Махсус фан дастури сурдо йуна
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Download 1.58 Mb.
|
10068 1 мактабгача сурдопед
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o`qituvchining rahbarligi va nazorat ostida talabada muayyan o`quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat: yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o`zlashtirish ko`nikmalariga ega bo`lish; kerakli ma`lumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash; axborot manbalarni va manzillaridan samarali foydalanish; an`anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar, me`yoriy hujjatlar bilan ishlash; Internet tarmog`idan maqsadli foydalanish; berilgan topshiriqning ratsional echimini belgilash; ma`lumotlar bazasini tahlil etish; ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash; topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish; ishlab chiqish yoki g`oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish. Mustaqil ta`lim talabalarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari holatda mustaqil bilim ko`nikmalarini egallashlari uchun manba bo`lib xizmat qiladi. Ayniqsa, kadrlar tayyorlashning hozirgi sifat bosqichida mustaqil ta`limga alohida e`tibor qaratilib, o`quv jarayonining ajralmas qismi sifatida muayyan soatlar ajratilgan. Mustaqil ta`limda ko`zda tutilgan asosiy maqsad talabalarni yangicha fikrlash va mushohada qilishga o`rgatish, nazariy va amaliy bilimlarini mukammallashtirish uchun to`liq, imkoniyatlar yaratishga qaratilgan, o`qituvchi dars jarayonida talabalarning har biriga fanga doir zamonaviy mavzularni mustaqil ishlashlari uchun topshiradi. Talabalar o`zlariga biriktirilgan mavzularni referat, lektsiya shaklida tayyorlab, seminar-amaliyot darslarida lektsiya qilib, keng doirada muhokama qilishadi. Talabalar ba`zi bir mavzular bo`yicha adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilib, dars jarayonida o`rganib chiqadilar. Mustaqil ta`limning qisqacha mazmuni berilgandan so`ng, namunaviy mavzulari beriladi. Mustaqil ta`limning namunaviy mavzulari talabalar mustaqil o`rganadigan lektsiya va amaliy mashg`ulotlardan beriladi. Mustaqil ta`limning namunaviy mavzulari talabalarning fan bo`yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlantirishga, umumiy dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning tahminiy mavzulari: Imo-ishora nutqini so`zlashuv nutqini rivojlanishiga ta`siri. Nutq o`stirish bo`yicha korrektsion faoliyatining olib borish tartibi. Daktil nutqning nutq o`stirishda tutgan o`rni. Bolalarning atrofdagilar bilan nutqiy munosabatlarini o`stirish. Lug`at ishi metodikasi. ENB bolalarning nutq apparatining anotomo-fiziologik xususiyatlari va ularning tovushlar talaffuziga ta`siri. ENB bolalarning nutqni o`stirish va maktabga tayyorlash. So`zlashuv nutqga o`rgatish. So`zlashuv nutqga qo`yiladigan talablar. Atrof-muxit bilan tanishtirish metodlari. Turli yosh guruhlaridagi bolalarni jonli tabiat bilan tanishtirish. Bolalarni vatanga muhabbat ruxidi tarbiyalash. O`yin turlari. ENB bolalarning ijodiy o`yinlarni tashkil qilish metodikasi. Syujetli rolli o`yinlarni tashkil qilishning mazmun mohiyati. Rasm chizishga o`rgatish. Yopishtirish va qurish, yasashga o`rgatish metodikasi. ENB bolalarga oddiy matematik tasavvurlarni shakllantirishning mazmuni. Fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish. ENB bolalar surdopedagog va tarbiyachiga taqlid qilish asosida xulq malakalarini shakllantirish. Madaniy gigienik malakalarini rivojlantirish asosida so`zlashuv nutqiga o`rgatish. Nutqning lug`aviy tarkibini shakllantirish. 2 dialogik nutqni rivojlantirish. Monologik nutqni rivojlantirish. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling