Miya qattiq pardasiga boruvchi shox (r. meningeus) ustki tugundan boshlanib, orqa kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miya qattiq pardasini, ko'ndalang va ensa vena sinuslari devorini inasabatsiya qiladi.
Quloq shoxi (r. auricularis) nog‘ora-so‘rg‘ichsimon yoriq orqali kalladan chiqib, tashqi eshituv yoMining orqa devori va quloq suprasi orqa terisini inasabatsiya qiladi.
Adashgan asabning bo'yin qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Yutqin shoxlari (r. pharyngei) yutqin devorida til-yutqin va simpatik poya tolalari bilan birga yutqin chigalini (plexus pharyngeus) hosil qiladi. Bu shoxlar yutqinning shilliq pardasini, siquvchi mushaklarni va yumshoq tanglay mushaklarini (langlay chodirini taranglovchi mushakdan tashqari) inasabatsiya qiladi.
Yurakning ustki bo‘yin shoxlari (rr. Cardiac cervicales superiors) pastga tomon yo‘nalib, yurak chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.
Hiqildoqning ustki asabi (n. Laryngeus superior) pastki tugundan boshlanib, ikki shoxga bo’libinadi. Tashqi shox (r. externus) hiqildoqning uzuksimon-qalqonsimon muskulini inasabatsiya qiladi. Ichki shox (r. internus) hiqildoqning shilliq pardasini ovoz yorig‘idan yuqori qismini va til ildizi shilliq pardasining bir qismini inasabatsiya qiladi.
Orqaga qaytuvchi hiqildoq asabi (n. Laryngeus recurrens)
chap tomonda bu asab aorta ravog'i sohasida boshlanib, uning past tomonidan o‘tsa, o'ng tomonda o‘mrov osti arteriyasini past tomonidan aylanib o‘tib yuqoriga ko‘tariladi. Undan quyidagi: kekirdak (rr. tracheales), qizilo'ngach (r.r. esophagei) va yurakning pastki bo‘yin shoxlari (r.r. cardiaci cervicales inferiores) chiqadi. Uning oxirgi shoxi hiqildoqning pastki asabi (n. Laryngeus inferior) hiqildoqning shilliq pardasini ovoz yorig'idan pastki qismini va hiqildoq muskullarini (uzuksimon-qalqonsimon mushakdan tashqari) barchasini innervatsiya qiladi.
Adashgan asabning ko'krak qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
Yurakning ko‘krak shoxlari (rr. Cardiaci thoracici) yurak chigaliga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |