Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


-Mavzu. Aqli zaiflikning neyrofiziologik asoslari. Ular haqida umumiy fikrlar


Download 1.47 Mb.
bet99/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122
Bog'liq
Document

26-Mavzu. Aqli zaiflikning neyrofiziologik asoslari. Ular haqida umumiy fikrlar.


Reja:
1. Aqli zaiflikning neyrofiziologik asoslari.
2. Ular haqida fikrlar.

Miya strukturasining noto‘g‘ri shakllanishi asosida bola miyasining fiziologik faoliyati o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlarni I.P.Pavlov, A.G.Ivanov-Smolenskiy,



  1. N.Krasnodarskiy, I.N.Fyodorov kabi fiziolog va patafiziologlar o‘rganishgan. Ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, ko‘p hollarda dinamik nuqsonlarga kiruvchi qontomir, likvorodinamik, gormonal va fermentlarning buzilishi kuzatiladi.

Miyaning biotoklarini o‘rganish davomida oligofrenlarda alfa-ritm buzilganligi, sekin va atipik to‘lqinlar borligi aniqlanadi, bu esa ularda asosiy nerv jarayonlarining neyrodinimikasini buzilganligidan darak beradi. (I.A.Novikov va boshqalar) oligofren bolalarning oliy nerv faoliyatini shartli reflekslar metodi bu o‘rganish I.P.Pavlovning hamkorlari bilan boshlangan edi. Bu tadqiqotlar miya qobig‘ining ta'sirlanishining susayganligi, shartli bog‘lanishlarning mustahkam emasligi, faol ichki tormozlanishining susayganligi aniqlandi (A.S.Ivanov Smolenskiy).
Oxirgi yillarda oligofren bolalarning oliy nerv faoliyati professor A.R.Luriya boshchiligida labaratoriyalarda o‘rganildi. A.I.Meshryakova, V.A.Lyubovskiy, M.S.Pevznerlaming tadqiqotlari natijasida oligofren bolalarning umumiy va maxsus neyrodinamikasining o‘ziga xos tomonlari ochib berildi.
Shartli reflektor faoliyat asosiy nerv jarayonlarining ya’ni ularning kuchi, harakatchanligi va mazmunligining holatiga bog‘liq oligofreniyada nerv jarayonlarining kuchi buzilgan bo‘ladi. Shuning uchun shartli aloqalarini hosil bo‘lish jarayoni sustlashadi. Qo'zg'alish jarayoninig sustlashishi natijasida qo‘zg‘alish o‘choqlarini paydo bo‘lish qobiliyati buzilgan bo’libadi. Bir vaqtning o‘zida tormozlanish susayishini belgilashimiz mumkin, shu bilan birga miya po‘stlog‘ida aktiv harakatlanayotgan qo'zg'alish o‘chog‘ining barqarorligi susayadi. Bu esa uning irradiasiyasiga yordam beradi. Bularning hammasi miya qobig' ida nisbatan murakkab shartli aloqalarni vujudga keiishiga juda ko‘p mikdordagi takrorlashlarni talab etadi, hosil bo‘lgan aloqalar mustahkam emasligi bilan xarakterlanadi.
Murakkab shartli aloqalarning mustahkam emasligi diqqat, xotira, tafakkur va boshqa ruhiy jarayonlarda namoyon bo‘ladi. Nerv jarayonlarining asosiy harakatlarini o‘rganish natijasida oligolren bolalarda ruhiy jarayonlar sust, qotib qolgan xarakterda ekanligi aniqlandi. Nerv jarayonlari harakatining buzilishi oligofrenlarning tafakkurining o'ziga xos xususiyatli sustligi va qiyin harakatlanishi kuzatiladi. Oligofreniyada nerv jarayonli muvozanati ham o‘zgarishlar bo’libadi. Ko‘p hollarda qo‘zg‘alish yoki tormozlanishda patologiya ustunlik qiladi. Qo‘zg‘alish ustunlik qilganda bolalar hovliquvchan, tinib-tinchimas impulsiv, o‘zini tutib turolmaslik hollari kuzatiladi. Agar tormozlanish ustunlik qilsa harakatlar sustlashishi tafakkurning sustlashishi, nutq tempining sekinlashishi holati kuzatiladi.
Bizga ma’lumki, shartli reflekslar insonda birinchi va ikkinchi signal sistemalar orqali, so‘z va u bu bog‘liq bo‘lgan tafakkur orqali shakllanadi. Tadqiqotchilarg aqli zaiflarda signal sistemasining o‘zaro dissotsiyasini aniqlab berishdi. Signal sisitemasining o‘zaro defektlari qanchalik shiddatli bo‘lsa, bolaning intellektual doirasidagi defektlar shunchalik aniq namoyon bo‘ ladi.
Oligofreniyada asosiy nuqson bu asosiy analizator sohasidagi miya qobig1 i faoliyatining analitik sintetik tomondan sustligidir.
Yuqorida sanab o‘tilgan patofiziologik buzilishlar xarakterli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ularning natijasida oligofrenlarga xos bo'lgan bilish faoliyatlarining nuqsonlariga olib keladi. Masalan, aqli zaiflarga xos bo‘lgan xususiyatlarga sabab-oqibat bog‘lanishlarni va voqea-hodisalar, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni, asosiyni ikkinchi darajaligidan ajratishni, ma’lum bir holatini to‘g‘ri baholash, o‘ziga keraqli xulosa chiqarish, o‘z xatti-harakatlarini baholash, o‘z holatini anglashda buzilishlar kuzatiladi. Oligofreniyada abstrakt tafakkurda murakkab buzilishlar kuzatiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling