V juft — uch shoxli asab (n. trigeminus) aralash asab. Lining harakatlantiruvchi tolalari ko‘prikda joylashgan o'zakdan boshlanadi. Sezuvchi tolalari uch shoxli asabning tugunida (ganglion trigeminale) joylashgan soxta unipolyar hujayralarning markaziy o'simtalari bo'lib, ular ko‘prik, orqa miya yo'li va o'rta miya yo‘li o‘zaklarida tugaydi. Bu hujayralarning periferik o‘siqlari yuz, peshana, chakka sohasi terisi, burun bo‘shlig‘i, tilning oldingi 2/3 qismi, tishlar, ko‘zning konyunktivasi shilliq pardasida tugaydi. Uch shoxli asab miya asosidan ikki ildiz (sezuvchi va harakatlantiruvchi) hosil qilib ko‘prik bilan miyachaning o'rta oyoqchasi orasidan chiqadi. Uning sezuvchi ildizi (radixsensoria) harakatlantiruvchi ildiziga (radix motoria) nisbatan qalin. Uch shoxli asab oldinga va biroz tashqariga yo'nalib, chakka suyagi piramidasini oldingi yuzasidagi uch shoxli asab botiqligida joylashgan uch shoxli asab bo‘shlig‘i (cavum trigeminale) ichiga kiradi. Uning ichida uch shoxli asab tugunini (ganglion trigeminale) (Gasser tuguni) hosil qiladi. Bu tugun yarimoysimon shaklda bo'lgani uchun yarimoysimon tugun (ganglion semilunare) deb ham ataladi. Uch shoxli asabning harakatlantiruvchi ildizi tugunning pastki tomonidan o'tib, asabning III shoxi tarkibiga kiradi. Tugundan uch shoxli asabning uchta shoxi: 1) ko'z asabi; 2) ustki jag" asabi; 3) pastki jag' asabi chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |