Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


V juft — uch shoxli asab (n. trigeminus)


Download 1.47 Mb.
bet28/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122
Bog'liq
Document

V juft — uch shoxli asab (n. trigeminus) aralash asab. Lining harakatlantiruvchi tolalari ko‘prikda joylashgan o'zakdan boshlanadi. Sezuvchi tolalari uch shoxli asabning tugunida (ganglion trigeminale) joylashgan soxta unipolyar hujayralarning markaziy o'simtalari bo'lib, ular ko‘prik, orqa miya yo'li va o'rta miya yo‘li o‘zaklarida tugaydi. Bu hujayralarning periferik o‘siqlari yuz, peshana, chakka sohasi terisi, burun bo‘shlig‘i, tilning oldingi 2/3 qismi, tishlar, ko‘zning konyunktivasi shilliq pardasida tugay­di. Uch shoxli asab miya asosidan ikki ildiz (sezuvchi va hara­katlantiruvchi) hosil qilib ko‘prik bilan miyachaning o'rta oyoqchasi orasidan chiqadi. Uning sezuvchi ildizi (radixsensoria) harakatlantiruvchi ildiziga (radix motoria) nisbatan qalin. Uch shoxli asab oldinga va biroz tashqariga yo'nalib, chakka suyagi piramidasini oldingi yuzasidagi uch shoxli asab botiqligida joy­lashgan uch shoxli asab bo‘shlig‘i (cavum trigeminale) ichiga kiradi. Uning ichida uch shoxli asab tugunini (ganglion trigemina­le) (Gasser tuguni) hosil qiladi. Bu tugun yarimoysimon shaklda bo'lgani uchun yarimoysimon tugun (ganglion semilunare) deb ham ataladi. Uch shoxli asabning harakatlantiruvchi ildizi tugunning pastki tomonidan o'tib, asabning III shoxi tarkibiga kiradi. Tugundan uch shoxli asabning uchta shoxi: 1) ko'z asabi; 2) ustki jag" asabi; 3) pastki jag' asabi chiqadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling