Tugun shoxlari (rr. ganglionares) tarkibida sezuvchi va parasimpatik tolalar bo'lib, qanot-tanglay tuguni va undan chiquvchi shoxlarga qo‘shiladi.
Qanot-tanglay tuguni (ganglion pterygo palatinum) parasimpalik asab tizimi tarkibiga kirib, undan quyidagi shoxlar chiqadi: a) medial va lateral ustki orqa burun shoxlari (rr. Nasales posteriores superiores mediales et laterales) ponasimon-tanglay teshigi orqali kirib, burun bo‘shlig‘i shilliq pardasini va bezlarini inasabatsiya qiladi. Uning medial shoxining yirik tarmog‘i bo‘lgan burun-tanglay asabi (n. Naso palatinus) keskich kanal orqali qattiq tanglay shilliq pardasiga tarqaladi; b) katta va kichik tanglay asablari (n. palatinus major etminores) shu nomdagi kanal orqali o‘tib, yumshoq va qattiq tanglay shilliq pardasiga boradi; d) pastki orqa burun shoxlari (rr. Nasalis posterior es inferiores) burun bo'shlig‘i pastki qismlari shilliq pardasini inasabatsiya qiladi.
Pastki jag‘ asabi (n. mandibularis) tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalari bor. U kalla bo‘shlig‘idan oval teshik orqali chiqib harakatlantiruvchi va sezuvchi shoxlarga bo‘linadi. Uning harakatiantiruvchi shoxlari quyidagilar:
Chaynov asabi (n. massetericus) o'z nomidagi mushakni inasabatsiya qiladi.
Chuqur chakka asablari (n.n. temporalis profundi) chakka mushakni inasabatsiya qiladi.
Lateral va medial qanotsimon asablar (nn. Pterygoidei lateralis et medialis) lateral va medial qanotsimon mushaklarni inasabatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |