Махсус фан дасутри олиго йунал
Download 364.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Логопедик уйин
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
2 3 I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Ushbu dastur maktabagcha yoshdagi bolalar nutqidagi kamchiliklarni logopedik o‘yinlar asosida bartaraf etish, qo‘l barmoqlari xarakatchanligini rivojlantirish, nutq kamchiliklaridagi korrektsion ishni tashkil etish va rejalashtirish masalalarini qamrab oladi. II.O‘quv fanining maqsadi va vazifasi Logopedik o‘yin fani logopediya fanining bir tarmog‘i bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini logopedik o‘yinlar asosida bartaraf etish va korreksiyalashdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarni maktabgacha yoshdagi nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalarda namoyon bo’ladigan nutq buzilishlarini nazariy va amaliy tomondan o’rganishi, amaliy mashg’ulotlarda talabalarda bo’lg’usi faoliyati uchun zarur ko’nikma va malakalarni hosil qilish, logopedik o‘yin mashg’ulotlar uchun didaktik materiallarni tayyorlash va ulardan samarali foydalanishga o’rgatishdan iborat. Logopedik o‘yin o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - logopediyaning tarkibiy qismi ekanligi; logopedik o‘yinning mazmuni va vazifalari; logopedik o‘yinning korreksion ahamiyati; logopedik o‘yin turlari: tayyorlov o‘yinlari, nutq apparati xarakatchanligini rivojlantirishga oid o‘yinlar, tovushlarni nutqga qo‘yish, mustaxkamlash, farqlashga qaratilgan o‘yinlar, duduqlanishni bartaraf etishga qaratilgan o‘yinlar, qo‘l barmoqlari xarakatchanligini rivojlantirishga oid o‘yinlar; logopedik o‘yinlarni qo‘llash texnologiyalari; nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishni bilishi kerak; - logopedik hujjatlarni yuritish; maxsus muassasalarning logopedik mashg‘ulotlarida logopedik o‘yinlarni rejalashtirish; logopedik mashg‘ulotlar uchun didaktik materiallar tanlay bilish hamda uning usullarini amaliyotda qo‘llash; pedagogik jarayonni nazariy-amaliy taxlil etish; logopedik o‘yinlar o‘tkazish jarayonida nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarga individual va differensial yondoshish ko‘nikmalariga; - logopedik mashg‘ulotlar uchun logopedik o‘yinlarni to‘g‘ri tanlay olish, tayyorlash va samarali qo‘llay olish; logopedik o‘yinlar o‘tkazish uchun didaktik materiallar tayyorlash; nutq buzilishiga ega bo‘lgan bolalarga psixologik- pedagogik tavsif bera olish; ota-onalar bilan ishlash, nutq buzilishiga ega bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiya nazariyasini amalda qo‘llash malakalariga ega bo‘lishi Download 364.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling