Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


Chakkashoxlari (rr. temporalis)


Download 1.47 Mb.
bet35/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122
Bog'liq
Document

Chakkashoxlari (rr. temporalis) quloq mushagi, pesha­na-ensa mushagining peshana qorinchasini va ko'zning aylanma mushagini inasabatsiya qiladi.

  • Yonoqshoxlari (rr. zygomaticus) ko'zning aylanma mushagi va katta yonoq mushagini inasabatsiya qiladi.

  • Lunjshoxlari (rr. buccales) katta va kichik yonoq mushaklari , ustki labni ko'taruvchi mushak, lunj mushagi, og'iz burchagini ko'taruvchi mushak, og'izning aylanma mushagi, burun va kulgu mushaklarini inasabatsiya qiladi.

  • Pastkijag‘ chekkasi shoxi (r. Marginalismandibulae) pastki labni va og'iz burchagini tushiruvchi va engak mushaklarini ina­sabatsiya qiladi.

  • Bo‘yin shoxi (r. coli) bo'yinning teri osti mushagini innervatsiya qiladi.

    IX juft, til-yutqun asabi (n. Glosso pharyngeus) aralash asab. Uning tarkibida sezuvchi, harakatlantiruvchi va parasimpatik tolalar bor. Til-yutqin asabining sezuvchi tolalari yakka tutam o'zagida tugasa, harakatlantiruvchi tolalari ikki yoqlama o'zakdan, parasimpatik tolalar esa pastki so'lak ajratuvchi o'zakdan boshlanadi. Til-yutqin asabi o'zaklari uzunchoq miya sohasida joylashgan bo'lib, asab miya asosida olivaning orqasidan chiqadi. Kalla bo'shlig'idan til-yutqin asabi bo'yinturuq teshigi orqali tashqariga chiqadi. Bo‘yinturuq tcshigi sohasida asab ustki sezuvchi tugun (ganglion superius), chiqqanidan keyin tosh chuqurcha sohasida pastki tugun (ganglion inferius) hosil qiladi. Bu tugunlar tarkibida sezuvchi neyronlar boiib, ularning markaziy o‘siqlari uzunchoq miyadagi sezuvchi o‘zakda tugaydi. Bo‘yinturuq teshigidan chiqqanidan so‘ng ravoq shaklida pastga va oldinga yo‘nalib, bigiz-yutqin va bigiz-til muskullari orasidan o‘tadi. Til ildiziga kirgach u o‘zining oxirgi til shoxlariga (r. lingualis) bo’libinadi. Bu shoxlar til ustining orqa 1/3 qismi shilliq pardasini inasabatsiya qiladi. Til-yutqin asabidan quyidagi shoxlar chiqadi:

    1. Nog‘ora asabi (n. tympanicus) pastki tugundan chiqib, chakka suyagining nog‘ora kanalchasi orqali nog‘ora bo‘shlig'iga kiradi va shilliq pardadan og‘ora chigalini(plexustympanicus) hosil qilib, nog'ora bo'shlig‘i va eshituv nayi shilliq pardasini ina­sabatsiya qiladi. Bu asabning oxirgi shoxi kichik tosh asabi(n. Petrosusminor) para simpatik tolalardan iborat bo'lib, o‘z nomidagi tirqish orqali piramidaning oldingi yuzasiga chiqadi. Kalla bo‘shlig‘idan ponasimon-toshsimon tirqish orqali o‘tib, quloq tuguniga qo‘shiladi.

    2. Sinus shoxi(r. Sinuscarotici) umumiy uyqu arteriyasi bo’lingan joydagi uyqu koptokchasini inasabatsiya qiladi.

    3. Yutqin shoxlari(r.r. pharyngei) yutqin devorida vegetative asab tolalari bilan yutqin chigalini hosil qiladi.

    4. Bigiz-yutqin shoxi(r. stylopharyngei) shu nomdagi muskulni inasabatsiya qiladi.

    5. Mo‘rtak shoxlari (r.r. tonsillaris) tanglay mo'rtagini inasa­batsiya qiladi.

    X juft — adashgan asab (n. vagus) aralash asab. Bu asab bosh miya asablari ichida eng uzuni boiib, uning tolalari odam organizmining ko‘p sohasiga tarqalgan. Asab tarkibidagi harakallantiruvchi tolalar ikki yoqlama o‘zak, vegetativ tolalar uning dor­sal o'zagi hujayralari aksonlaridan iborat. Sezuvchi tolalari ustki va pastki tugunlarda (ganglion superius etinferius) joylashgan se­zuvchi neyronlarning markaziy o'siqlari yakka tutam o‘zagida tugaydi. Ulaming periferik o’siqlari bosh miya qattiq pardasiga, tashqi eshituv yo‘li terisiga va ichki a’zolarga boradi. Adashgan asabning parasimpatik tolalari asabning ko‘p qismini tashkil qilib bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i a’zolari faoliyatini boshqaradi.
    Adashgan asab uzunchoq miyaning orqa yon egatidan bir nechta ildiz hosil qilib chiqadi. Ular o‘zaro birikib bo‘yinturuq teshigiga qarab yo‘naladi. Teshikda va undan chiqqanidan keyin ustki va pastki tugunlarni hosil qiladi. Teshikdan chiqqanidan so‘ng adashgan asab ichki bo‘yinturuq vena va ichki uyqu arteriyasi o‘rtasida pastga tomon yo‘naladi. Ko‘krak qafasining ust­ki aperturasi orqali u ko‘krak bo‘shlig‘iga kiradi. Ko‘krak qafasiga kirishda o‘ng adashgan asab o‘mrov osti arteriyasi va venasi o‘rtasidan o’tadi. Chap adashgan asab umumiy uyqu va o‘mrov osti arteriyalari o‘rtasidan o'tib aorta ravog‘ining oldiga yo‘naladi. Keyin o‘ng va chap asablar o‘pka ildizi orqasidan o‘tib, o‘ng adashgan asab qizilo'ngachning orqa, chap asab oidingi yuzasiga o‘tadi. Ular shoxlanib qizilo‘ngach chigalini hosil qiladi. Bu chigaldan oidingi va orqa adashgan asab poyalari hosil bo‘lib, qizilo‘ngach bilan birga qorin bo‘shlig‘iga o‘tadi. Oidingi poya (truncus vagalis anterior) me’daning oidingi yuzasida, orqa poya (triincus vagalis posterior) me’daning orqa yuzasida joylashadi.
    Adashgan asab juda katta sohaga tarqalgani uchun uni to’rt: bosh, bo‘yin, ko‘krak va qorin qismlariga bo‘lib o‘rganamiz.
    Adashgan asabning bosh qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:


    1. Download 1.47 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling