Muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilari, goho kinestetik sezgilar deb nomlanib, ularga og‘ir!ikni, qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari gavda muskullari, paylar, bo4g‘imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning ta’sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
Muskul-harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta'sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilaridir.
Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibular apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibular apparat quloq dahlizi va yarim doira kanallardan tashkil topgan bo'ladi. Sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda otolitlar alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallaridan tashkil topgandir.
Odatda, organizm avtomatik ravishda refleks yo‘li bilan muvozanat saqlaydi.
Organik sezgilar
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda: qizilo‘ngach, me’da, ichak, qon tomirlari, o‘pka va shu kabilarda joylashgan boiadi.
Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgi retseptorlarining qo‘zg‘atuvchilaridir. Ular quyidagilardan iboratdir:
og'riq sezgilari;
xush tuyg'ular;
noxush tuyg'ular.
Do'stlaringiz bilan baham: |