3
Kirish:
Mavzuning dоlzarbligi. Iqtisоdiyotni mоdernizatsiyalash sharоitida
tijorat banklarining investitsiya faoliyatini rivojlantirishning asоsiy vazifalaridan
biri investitsiоn faоliyat barqarоrligini ta’minlash natijasida iqtisоdiyotni, shu
jumladan, mоliya bоzоrini ham rivоjlantirishga erishish mumkin.
Bank tizimi korxona va fuqarolarning kundalik faoliyatida, iqtisodiy
rivojlanishida muhim rol o'ynamoqda. Banklar pul aylanishini ta’minlaydi,
iqtisodiy sub’ektlarga o‘zaro tovar almashishda to‘lovlarni amalga oshirishda
vositachilik qiladi. Bank mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanish–iqtisodiy
faoliyatlarning rivojlanishiga, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga, xizmatlar
bozorini yanada rivojlanishiga yordam beradi. Shuningdek, banklar mamlakatni
pul bilan ta’minlashda asosiy moliyaviy institut hisoblanadi. Aholining pulga
bo‘lgan ehtiyojlarini banklar o‘zlarining turli aktiv operatsiyalari orqali amalga
oshirish orqali qondiradilar. Bunda ularga kredit, investitsiya va qator boshqa
operatsiyalar yordam beradi.Bank tizimi iqtisodiyotni eng katta ajralmas qismi
hisoblanib, bunda katta hajmdagi pul mablag‘lari aylanadi, ishlab chiqaruvchi va
investitsiya korxonalariga joriy xizmatlar ko‘rsatadi, bu tizimning rivojlanishi
jamiyatning rivojlanishiga va o‘z maqsadlariga yetishishiga olib keladi. Shuning
uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. “Vatanimizning
kelajagi uning jahon iqtisodiy aloqalari tizimidagi o‘rnini Investitsiyalarga
bog‘liq bo‘lib turibdi”
1
deganlari bejizga emas.
Bank sektorini muvaffaqiyatli isloh qilish uchun asosiy shart-bu davlat
tomonidan bu sohada izchil siyosatini olib borishdan iboratdir. Bank sohasida bu
siyosat moliyaviy sektor va bankni bir maqsad ostida birlashtirgan holda tizimli
barqarorlikni ta'minlash va sog'lom ichki va tarmoqlararo raqobat asosida bank
bozorini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish hisoblanadi. Davlat
bank faoliyati va kredit tashkilotlari uchun umumiy tamoyillarni ishlab chiqishi
1
Karimov I.A. “Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik”.–Т.: O’zbekiston, 2005y.-B-7.
4
kerak. Bank sektorining asosiy vazifalari pul mablag'larini jamg'arish va ularni
kredit va investitsiyalarga aylantirish hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: