo‟lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf- 
xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish 
jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‟liq. Lekin har 
qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma‟lum sarf xarajatlar 
talab etiladi. 
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish va iste‟molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar 
tushuniladi. 
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va 
yordamchi materillar, yonilgi va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy 
kapital amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‟urtaga ajratmalar, foiz 
to‟lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha 
sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab 
chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‟lib o‟rganish mumkin: bevosita ishlab 
chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (1- chizma).


10 
1-chizma. Xarajatlarning namoyon bo‟lish sohasiga ko‟ra 
turkumlanishi.
1
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita 
ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom ashyo va 
material sarflari, amortizasiya va h.k) tushuniladi. Tovar birligining 
qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam. 
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‟liq 
bo‟lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste‟molchiga 
yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo‟linadi: 
qo‟shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni 
o‟rash, chizmada korxonada mahsulot ishlab chiqarish hamda muomala 
xarajatlari va ularning tarkibini ko‟rishimiz mumkin. Demak bunda ishlab 
chiqarish 
xarajatlariga 
yuqorida 
ta‟kidlaganimizdek xom ashyo 
materiallari, yoqilgi va moylash xarajatlari, ish haqi xarajatlari, 
amortizasiya xarajatlari, amortizasiya hamda boshqa xarajatlar kiritilgan. 
Muomala xarajatlari davr xarajatlari ham deb ataladi. Sof muomala 
1
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti talabasi Tog‟ayev Bning ” Sanoat korxonalarida 
mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili” nomli mavzusidagi bitiruv malakaviy ishidan olingan ma‟lumot


11 
xarajatlari (sotuvchi maoshi va boshqalar), marketing (iste‟molchilik 
talabini o‟rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo‟ladi. Sof 
muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish 
jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan 
qoplanadi. 
Biz yuqoridagi ma‟lumotlarni keltirish orqali mahsulot tannarxini 
hisoblashning mazmun-mohiyati yoritishga harakat qildik, endi shu 
rejaning davomi hisoblangan mahsulot tannarxini hisoblashning ahamiyati 
haqida ma‟lumotlar keltirsak. Yuqoridagi ma‟lumotlardan ko‟rinib 
turibdiki mahsulot tannarxini hisoblash har bir xo‟jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Uning ahamiyati shundan 
iboratki, har bir korxona va tashkilotlar oliy maqsadi albatta foyda olish va 
shu orqali o‟z faoliyatini kengaytirib borishdir. Har bir korxona va 
tashkilotlar ma‟lum bir faoliyat bilan shug‟ullanadi va o‟sha faoliyatda 
mahsulot(ishlar, xizmatlar) yaratadi. Korxona va tashkilotlar uchun 
mahsulot tannarxini hisoblashning ahamiyati shu mahsulot tannarxini 
kamaytirish yo‟llarini tahlil qilish, uni amalga oshirish va foyda olishni 
ko‟paytirishdir. Endi shu rejaning vazifalariga to‟xtaladigan bo‟lsak, bu 
vazifalar shu xo‟jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning tannarxini aniqlash uchun qilinadigan ishlarni doimo o‟z 
vaqtida amalga oshirish va uning ustidan doimo nazorat qilib borishdir. 

Download 388.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling