Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


Download 1.47 Mb.
bet53/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122
Bog'liq
Document

Mastoidit — so‘rg‘ichsimon o'simtaning suyak elementlarini parchalaydigan o'rta quloqning o‘tkir yiringli yallig'lanishidir. Aynan so'rg'ichsimon o‘simtaning suyak to‘qimasi destruksiyasi tufayli mastoidit o‘tkir o‘rta otitdan farqlanadi. Mastoidit g'or tomi, labirint, yuz nervining jarohatlanishi kabi asoratlar qoldirishi mumkin.
Belgilari: o‘tkir o'rta otit kechayotgan paytda, yoki 2—3 hafta o‘tgach quloqda, quloq orti sohasida og‘riq kuchayadi, og'riq spontan bo'ladi, eshitish pasayadi, quloqda shovqin, quyuq sarg'imtir yiring oqishi, tana haroratining 38—39°C gacha ko'tarilishi, umumiy ahvolning og‘irlashishi kuzatiladi.
Otoskopiya: tashqi eshituv yo'li orqa devori suyak qismi osilishi, shish, ba’zida yiring oqishi, nog'ora parda qizargan, qalinlashgan, perforatsiyadan yiring oqib turishi ko‘rinadi. Tash­qi ko‘rikda quloq suprasi oldinga va pastga egilgan, quloq orqasi terisi shishgan, qizargan bo'ladi. So'rg'ichsimon o'simta bosilganda og'riq kuzatiladi. Chakka suyagi rentgenografiyasida so'rg'ich­simon o'siq sohasida soyalanish va ba’zi katakchalarini suyak devorining destruksiyasi kuzatiladi.
Davosi: xirurgik — mastoidotomiya.
Labirintit — ichkiquloqningo'tkiryokisurunkaliyallig'la­nishibo'lib, uchegaralanganyokitarqalganxaraktergaegabo'lishimumkin.
Kclib chiqishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: timpanogen, meningogen, gematogen va jarohat tufayli.
Timpanogen labirintit ko‘pincha surunkali, ba’zan esa, o‘rta quloqning o‘tkir yallig'lanishining asoratlari bo‘lib, bu kasalliklarga nisbatan labirintit 1,5—5% ni tashkil etadi. Yallig'lanish jarayoni o'tkir hamda surunkali otitda o‘rta quloqdan ichki quloqqa o'tishi chig‘anoq darchasining membranasimon tuzilmasi va dahliz darchasi orqali yuz beradi.
Meningogen yoki liarogen labirintit miya pardasidagi yallig'lanish ichki eshituv yo'li, dahliz suv yo‘li va chig'anoq suv yo‘li orqali tarqalganda kuzatiladi. Meningogen labirintit epidemik, grippli, tuberkulyozli, skarlatinali, qizamiqli, tifli meningitlarda yuzaga kelishi mumkin.
Gematogenli labirintit umumyuqumli kasalliklarda, epidemik parotitda (tepki), zaxmda va boshqa infeksiyalarda infeksiyaning ichki quloqqa tushishiga sharoit yaratib beradi.
Jarohatdan keyin labirintit ichki quloqning nog'ora parda bilan o‘rta quloq orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri jarohatlanganida to'satdan yot jismlar (spitsa, shpilka) bilan jarohatlanishda ku­zatiladi.
Labirintitning asosiy belgilari: ichki quloqda vestibulyar va eshituv rctseptorlar faoliyatining buzilishi.
Vestibulyar belgilariga bosh aylanishi, spontan nistagm, muvozanatning yo'qolishi, vegetativ reaksiyalar xos. Bosh aylanganda odatda jismlarning bemor atrofida bir tekislikda aylanishi yoki bemorning o'zining aylanishlari kabi soxta sezgilar bilan ifodalanadi. Ayrim hollarda yurib turganda ishonchsizlik—xuddi tushib yoki yiqilib ketavotgandek sezgilar bo‘ladi. Muvozanat buzilganda bemor bir tomonga og'ib ketadi, yoki yiqilib tushadi, birovlarning yordamisiz harakat qilolmaslik, oyoqlarini keng qilib tashlab yurishlik kuzatiladi.
Vegetativ reaksiyalar: kohigil aynishi, qayt qilish, terlash, rang oqarishi yoki qizarishi, taxikardiya yoki bradikardiya, yurakda ogTiq, yoqimsiz hislar sczish kuzatiladi.
Tovush analizatorining buzilishi, quloqda shovqin bo'lishi va eshitish qobiliyatining butunlay yo'qolishi diagnostik ahamiyatga ega.
O'tkir labirintit 2—3 hafta davom etadi, so‘ng bemor sog‘aya boshlaydi. Ba’zan o‘tkir labirintit surunkali yashirin shaklda o'tadi, bunda kasallik yillab davom etadi va insonni ishga yaroqsiz qilib qo'yadi.
Ichki quloqning retseptor strukturasi halokatga uchraganda muvozanat faoliyati ikkinchi labirint bilan po‘stloq propriotseptiv va eshituv analizatori hisobiga moslashadi.
Chig‘anoq faoliyati tiklanmaydi. Zararlangan tomonda eshi­tish qobiliyati yo‘qoladi.
Davolash: kompleks ravishda olib boriladi.
Shovqindan zararlanish.
Kuchli shovqin uzoq vaqt ta’sir etsa Kortiyev a’zoning tukli hujayralarida o'zgarishlar kuzatiladi. Keyin o'zgarish nerv tolalariga va spiral nerv tuguniga o‘tadi. Eshitish qobiliyatining tobora pasayishi kuzatiladi. Bunday holat ayrim kasblarda kuza­tiladi (qozon yamaydiganlar, to‘qimachilikda va h.k.)
Havo kontuziyasi.
Atmosfera bosimining keskin o'zgarishi natijasida yuzaga keladi (portlash to'lqinlari va kuchli tovushning keskin, birdaniga ta’siri eshitish analizatoriga ta’sir etadi va hamma bo'limlarida o‘zgarishlar kuzatiladi). Nog'ora pardaning yorilishi, o‘rta va ich­ki quloqqa qon quyilishi, Kortiyev a’zo hujayralarining buzilishi, natijada eshitishning turg‘un pasayishi kuzatiladi.
Eshitish funksiyasining buzilishlari.
Eshitish analizatorining shikastlanishi oqibatida eshitish qo­biliyatining pasayib ketishi karlik, zaif eshitish, eshitish agnoziyasi kabi nuqsonlar paydo bo'ladi. Yosh bolalardagi eshitish­ning pasayishi ko'pincha eshituv nervlari shikasti bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarning 70%dagi karlik — meningit kasalligi bilan og‘riganda eshitish a’zolarining anomal rivojlanishi, turli shikastlar sabab bo'ladi.
Karlikning toifalari.
Karlik turlarini har xil prinsiplarda toifalarga ajratishadi. Masalan, qachon karlik paydo bo'lganiga qarab ham ajratisha­di. Homila davridayoq eshitish a’zolarining rivojlanmay qolishi yoki shikastlanishi, tug'ilgandan so‘ng esa boshlang'ich davrda har xil sabablarga ko'ra eshitmay qolishi va h.k. Ko‘p hollarda, bolalarning yosh davrida periferik retseptorlarning — eshitish masablari, ovoz qabul qiluvchi markazning shikastlanishi natijasida ham karlik paydo bo‘ladi.
Albatta, kar bolalarda sog'lom bolalarga xos bo'lgan barcha xususiyatlar mavjud. Ammo kar bolalarda nutqning yo'qligi tufayli ular psixologiyasida atrof-muhitga moslashish jarayonining o'ziga xos xususiyatlari bo'ladi. o’z navbatida, nutq fikrlash bi­lan o‘zaro bog'liq bo’libganligi sababli, kar bolalarda fikrlash jarayoni alohida xususiyatga ega bo'ladi. Bu xususiyat shundan iboratki, kar bolalardagi fikrlash qobiliyati ko'rish, sezish, hid bilish kabi analizator asosida rivojlanadi, ya’ni ularning fikrlashi aniq — obrazli bo'ladi. Ammo bu holat hech qachon aqli zaiflik belgisi bolmagan. Bunday bolalar maxsus bog‘cha yoki maktablarda tarbiya olsalar, hayotiy zarur so'zlar aytishga o'rgana oladilar va abstrakt fikrlash qobiliyati ham shakllana boradi. Bolalardagi bunday nuqson qanchalik ertaroq aniqlansa, ularning so‘z boyligi shunchalik ortadi va muloqot qila olishga imkon yaraladi. Og‘zaki nutqqa ertaroq o‘rgatilgan kar bolalar muntazam shug'ullana borib, suhbatdoshining gaplarini uning lab qimirlashiga qa­rab anglab oladigan bo‘ladi. Bunday samaraga, albatta malakali pedagoglar yordamida erishiladi. Ammo hanuzgacha yetarli darajada mukammal bo‘lgan metodik qo‘llanmalarning yo'qligi, maxsus bog'cha va maktablarning yetarli emasligi, qolaversa, malakali pedagog—tarbiyachilarning kamligi bois, kar bolalar­ning ko'pchiligi og'zaki nutqni egallay olmayapti va atrofdagilar bilan mimika yoki qo‘1 harakati bilan muloqotda bo'ladilar.
Shuni ham eslatib o'tishimiz zarurki, ba’zi bir (Tartman, Myuller, Kussmaul kabi) mualliflar kar bolalarni chala jismoniy rivojlangan, aqli zaif, koLp hollarda tajang va kasalmand bodadilar, deb kamsitgan. Bunday fikrga XVIII asrda A.Radishev qarshi chiqib, karlar psixikasining o‘ziga xos xususiyatlarini ta’riflagan.
Karlar xarakteridagi tajanglik, ba’zi hollardagi qo‘pollik, yoki jazavali bodishlik. avvalo ular hayotida odamlar bilan doimiy muloqotda boda olmasliklaridan kelib chiqadigan noqulayliklar, ishsizlik, qashshoqlik kabi hukm surgan illatlar eski davrga xos bodgan ko'rinishlardir. Keyingi davrdagi tadqiqotlar esa kar insonlarning ham yaxshi xislatlar egasi ekanligini tasdiqladi. Ularda ham mehnatsevarlik, o‘z o^qituvchi-tarbiyachilariga sodiqlik, halollik, adolatlilik — ya’ni barcha sogdom odamlarga xos bodgan xislatlar yetarli ekanligi ayon boddi. Shu sababli, ishlab chiqarish korxonalarida va turli xil kasblarda kar odamlar samarali mehnat qilmoqdalar.
Ularning hayotga tez moslanib ketishida malakali pedagog-tarbiyachilaming roli muhim.
Eshitish analizatorining patologiyasi.
Eshitish qobiliyatining turg'un pasayishi tugdna yoki orttirilgan bodishi mumkin. Eshitish qobiliyatining turgdin pasa­yishi ko‘pincha orttirilgan bodadi. Tug'ma formasi — bolaning ota-onasi kar bodsa, eshitadigan ona-otalarga qaraganda ko'proq uchraydi. Homiladorlikning birinchi 3 oyining ichida yuqumli kasallik bilan og'rish (qizamiq, gripp, qizilcha), radiatsiyalar bilan nurlanish, ayrim kimyoviy moddalar, dorilar (streptomitsin, aspirin), antibiotiкlar—aminoglyukozidlar, xinin preparatlari, alkogol iste’mol qilish, homiladorlikning birinchi oylarida jarohatlanish sabab bodadi.
Orttirilgan eshitish qobiliyatini buzilishlari sabablari turli-tumandir. Eshitish qobiliyati buzilishining ogdr turi bu — tovushni qabul qiluvchi apparat buzilganda kuzatiladi (ichki quloq, eshituv nervi). Yengil turi — quloqni tovush odkazuvchi qismi buzilgan­da kuzatiladi, ya’ni o'rta quloq kasal 1 iklarida (odkir yiringli otit, surunkali yiringli otit).Bolalarda uchraydigan cshitish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan sabab burun va burun-halqum kasalliklari va shu kasallar bilan bog'liq bo‘lgan ycvstaxiyev nayi o'tkazuvchanligining buzilishi. Ko'pincha bunga sabab adenoid o'smalar bo'ladi. Adenoidlar tufayli eshituv nayidan havo o‘rla quloqqa bormaydi va o'rta quloqda havo bosimi pasayadi, natijada nog‘ora parda ichkari tomon tortiladi, eshituv suyakchalari harakati o'zgaradi. Sabablaridan yuqumli kasalliklar ahamiyatga ega. Chunki bolalar bunga moyil bo‘lishadi. Eshitish qo­biliyatining turg'un pasayishiga quyidagi yuqumli kasalliklar olib keladi: serebrospinal meningit, qizamiq, skarlatina, gripp, parotit (tepki). Bu kasalliklarning ayrimlari (meningit, virusli gripp, tepki) eshitish analizatorining nerv apparatini (kortiyev a’zo yoki eshituv nervni), boshqalari (qizamiq, skarlati­na)—asosan o'rta quloqni zararlaydi, lekin yallig'lanish o'rta quloqdan ichki quloqqa o‘tib, Kortiyev a’zoni rctseptor hujayralarini qisman yoki butunlay zararlashi mumkin. Ayniqsa yosh bolalar uehun xavfli bo'lib, yallig'lanish ichki quloq va eshituv nervini zararlab, eshitish qobiliyatining turg'un pasa­yishiga, karlikka olib keladi. Bolalarda uchraydigan virusli kasallik — epidemik parotit (tepki) — quloq oldi so'lak bezining yallig'lanishi ayniqsa xavfli, to‘satdan eshitish qobiliyati butunlay buziladi. Zararlanish odatda bir tomonlama bo‘lib, epidemik parotitda ichki quloqdagi retseptorlar halok bo'lib, karlikka olib keladi. Kasai onadan homilaga zaxmning yuqishi ham karlikka olib kelishi mumkin, chunki zaxm infeksiyasi ichki quloqdagi nerv apparatini, eshituv nervining stvolini zararlaydi. Tug'ruq vaqtidagi jarohatlar, bolani akusherlik qisqichlari bilan tortib olish, tug'ruq yo'llarining torligi bolaning bosh shaklini o'zgartirib, ezib, eshitishni turg'un pasa­yishiga olib kelishi mumkin.
Eshitish qobiliyatining turg'un pasayishi tasnifini tuzishda quyidagilarga ahamiyat beriladi:

  1. eshitish faoliyatining buzilish darajasiga;patologik jarayonning paydo bodish vaqti va rivojlanish tezligiga;

  2. nutq rivojlanganligi yoki yo‘qligi;

  3. eshitish qobiliyati buzilgan bolaning yashash shart-sharoiti:

  1. bola qanchalik yomon eshitsa, shuncha yomon gapiradi;

  2. eshitish qobiliyati erta yo‘qolsa, nutq ham shunchalik og‘ir buziladi;

d) nutqni o‘stiradigan, saqlab qolishga qaratilgan maxsus choralar qancha erta boshlansa, bolada nutqni saqlab qolishga sharoitdir.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling