Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


-mavzu. Turli kasalliklarda uchraydigan psixik buzilishlar


Download 1.47 Mb.
bet98/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   122
Bog'liq
Document

25-mavzu. Turli kasalliklarda uchraydigan psixik buzilishlar
Reja:
1. Psihik buzilishlarni klinik tekshirish usullari.
2. Amaliy psihologik tekshiruv
3. Labarotoriya tekshiruv
Klinik tekshirish usuli. Klinik tekshirish usuli ruhiy kasallik tashxisini qo‘yishda asosiy usullardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirish tarkibiga bemor to‘g‘risidagi pasport ma’lumotlari, bemorning shikoyatlari, mazkur kasallik anamnezi, somatik va nevrologik tekshiruv, ruhiy holat tekshiruvi va yorbirodarlarini ham mazkur kasallik haqida so‘rab surishtirish lozimdir.
Bemorning eslab qolish qobiliyati, fikrlash qobiliyati sustlashganda, alaxlaganda, dissimulyatsiya holatida bemor kasallik to‘g‘risida aniq va tamomila yetarli maTumotlar (sub’ektiv anamnez) bera olmaydi.
Ba’zi hollarda bemor qarindosh-urug‘lardagi (shajarasidagi) ruhiy kasalliklar haqida, bolalik davridagi biror bir ahamiyatga ega bo‘lgan hollarni, bosh miya jarohatlari, tutqanoq tutish, es-xushini yuqotib quyish hollari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lmasligi mumkin.
Yuqorida keltirilgan barcha sharoitlarda bemorning qarindosh-urug'i, yorbirodarlari, kuni-qushnilarini surab surishtirish, ya’ni ob’ektiv anamnez yig‘ish tavsiya etiladi. Ob’ektiv anamnez bemor ishtirokisiz уig‘ilishi lozim.
Bemorning hayoti to’g’risida ma’lumotlarni yig‘ib olish jarayonida birinchi navbatda irsiyatning nobopligiga — ota-ona, qarindosh-urug‘ning ruhiy sog'ligini aniqlab olishga ahamiyat berish kerak. Naslda qayd etilgan ruhiy kasallikning barchasi ta’riflab beriimog‘i lozim. Bundan tashqari, o‘z hayotiga suiqasdlik qilgan, o‘zini g'alati tutadigan, aqli zaif, tutqanogi bor shaxslar, kashandalar, ichkilikbozlik, turli xil somatik kasalliklarga aloqador shaxslar bor-yo‘qligini aniqlash lozim.
Mazkur kasallikning qanday boshlanganligani so‘zlab berayotganda kasallik qanday (to‘satdan, asta-sekin) boshlanganligi, kasallikning boshlangan vaqti va joyi, shuningdek, uning sabablari (bemorning o‘z fikriga ko‘ra), birinchi alomatlari, zo'rayishi, kechishini belgilash, turmush tarzi o‘zgarishlarining ta’sirini, qilingan davoga (o‘z-o‘zini davolash, vrach maslahati bilan davolashga) ahamiyat berish kerak. Bemorning qaysi vaqtdan boshlab psixiatr nazoratida bo'lganligini va davolashning yakunini oydinlashtirish zarur. Agar bemor kasalxona qoshida davolangan bo‘lsa, unda u kachon, qaerda bo‘lsa, qanday dorilar, qanday mikdorda, qancha vaqt davomida olinganligini aniqlash lozim. Qo‘shimcha so‘rab-surishtirish orqali bemor ruhiy kasallikka yo‘liqishi munosabati bilan uning holati mehnat va turmush sharoitiga qanday ta’sir etganligi, oldin nog'ironlikda bo‘lish-bo‘lmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanadi.
Ruhiy kasalliklar kasalxonasiga qayta tushgan bemorlar uchun xar bir bemorning kasalxonada yotishi to‘grisida qo‘shimcha ma’lumotlar olinadi.
Ruhiy holat. Kasallik varakasidagi bu holat ma’lum bir tartibda bayon etil adi. Ta’rif chizma bo‘yicha belgilangan savollarga javob sifatida emas, balki kengaytirilgan, rejali ravishda bemorni va undagi ruhiy kasallikni ta’riflash lozim. Ruhiy tekshirish usuli asosan ikkiga bo‘linadi.

  1. Ruhiy jarayonlarni (qabul qilish, xissiyot, diqqat, xotira, fikrlash va boshqalar) tekshirish usuli.

  2. Shaxsni tekshirish usuli.

Shu bilan bir qatorda bemorning bilim saviyasi, uning jamiyatdagi o‘rnima’lumotiga mos kelish-kelmasligi aniqlanadi. Bundan tashqari, bemorga rasmga qarab so'zlash, arifmetik masalalar kabi topshiriqlar beriladi va buning asosida ongining saviyasi, uning tavsifining darajasi aniqlanadi.
Somatik holat. Bu holat to‘la ravishda somatik kasalxonada tekshiriladi.
Nevrologik holat. Bu holat ham to‘la ravishda nevrologik kasalxonada tekshiriladi.
Amaliy psixologik tekshimv. Hozirgi vaqtda ruhiy faoliyatning barcha tomonlarini o‘rganish testlari, insonning shaxsiy va umumiy ko'rsatkichlarini aniqlash usullari ko‘p darajada ishlab chiqilgan. Bunday tekshirishlar analitik usulda patopsixologiya tajribagoxlarida olib borilib, ular juda murakkab va ko‘p vaqt talab qiladi, shu bilan amaliy psixologik tekshirishlarning nisbatan sodda usullari ko'plab shifokor-ruxshunoslar tomonidan qo‘llanadi. Ular bemorni kasalxona sharoitida tekshirish uchun xilma-xil amaliy ruxshunoslik usullarini qo‘llamoqdalar va olingan ma’ lumotlarni bemorning kasallik tarixi varaqasiga qayd qiladilar. Xar holda bemorning holatini baholashda xal qiluvchi so'z shifokorga bog‘liq, patopsixologik testlar esa tajribagoxda olingan barcha boshqa ma’lumotlar bilan bir qatorda faqat qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llaniladi.
Laboratorlya tekshiruvlari. Ruhiy kasalliklar tashxisida qonning umumiy va klinik analizini, siydik analizini o‘tkazish majburiy hisoblanadi. Keyinchalik bu analizlar xar bir kasallikning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab vaqti-vaqti bilan yoki tizimli ravishda o‘tkazilib turiladi. Bu o‘z navbatida ruhiy kasallikni faol davolash jarayonida xar bir bemorning somatik holatini baholash uchun zarur. Bundan tashqari, ba’zi analizlarda ruhiy xastalik bilan bog‘liq bo’libgan va uni ta’riflaydigan o‘zgarishlar topiladi.
Miya suyuqligini tekshirshi. Miyada organik xastalik bor deb gumon kilinganda orqa miya suyukligi tekshiriladi.



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling