Mahsulot tarkibidagi kislotalilikni aniqlash reja: Meva sabzavotlarning kislotaliligini aniqlash Umumiy kislotalilikni aniqlash
Download 185.98 Kb. Pdf ko'rish
|
6-MA\'RUZA OOMSAXM.(1)
6-MA’RUZA. MAHSULOT TARKIBIDAGI KISLOTALILIKNI ANIQLASH Reja: 1.Meva sabzavotlarning kislotaliligini aniqlash 2.Umumiy kislotalilikni aniqlash 3.Konservalarning umumiy kislotalilik ko‘rsatkichlari Ishning maqsadi: meva va sabzavotlardagi, konservalangan mahsulotlardagi kislotalilikni turli xil usulda aniqlashdan iborat. NAZARIY QISM Ko’pgina meva-sabzavotlarning mazasi ularning tarkibiga kiruvchi organik kislotalarga bog’liq. Kislotalilik mahsulotning tabiatiga yoki meva-sabzavotni saqlash va qayta ishlash jarayonlariga bog’liq bo’ladi. Mevalar tarkibiga olma, limon va musallas kislotalari kiradi. Karamtuzlangan dasutkislota, meva, sabzavot shiralari yoki musallas achiganda sirka kislota hosil bo’ladi. Mahsulotning kislotaliligiga qarab, uning yangi ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Ko’pgina hollarda mahsulot kislotaliligiuning sifat ko’rsatkichi bo’ladi. Umumiy (titrlanadigan) kislotalilik hajmiy analiz usulida aniqlanadi. Mahsulotning olingan miqdoridagi umumiy kislotalilik uning hamma kislotalarini neytrallash uchun ketgan ishqor miqdoriga baravar bo’ladi. Ishqorning titrlashda sarf bo’lgan miqdori mahsulotda giizlanayotgan kislota uchun hisobqilinadi. Uzum uchun musallas kislotasiga danakli va urug’li mevalarda olma kislotasiga hisobqilinadi. Bunday hisobni kislotaning kimyoviy formulasi va ekvivalentini bilgan holda qilish osondir. Olma kislotasining molekulyar og’irligi SN 2 - SOON 134 : 2 = 67 SNON-SOON = 134 ikki asosli kislota sifatida uning ekvivalenti Musallas kislotasining molekulyar og’irligi SNON-SOON SNON-SOON = 150 ekvivalenti 150 : 2 = 75 Limon kislotasining molekulyar og’irligi SN 2 -SOON ON S - SOON = 192 ekvivalenta SN 2 – SOON 194 : 3 = 64 Bir asosli kislotalar (sut va sirka) molekulyar og’irligi ularning ekvivalentiga teng. Sut kislotasiniki SN 3 SNON SOON = 90. Sirka kislotasiniki SN 3 SOON = 60 0,1 n o’yuvchi ishqorning titri u yoki bu kislotaning ekvivalent miqdorini ifodalaydi. Meva-sabzavotlar tarkibidagi ayrim organik (chumoli sirka) va boshqa kislotalar uchuvchan kislotalar bo’lib, ular suv bug’i yordamida haydaladi, Ularni miqdorini aniqlash uchuvchanlik xossasiga asoslangan. Mahsulotlardagi aktiv kislotalilik deganda, 1 l eritmada vodorod (N) ionining kontsentratsiyasini kislotaning dissotsiyalanish darajasiga bog’liq tushuniladi. Umumiy kislotalilik (titrlash yo’li bilan aniqlanadigan) va aktiv kislotalilik (vodorod ionlari kontsentratsiyasini ifodalaydigan) boshqa - boshqa qiymatlardir. Meva sabzavotlardagi aktiv kislotalilikni aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Hamma fermentativ jarayonlar: mahsulotlar saqlanishdagi parchalanish jarayonlari, antiseptik moddalar bilan konservalash va nihoyat mahsulotning nordon mazasi vodorod ionlari kontsentratsiyasiga bog’liqdir. Vodorod ionlarining kontsentratsiyasi mahsulotlarda juda kam, u o’nli logarifm bilan ifodalanadi va rN = - log 10 (N') = 1og 1/(H) Neytral eritmalar uchun rN = 7 ga teng. Kislotali muhitda vodorod ionlarining soni katta, shuning uchun ulardan rN > 7 kichik, ishqoriy muhitda esa aksincha, rN < 7. Download 185.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling