Til asabi (n. lingualis) pastga va oldinga tomon yo'nalib ravoq hosil qiladi. Uning tarkibidagi sezuvchi tolalar tilning oldingi 2/3 qismidan, og'iz bo'shlig'i shilliq pardasidan og'riq, harorat sezgisini qabul qiladi. Sezuvchi tugun shoxlari (r.r. ganglionares) va nog'ora toridan qo'shilgan parasimpatik tolalari jag' osti (ganglion submandibulare) va til osti tugunlariga (ganglion sublinguale) qo'shiladi.
Pastki katakchalar asabi (n. Alveolaris inferior) eng katta shox. Pastki jag‘ kanalidan o'tib engak teshigi orqali chiqadi va engak shoxi (r. mentalis) bo‘lib, engak va pastki lab terisini inasabatsiya qiladi. Pastki jag' kanalidan o'tayotganida uning shoxlari pastki tishlar chigalini (plexus dentales inferiores) hosil qiladi. Bu chigaldan chiquvchi pastki tishlar shoxlari (rr. Dentales inferiores) va pastki milklar shoxlari (rr. gingivales inferiores) pastki jag' tishlari va milklarini inasabatsiya qiladi.
VII juft — yuz asabi (n. facialis) tarkibida ikkita asab: harakatlantiruvchi o'zak hujayralari aksonlaridan hosil bo'lgan xususiy yuz asabi va tarkibida sezuvchi, vegetativ tolalari boigan oraliq asab (n. intermedius) kiradi. Yuz asabining sezuvchi, harakatlantiruvchi va parasimpatik o‘zaklari miya ko'prigi sohasida joylashgan. Miya asosida asab ko'prikning orqa qirrasidan, olivadan tashqariroqdan chiqib, dahliz-chig‘anoq asabi bilan ichki eshituv yo'liga kiradi. Chakka suyagining piramidasi ichida o'z nomidagi kanal ichida joylashib, bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshik orqali tashqariga chiqadi. Kanal ichida asab bukiima-yuz asabi tizzachasi (geniculumn. facialis) va tizzacha tuguni (ganglion geniculi) hosil qiladi. Tizzacha tuguni soxta unipolyar hujayralardan iborat bo'lib, oraliq asabning sezuvchi qismiga taalluqli. Yuz asabi kanali ichida asabdan quyidagi shoxlar chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |