n. Musculi tensoris veli palatini — tanglay chodirini taranglovchi mushakni inasabatsiya qiladi.
n. Musculi tensoris tympani — nog'ora pardani taranglovchi mushakni inasabatsiya qiladi.
n. mylohyoideus — jag‘-til osti muskulini inasabatsiya qiladi.
n. digastricus — ikki qorinli mushakning oldingi qorinchasini inasabatsiya qiladi.
Pastki jag‘ asabining sezuvchi shoxlari quyidagilar:
Meningeal shox (r. meningealis) qirrali teshik orqali kalla ichiga kirib, o'rta kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miyaning qattiq pardasini inasabatsiya qiladi.
Lunj asabi (n. buccalis) lunj muskulini tashqi yuzasida yotadi. Uni teshib o'tib, lunjning shilliq pardasini va og'iz yorig'i burchagi terisini inasabatsiya qiladi.
Quloq-chakka asabi (n. Auriculo temporalis) tashqi eshituv yo‘lini oldidan yuqori tomonga chakkaning yuza arteriyasi bilan birga yo'naladi. Uning shoxlari quloq suprasining oldingi yuzasi, tashqi eshituv yo'li, nog'ora parda va chakka sohasi terisini inasabatsiya qiladi. Bu asab tarkibida quloq tugunidan (ganglionoticum) qo'shilgan parasimpatik tolalar bo'lib, quloq oldi bezini inasabatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |