Maishiy gaz asboblari


Download 151.75 Kb.
bet2/10
Sana04.04.2023
Hajmi151.75 Kb.
#1328466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hamidov Quddusxon

Gaz gorelkasi — gazni havo (kislorod) bilan aralashtirib, yonuvchi aralashma hosil qiladigan moslama. Qizdirish asboblari, pechlar, gaz plitalari, qozon oʻtxonalari va b.ga oʻrnatib ishlatiladi. G.g. asosiy (doimo ishlab turishga moʻljallangan) va yordamchi xillarga. keng va ingichka alanga hosil kiladigan, aralashmani uyurmali yondiradigan hamda alangasi uzun va toʻgʻri oqib yonadigan xillarga boʻlinadi. G.g. gaz va havo kanallariga boʻlingan korpusdan iborat. Havo va gaz quvurlari G.g. ga kalta naycha orqali ulanadi. Berilayotgan gaz bosimiga karab, G.g. past bosim (5kPa gacha), oʻrta bosim (5—300 kPa) va yuqori bosim (300 kPa dan yuqori) gorelkalariga boʻlinadi. Gaz asbobi xiliga qarab, gorelkalar soni har xil boʻladi. Masalan, toʻrt kamfarali gaz plitalarida 4 ta G.g. ishlatiladi. G.g. uzun va dumaloq qilib ishlab chiqariladi. Umuman, G.g. diffuzion, injeksion, gaz turbinali, aralash (gazmazutli, chang-gazli) xillarga boʻlinadi. Diffuzion G.g. da yoqish kamerasiga gaz va havo keladi. Gaz va havoning aralashuvi yonish kamerasida yuz beradi. U sanoat pechlari va qozonlarida ishlatiladi. Injeksion G.g. da havo gaz oqimi energiyasi hisobiga soʻriladi (injeksiyalanadi), havo bilan gazning aralashuvi gorelka korpusi ichida yuz beradi. Bundam gorelkalar issiqxonalarni isitishda, neftni qayta ishlash zavodlari pechlarida, boshqa sanoat pechlarida ishlatiladi. Gaz turbinali G.g. da havo gaz turbinasi harakatga keltiradigan ventilyator yordamida beriladi. Uning ish unumdorligi kelayotgan gaz bosimi kattaligi bilan tartibga solib turiladi. Bunday gorelka katta gaz qozonlarida ishlatiladi. Yorugʻlik beruvchi alanga hosil qilish zarur boʻlgan yoki gazning oʻzi bilan zarur temperatura hosil qilib boʻlmaydigan hollarda aralash G.g. dan foydalaniladi.
Bu gaz plitalarida atmosfera gorelkasi ishlatiladi, tutun gazlari oshxonaning o‘zidan shamollatgich shaxtalar orqali chiqariladi. Bu gorelkalarda havoning bir qismi (birinchi havo) yonish uchun kerak bo‘lgan havo elektor yordami bilan suriladi. Qolgan qismi (ikkinchi havo) alangalanishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri atrof-muhitdan keladi. Konforkali gorelkalarda gazning to‘liq yonmasligiga asosiy sabablar quyidagilar:a) idish yuzasining harorai pastligi ta’sirida gazning to‘liq yonishiga erishilmaydi, natijada SO (uglerod oksidi) va qurum paydo bo‘ladi;
b) ejektorning bo‘ylama qismida birlamchi havo bilan gazning qoniqarsiz aralashuvi natijasida;
d) atrof-muhitdan havoning yaxshi yetarli darajada berilmasligi va tutun gazining to‘liq olib chiqib ketmasligi natijasida.
Bunday kamchiliklarni tuzatish uchun gaz plitalaridagi gaz gorelkasi qurilmalarini (GTS) shunday loyihalash kerakki, buning uchunquyidagi shartlar bajarilishi zarur:
a) gorelka yuqori qiymatdagi birlamchi havo bilan ishlasin. Havo har qanday ishlab chiqarish quvvatida alanganing ishonchli (mustahkam) ishlashi ta’minlansin;
b) gorelka o‘rnatilgan qism bilan idishning pastki (mustahkam) qismi orasidagi masofa shunday bo‘lishi kerakki, tutun gazi to‘liq o‘z issiqligini bersin va erkin harakatlansin, ichki yonuvchi alanga bilan idishning pastki qismi orasida alanganing ishonchliligi ta’minlansin;
d) gorelka bilan idishning past qismi orasidagi optimal masofa saqlanishi kerak, masofaning kattalashuvi ortiqcha havoning chiqishiga va FIK kamayishiga olib keladi, masofaning qisqarishi esa gazning to‘liq yonmasligiga sabab bo‘ladi;
e) ejektor bo‘ylama qismining optimal konstruksiyasi (tuzilishi) saqlanishi kerak;
f) tutun gaz chiqib ketishi uchun ishchi stol bilan (gaz plitasida) idishning past qismi orasidagi masofa 8 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.



Download 151.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling