Mahsus pedagogikaning klinik asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Document
2-rasm.
Yuqori devor — nog‘ora bo‘shlig‘ining tomi yupqa suyak qatlamidan iborat bo‘lib, u nog‘ora bo‘shlig‘ini kalla tubining o'rta chuqurchasidan ajratib turadi va ustidan miyaning chakka bo‘lagini qoplab yotgan qattiq miya pardasi bilan yopilgan bo‘ladi. Pastki devor yoki bo‘yinturuq venasiga qaragan devor — nog‘ora bo‘shlig‘ining tubini tashkil qiladi. Yosh bolalarda bu devorning suyak qismi yupqa bo‘ladi. Nog'ora bo‘shlig‘i yiringli yallig‘langanda, yiring shu sohada to‘planadi, suyakning chirishi natijasida bo'yinturuq venasiga o‘tib, turli xil asoratlar berishi mumkin. Oldingi devorning yuqori qismida eshituv nayining teshigi, undan pastroqda esa ichki uyqu arteriyasi va uni o'rab olgan vena chigallarini chegaralab turuvchi suyak plastinkasi joylashgan. Orqa devor — so‘rg‘ichsimon o£siqqa qaragan devoridir. Nog‘ora bo‘shlig‘ining bu devori yuqoridan antrum bilan tutashadi, bu yo'l so‘rg‘ichsimon o'siqchadagi doimiy katta g‘or (antrum) bilan bog'langan. NogLora bo‘shlig‘ining ichki (medial) devori — ichki quloqqa qaraganligi uchun labirint devori deb ataladi. Bu devor ichki quloqni o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi. Devorning qoq o‘rtasida bo'rtib chiqqan do'nglik bor. U ichki quloq chig‘anog‘ining turtib chiqishidan hosil boiadi. Do‘nglikning orqa va pastki qismida chig'anoqqa kiradigan yumaloq (oval) darcha nog‘ora parda bilan qoplangan. O‘rta quloqning tashqi yoki lateral devori — tashqi quloq yo‘li va nog‘ora bo‘shlig‘ini ajratib turuvchi quloq pardasidan iborat. Nog‘ora bo‘shlig‘ida bolg‘acha, sandoncha va uzangi deb ataladigan uchta eshituv suyakchasi joylashgan. Bu suyakchalar pay va bo‘g‘imlar yordamida bir-biri bilan birikib, nog'ora parda bilan yassi darchani birlashtiradigan tutash va tez harakatlantiruvchi zanjirni hosil qiladi. Bolg'acha dastasi quloq pardaga tegib, uni tashqi quloq tomonga biroz bo'rttirib turadi. Bolg'achaning yumaloq boshi ikkinchi cshituv suyagi — sandonchaga, uning uzun oyoqchasi uchinchi cshituv suyagi — uzangichaga tegib turadi. Shunday qilib, uchala eshituv suyaklari tashqi quloq bilan ichki quloq orasida zanjirga o‘xshash birikib joylashgan. Nog'ora bo'shlig'ida quyidagi mushaklar bor: Quloq pardasini tarang qiluvchi mushak. Bu mushak eshituv nayi ustidagi suyak tarnovchasidan boshlanib bolg‘acha dastasiga yopishadi. Uzangi mushagi. Nog‘ora bo'shlig'ining orqa devoridan boshlanib, ingichka pay bilan uzangi boshchasiga yopishadi. Birinchi mushakni uch shoxli nerv tarmog‘i, ikkinchisini esa yuz nervi tarmog‘i ta’minlab turadi. О‘rta quloqning qon va nerv bilan ta ’minlanishi O'rta qutoqni asosan venalar arteriyalar qon-tomirlari bilan ta’minlangan bo'lib, limfa tik tugunlarga qo'yiladi. O'rta quloq bo‘shlig‘ining shilliq qavati va eshituv nayi harakatchan tolalarni sezuvchi tolalar, yuz nervi hamda til-yutqin nervi bilan innervatsiyalanadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling