Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash
Iflos aralashmalarning massaviy ulushini qoida ajratish usuli bilan
Download 4.82 Kb. Pdf ko'rish
|
masulotlarsifatinianiklasvasertifikatlas (1)
Iflos aralashmalarning massaviy ulushini qoida ajratish usuli bilan
aniqlash Ushbu usul LKM va 2L-12 qurilmalarini ishlashini tekshirish uchun qoilaniladi. 56 Iflos aralashmalaming massaviy ulushini qoida tahlil qilib aniqlashda ham o„sha usulda birlashtirilgan namunadan massasi taxminan 250 g o„rtacha namima tanlab olinadi va sinash uchun undan massasi 100 g dan ikkita namuna o„lchab olinadi. Agarda tahlil o„tkazilayotganda begona jismlar ya‟ni: toshlar, sim boiaklari, mixlar, kanop qiyqimlari va shunga o„xshashlar uchrab qolsa ular alohida oichanadi. Olingan massani birlamchi namuna massasidan olib tashlanadi qolgan massa esa 100% deb qabul qilinadi. Agarda paxtaning namligi 12 % dan yuqori boisa, uni dastlab 12 % dan kam namlikgacha quritiladi. Paxtada yuqori namlikka ega boigan (yirik yashil barg, chanoqlar, poya va boshqalar) boisa, umumiy namlikning foizidan qat‟iy nazar ifloslikni aniqlashdan oldin birlashtirilgan namuna dastlab kuritilishi lozim. Quritilgan paxta namunasi sinash oldidan sovutilishi lozim. Oichangan paxta namunasi teshiklari oichamlari 3x3 mm boigan elakda tekis karton yoki oyna ustida paxtadan ifloslik guruhiga kiruvchi mayda iflosliklar, qum va changlarni ajratish uchun elanadi. Undan keyin namunada ifloslik guruhiga kiradigan qolgan iflos aralashmalar, hamda chirigan, singan va qurigan pallachalar ajratib olinadi. Ajratilgan iflos aralashmalar va ulyuk massalari alohida 0,01 g aniqlikda oichanadi. Ifloslik foizi har bir sinash namunasining birlamchi massasiga (100 g) ga nisbatan hisoblanadi. Ifloslik uchun ikki namuna sinash natijalarining 0,1 % gacha yaxlitlangan o„rtacha qiymati olinadi. Paxtaning iflosligini va ulyukdorligini qoi yordamida aniqlash usuli paxtaning massasi 100 g boigan sinash uchun namunani tarkibiy qismlarga - toza paxta, ifloslik va ulyukka ajratish yoii bilan amalga oshiriladi. Sinash uchun namuna yuqorida ko„rsatilgan usul bo„yicha LKM, 2L-12 qurilmalari uchun olingani kabi tanlab olinadi. Oichangan paxta teshiklari oichamlari 3x3 mm boigan elakda tekis karton yoki oyna ustida paxtadan ifloslik guruhiga kiruvchi mayda iflosliklar, qum va changlarni ajratish uchun elanadi. Undan keyin namunadan ifloslik guruhiga kiradigan qolgan iflos 57 aralashmalar, ulyuk, hamda chirigan, singan va qurigan pallachalar ajratib olinadi. Ajratilgan iflos aralashmalar va ulyuk massalari alohida 0,01g aniqlikda oichanadi. Ifloslik va ulyukdorlik foizi sinash namunasining birlamchi massasi (100 g) ga nisbatan hisoblanadi. MISOL. Namunaning vazni M n =300g, ajratilgan iflos aralashmalaming vazni Mif=36,0 g, namligi 13 foiz boigan laboratoriya quritgichida quritilgan S-6524 seleksion nav paxtaning iflosligini aniqlash lozim. Namuna tozalashdan awal laboratoriya quritgichida quritilganligi uchun 0„zDSt 592 standartiga binoan K 2 =1,0 qabul qilamiz. Paxtaning iflosligini aniqlaymiz. Download 4.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling