Mahsulot tannarxini aniqlashda amortizatsiya xarajatlari hisobi I. Kirish II. Asosiy qism
Download 388.39 Kb. Pdf ko'rish
|
MAHSULOT TANNARXINI ANIQLASHDA AMORTIZATSIYA XARAJATLARI HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot tannarxi
6 1. Mahsulot tannarxini hisoblashning mazmun-mohiyati, ahamiyati va vazifalari Mahsulot tannarxini hisoblashning mazmun-mohiyati, ahamiyati va vazifalari haqida gapiradigan bo‟lsak, birinchi navbatda albatta biz mahsulot tannarxini hisoblashning mazmun-mohiyati haqida ma‟lumotlar keltirsak va undan keyin uning ahamiyati va vazifalari haqida ma‟lumotlar keltirsak. Mahsulot tannarxi - shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan barcha bevosita va bilvosita xarajatlarning qiymat ifodasidir. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxi - mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yoqilg‟i, energiya, asosiy vositalar, mehnat resurslari, va boshqa xarajatlarning qiymat bahosi. Korxonalar va tashkilotlar uchun mahsulot tannarxini hisoblash juda muhim hisoblanadi. Chunki tannarxni hisoblamasdan turib mahsulot narxini aniqlab bo‟lmaydi va tavakkal narx qo‟yib sotish esa korxona xarajatlarini ham qoplay olmasligi mumkin va bundan tashqari mahsulotni raqobatlashgan bozorda sotilmay qolishi ham mumkin. Bu esa o‟z navbatida korxonalarning tugatilib ketishiga sabab bo‟lishi mumkin. Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko‟rsatkichlari – ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish omillari, mahsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o‟z aksini topadi. Mahsulot tannarxini hisoblashdan ko‟zda tutilgan asosiy maqsad – uni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlarni tegishli hujjatlarda o‟z vaqtida, to‟liq va ishonchli aks ettirish hamda moddiy, mehnat va 7 moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o‟rnatishdir. Hozirgi kunda korxona va tashkilotlarda mahsulot tannarxini aniqlashda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5- fevraldagi mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‟g‟risida NIZOMga muvofiq amalga oshiriladi. Shu nizomga muvofiq, mahsulot tannarxi tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlar korxona mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashib mahsulot tannarxini shakllantiradi: Moddiy xarajatlar; Mehnatga haq to‟lash xarajatlari; Ijtimoiy soliqga ajratmalar; Amortizasiya xarajatlari; Boshqa xarajatlar. Download 388.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling