Maishiy chiqindilar muammosi
Strategiya doirasida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash
Download 185.5 Kb.
|
Chiqindilar muommosi va uning oqibatlari
2.2. Strategiya doirasida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash
Chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash jarayonlarida uni shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Agarda aholi o'rtasida chiqindilarni alohida turiga qarab saralash madaniyati ongli ravishda shakllanmas ekan, chiqindilarni alohida saralash uchun mo'ljallangan konteynerlarni o'rnatish bilan ko'zlangan maqsadga erishish mushkul hisoblanadi. Mamlakatimizda, xususan Toshkent shahrida mazkur mavzudagi ta'lim jarayonlarini olib borishda “Hashar week” loyihasi guruhi bu borada ishlar faol tashkil etib kelmoqda. “Hashar week” loyihasi ilk bora 2019 yil mart oyida amalga oshirilgan bo'lib, hukumat, keng jamoatchilik, xususiy tashkilotlar va fuqarolarning e'tiborini atrof muhitning global muammolariga, xususan chiqindilar masalalariga jalb etishga yo'naltirilgan. Mamlakatimizda chiqindilarni saralab yig'ish jarayonlariga butunlay o'tishiga qancha vaqt ketishini aytish murakkab bo'lsa-da, asosiysi O'zbekiston bu boradagi qadamlarini tashladi. Ayni damda Toshkent shahrida mazkur jarayon uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish ishlari boshlandi. Ma'joziy ma'noda chiqindilar ikkinchi hayotga ega bo'lmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha kunlik tashlanayotgan maishiy chiqindilarning faqat uchdan bir qismi qayta ishlanadi. Shu bois chiqindilarni qayta ishlash va ularning utilizatsiyasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumida muhokama qilinayotgan masalalar ichida qattiq maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish mavzusi ham kun tartibida bo‘lib turibdi. Forumning ikkinchi kunida ayni masala bo‘yicha o‘tkazilgan yalpi sessiyalarda xorijlik yetakchi olimlar, mutaxassislar qattiq maishiy chiqindilarni kompleks boshqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va erishilgan tajribalar borasida fikrlashdi. Xususan, Finlyandiya suv forumi loyihasi rahbari Yakov Dondishning maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish borasida o‘z mamlakati tajribasi haqidagi taqdimoti ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. – Mamlakatimiz chiqindilarni qayta ishlash va ikkilamchi zaxiralardan foydalanish borasida yaxshi natijalarga erishgan, – dedi u. – Chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan kompaniyalar ko‘magida birgina 2016-yilda qattiq maishiy chiqindilarning 42 foizi ikkilamchi xomashyoga, 55 foizi energiyaga aylantirildi. Yana bir jihati, bizdagi qog‘oz, avtoshina, mahsulotni qadoqlash, avtomobillar, elektronika tovarlari chiqaruvchi korxona va kompaniyalar o‘z mahsulotlari chiqindilarini yig‘ishga javobgar hisoblanadi. Shveysariyalik geograf Otto Simonettning ta’kidlashicha, bugun dunyo hamjamiyatini tashviga solayotgan chiqindilar muammosi migratsiya va aholi sonining o‘sib borishi, iste’mol evolyutsiyasi, ekologik savodsizlik kabi omillar hisobiga yanada chuqurlashmoqda. Yana uning qayd etishicha, Markaziy Osiyo davlatlari maishiy chiqindilar bilan ishlash borasida sezilarli ijobiy natijalarga erishmoqda. Tojikistonlik olim, “Taraqqiyot uchun hamkorlik” jamoat tashkiloti direktori Qurbonali Partoyevning fikricha, qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda infratuzilma bilan birga texnologiya tanlash masalasiga mas’uliyat bilan yondashish lozim. Zero, bu inson salomatligi va tabiat muhofazasi bilan chambarchas bog‘liq. 5-iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan mintaqani barqaror rivojlantirish strategiyasini birgalikda shakllantirish, davlat, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati va biznes o‘rtasida muloqotni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi davom etadi. Bugungi kunda dunyo miqyosida eng asosiy ekologik muammolaridan biri, bu atrof tabiiy muhitning chiqindilar bilan ifloslanishidir. Hozirgi paytda yer yuzida chiqindilar miqdori yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Chiqindilarning paydo bo‘lishi, bеvosita insoniyatning faol iqtisodiy faoliyati bilan bog‘liqdir. Garchi, bu muammo XXI-asrga kеlib global ahamiyat kasb etgan bo‘lsada, aslida uning ildizi uzoq asrlarga borib taqaladi. Ma’lumki, XIX-asrga qadar chiqindi muammosi global darajadagi muammolar qatoriga kirmas edi. Chunki avvallari insonlar kundalik hayotda, asosan tеz parchalanib kеtadigan va atrof-muhitga mutlaqo zarar yеtkazmaydigan tabiiy matеriallardan foydalanishgan. Lekin insoniyat taraqqiyoti rivojlanishi, sanoatning kеskin rivojlanishi ushbu muammoning kelib chiqishiga asosiy omil bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida yer yuzida ming yillar davomida parchalanadigan sintеtik va boshqa turli xil va turli tarkibga ega bo‘lgan chiqindilarning paydo bo‘lishiga, atrof-muhitning ifloslanishiga, buning natijasida esa turli hil kasalliklarning paydo bo‘lishiga olib kela boshladi. Shuni unutmasligimiz kerakki, chiqindilarning yillar davomida to‘planib borishi hozirgi kunda va kelgusida insonlarning hayoti uchun o‘ta xavfli muammolarni kеltirib chiqaradi. Shuning uchun hozirdanoq buning oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rishimiz zarur. Bugungacha ushbu sohada qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo'lsa-da, ayrim noaniqliklar va to'ldirilishi lozim bo'lgan normalar bor. Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi deputatlari tomonidan O'zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to'g'risida”gi Qonunini takomillashtirish va uni yangi tahrirda qabul qilish borasida ish olib bormoqda. Xususan, amaldagi qonunlarda chiqindilarni dastlabki saralash, turlari bo'yicha alohida to'plash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish, takror foydalanish, shuningdek, ko'p miqdordagi foydali komponentlarga ega bo'lgan maishiy hamda ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash va ulardan takror foydalanishni tashkil etishning xuquqiy asoslari belgilab berilmagan. Chiqindilar monitoringi ularning hosil bo'lish hisobini yuritish, pasportlash, chiqindilar ko'mib tashlanadigan va utilizatsiya qilinadigan joylarning davlat kadastrini yuritishni tashkil etish va amalga oshirish mexanizmini belgilab beruvchi normalar mavjud emasligini ko'rsatmoqda. Shu bois milliy qonunchilikka chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasiga xususiy sektor vakillarini kengroq jalb qilishga qaratilgan choralarni ko'rish, chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasiga tadbirkorlik subyektlarini kengroq jalb qilish, ularga hududlarni biriktirib berish jarayonlarini soddalashtirish hamda ularga teng sharoitlarda faoliyat olib borish imkoniyatlarini yaratish bo'yicha normalar kiritilmoqda. Ma'lum qilinishicha, ayni paytda respublikada 13 ta sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalari hamda ularning tuman va shaharlardagi 174 ta filiali, shuningdek, «Maxsustrans» DUK hamda 101 ta xususiy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Prezidentning 2019 yil 17 apreldagi qarori bilan, «2019–2028 yillarda O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi» tasdiqlangan. Unda, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimini yaratish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari iste'molchilar tomonidan chiqindilar saralab yig‘ilganini inobatga olib, pasaytirilgan holda belgilanadi. Saralangan chiqindi turi, xususan keng tarqalgan plastikni qayta ishlash muhim ahamiyatga ega. Plastikdan granula olinib, ikkilamchi xomashyoga aylanadi. Mazkur xomashyodan ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin. Xususan, O‘zbekistonda «Sanfa Producs» kompaniyasi – birinchilardan bo‘lib klaster tizimi asosida plastik chiqindilarni qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarib, eksportga qo‘ygan kompaniyalardan biri. Hozirda mazkur kompaniya bir yilda 2000 tonna plastmassa idishlarini qayta ishlash natijasida linoleum uchun asos, avtoyo‘llar, gidroinshootlarning qurilishi uchun zarur geotekstil, polimer geomembrana, yengil sanoat uchun sintepon va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarmoqda. Shunday korxonalardan yana biri – Surxondaryo viloyatida joylashgan «BioTexno Eko» korxonasi bo‘lib, yillik quvvati 180 000 tonna, bir sutkada 500 tonna maishiy chiqindilarni saralab qayta ishlaydi. Tsellofan, plastik, plastmassa kabi maishiy chiqindilardan granulalar, polietilen quvurlarni ishlab chiqaradi. Maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shimoliy Yevropa mamlakatlarida allaqachon chiqindilarni alohida yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan, natijada qog‘oz, plastik, alyuminiy kabi xomashyoning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi. «Mamlakatimizda chiqindilarni saralab yig‘ish jarayonlariga butunlay o‘tishga qancha vaqt ketishini aytish murakkab bo‘lsa-da, asosiysi O‘zbekiston bu boradagi qadamlarini tashladi. Ayni damda Toshkent shahrida mazkur jarayon uchun zarur sharoitlarni yaratish ishlari boshlandi. Majoziy ma'noda chiqindilar ikkinchi hayotga ega bo‘lmoqda», – deyiladi Chiqindi turlari va ularni sinflarga bo`linishi. Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari Download 185.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling