Ustki jag‘ asabi (n. maxillaris) uch shoxli tugundan boshlanib, oldinga qarab yo'naladi va yumaloq teshik orqali qanot-tanglay chuqurchasiga chiqadi. Teshikka kirishdan oldin undan o'rta kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miyaning qattiq pardasini inasabatsiya qiluvchi (r. Meningeus medius) chiqadi. Qanot-tanglay chuqurchasida ustki jag' asabidan quyidagi shoxlar chiqadi:
Ko'z kosasining pastki asabi (n. infraorbitalis) ko'z kosasining pastki tirqishi orqalik o'z kosasiga kiradi. Ko'z kosasida o'z nomida giegatda yotadi va shunomlik anal orqali ustki jag'ning oldingi yuzasiga chiqadi. Buyerda asab ko‘p sonly mayda shoxlarga bo’lib, kichik g‘oz panjasini (pesanserinusminor) hosil qiladi. Uning shoxlari pastki qovoq, burunningyon devoir terisini, ustki jag‘ tishlari, inilki, burun bo‘shlig‘ini oldingi qisinishilliq pardasini inasabatsiya qiladi.
Yonoqasabi (n. zygomaticus) ustki jag‘ asabidan qanottan glay chuqurchasida boshlanib, ko‘z kosasining pastki tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi. Bu yerda ko‘z yoshi asabiga qo'shiluvchi parasimpatik tolani beradi. Keyin asab yonoq suyagining yonoq-ko‘z kosasi teshigiga kirib, suyak ichida ikki shoxga bo‘linadi. Yonoq-chakka shoxi (r. Zygomatico temporalis) o‘z nomidagi teshik orqali chiqib chakka sohasi va ko‘zning tashqi burchagi terisini inasabatsiya qiladi. Yonoq-yuz shoxi (r. Zygomatico facialis) o'z nomidagi teshik orqali chiqib, yonoq sohasi terisini inasabatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |