Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash
Sertifikatsiyalashtirilgan mahsulotni inspeksiya nazorati
Download 4.82 Kb. Pdf ko'rish
|
masulotlarsifatinianiklasvasertifikatlas (1)
9.5. Sertifikatsiyalashtirilgan mahsulotni inspeksiya nazorati
Inspeksiya nazorati mahsulotni sertifikatsiyalashtirishdan o„tkazish- da belgilangan me‟yoriy hujjatlarga bogiiqligini tekshirib boradi. Sertifikatsiyalanayotgan mahsulotni inspeksiya nazoratining ketma- ketligi va davomiyligi qabul qilingan sertifikatsiyalashtirish sxemalarida keltirilgan. Muvofiqlik sertifikatini berishgacha sertifikatsiyalashtirish bo„yicha idoraning xulosasiga muvofiq inspeksiya nazoratini oikazish uchun talabgor bilan shartnoma qilinadi. Bu shartnomadaish turlari, o„tkazish muddati va inspeksiyanazorati bo„yicha ishga haq toiash sharti belgilanadi. Inspeksiya nazorati obyektlariga quyidagilar kiradi: - mahsulotga me‟yoriy hujjatlar, sinov uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasi; - sertifikatsiyalanayotgan mahsulot; - ishlab chiqarish yoki sifat tizim; - korxona-tayyorlovchilar va savdo tashkilotlarida sertifikatsiya- lanayotgan mahsulot sharoiti va saqlanish muddati; - taxlash, transportlash; - kuzatishhujjatlari; - muvofiqlik belgisiga tamg„a qo„yish. Inspeksiya nazorati tasdiqlangan dasturga muvofiq oikaziladi, ba‟zida komissiya mahsulot ishlab chiqarish sifatiga bogiiq ravishda obyektlar va jarayonlar dastunda xabardor qilmasdan tekshirish mumkin. 199 Ishlab chiqarishni tekshirishda komissiya qoniqarsiz natijalarga ega boisa, unda bayonnomalar ko„rinishidagi rasmiylashtirishda korxonani chetlashtiradi. Bog„liqsizlikning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: - sertifikatsiyalashtirish davrida me‟yoriy hujjatlaming talablari buzilganda; - mahsulot yoki sinov uslublariga me‟yoriy hujjatlaming o„zgarishi; - mahsulotning tarkibi yoki komplektligi o„zgarsa; - ishlab chiqarish texnologiyasi o„zgarsa; - texnologiyaga nazorat va sinov uslublariga rioya qilinmasa. Inspeksiya nazorati mahsulot yoki ishlab chiqarishdagi belgilangan talablarga bogiiq yoki bog„liq bo„lmaganligini obyektiv jihatdan asoslashni belgilasatugallangan deb hisoblanadi. Bogliqligi haqidagi qoniqarli xulosaga ega boigan akt asosida sertifikatsiyalashtirish bo„yicha idora muvofiqlik belgisini qollashga muvofiqlik sertifikati va litsenziya shartnomasini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi. Inspeksiya nazorati natijalari bo„yicha muvofiqlik sertifikatining ishlashi va muvofiqlik belgisining qollanilishini to„xtatib qo„yishi yoki bekor qilishi mumkin. To„xtatib qo„yish haqidagi qarorlar tuzatuvchi korxona sertifi- katsiyalashtirish bo„yicha idora bilan kelishgan holda amalga oshiradi. Bunda talabgor o„z mahsulotini me‟yoriy hujjatlarga bogiiqlikda ak- kreditlangan sinov laboratoriyasida qaytadan sinov ishlarini o„t- kazmaslikni bartaraf etishi yoki tasdiqlashi mumkin. Agar buni amalga oshirish mumkin boimasa, unda sertifikatning ta‟siri va muvofiqlik belgisining ishlatilish huquqi bekor qilinadi. Shu davrdan boshlab bu bekor qilinish 0„z NSS reystrida qayd etiladi va kuchga kiradi. Bekor qilish haqidagi qaror muvofiqlik sertifikatiga ega boigan korxonaga yuboriladi. Bu korxona sertifikatsiyalashtirish bo'yicha idorasiga muvofiqlik sertifikatiga bogiiq boigan barcha hujjatlaming nusxasini yuborishi kerak. Mahsulotga berilgan sertifikatning bekor qilinishidan keyin, savdo nuqtalariga mahsulotni tarqatish yoki sotish bekor qilinadi. Sertifikatsiyalashtirish bo„yicha idoraning bekor qilish haqidagi qarorini 0„zbekiston standartlashtirish agentligi, bojxona idoralariga va ommaviy vosita ma‟lumotlariga jo„natadi. 200 Inspeksiya nazoratining bergan xulosasi talabgomi qoniqtirmasa, unda sertifikatsiyalashtirish bo„yicha idoraning appelyatsiya komis- siyasiga berishi yoki 0„zbekiston standartlashtirish agentligiga murojaat qilishi mumkin. Korxona muvofiqlik sertifikatiga ega bo„lsa, unda ta‟minlovchi ishlab chiqarayotgan mahsulotiga muvofiqlik belgisini qo„yadi va o„z vaqtida qaytadan muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatning ta‟sir muddatini kuzalib boradi. Download 4.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling