Maishiy iste'molchilar energiyasini tejash


A+ toifali maishiy texnika


Download 43.16 Kb.
bet2/8
Sana03.02.2023
Hajmi43.16 Kb.
#1154361
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12.Maishiy iste\'molchilar energiyasini tejash

A+ toifali maishiy texnika

O’rta hisobda, maishiy texnika xususiy xonadonlarda umumiy energiya sarfining qariyb 13 foizini tashkil qiladi. Uskunani sotib olayotganda siz ikkita raqamga e’tibor qaratishingiz kerak: sotib olish narxi va yillik ishlatish xarajatlari. Energiya tejaydigan qurilmalar boshlang’ich sotib olish narxlari yuqori bo’lishi mumkin bo’lsada, ularning ishlatish xarajatlari odatda an’anaviy modellarga qaraganda 9-25 foiz past bo’ladi.
Siz A+ va A ++ toifasidagi qurilmalarni tanlashingiz kerak, chunki ular 50 foizgacha kamroq energiya sarflaydi.
Unutmangki, siz ishlatadigan elektr energiyasi miqdori bilan atrof-muhit o’rtasida bog’liqlik bor. Sizning shaxsiy o’zgarishlaringiz kichik bo’lib tuyulishi mumkin, ammo taraqqiyot odamlarning elektr energiyasidan foydalanish oqibatlari haqida xabardorligi orqali namoyon bo’ladi.
Milliy matbuot markazida “O‘zbekenergo” DAK tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Elektr energiyasi – bu iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim zaxiralaridan biridir. Yildan-yilga oshib borayotgan energiya iste’molining hajmi undan tejab-tergab va oqilona foydalanish zaruratini talab etayotir.
“O‘zbekenergo” DAK boshqaruvi raisining o‘rinbosari M.Hakimov va boshqalarning qayd etishicha, mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahbarligi ostida energetika sohasini rivojlantirish, uning amaldagi quvvatlarini modernizatsiyalash, tiklanadigan energiya manbalarini va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishda qator investitsion loyihalar amalga oshirilyapti.
Aholi turmush darajasining ko‘tarilishi munosabati bilan energiya ise’moli hajmlari ham ortadi. Agar 1990 yilda aholining umumiy energiya iste’moli hajmidagi ulushi 10,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda ushbu ko‘rsatkich 24,4 foizga yetdi.
Matbuot anjumanida kommunal xizmatlarni to‘lash tizimiga AKTni joriy etishni kengaytirish haqida so‘z bordi. Xususan, hozirgi kunda elektr energiyasi uchun onlayn rejimda pul to‘lash hamda elektr energiyasi iste’molini hisobga oluvchi asboblarning ko‘rsatkichlarini SMS-xabar orqali kompyuter bazasiga kiritish imkoniyati paydo bo‘lgan. Buning natijasida, hisoblagichlardagi ko‘rsatkichlarni qayd etish yaxshilandi, amalga oshirilgan to‘lov haqidagi ma’lumot esa bevosita iste’molchining shaxsiy hisobiga tushmoqda. Ayni damda poytaxtda to‘lovlarning 70 foizi aynan shu usulda amalga oshirilyapti.
Bundan tashqari tadbirda cho‘g‘lanuvchi lampalarga qaraganda 20 baravar kam energiya iste’mol qiladigan zamonaviy yorug‘lik-diodli lampalarning namunalari ham namoyish etildi. ular ekologik xavfsizligi va uzoq muddat davomida xizmat qilishi bilan farq qiladi. Bugungi kunda ushbu mahsulot uchta mahalliy korxonada ishlab chiqarilmoqda.
Anjuman davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
maishiy iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarining davriy davlat qiyoslovidan o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil qilish bo‘yicha javobgarlik tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlariga yuklatiladi;
tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash ularning xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.
3. “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI va “O‘zdavenergonazorat” DI O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zbekenergo” AJ bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq iste’molchilarning tarif guruhlari optimallashuvini hisobga olgan holda, elektr energiyasi uchun yangi tariflarni bir oy muddatda tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI, “O‘zdavenergonazorat” DI “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov, “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev, “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Mustafayev, “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI boshlig‘i N.T. Agzamov va “O‘zdavenergonazorat” DI boshlig‘i D.O. Isaqulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-yanvar,
22-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qaroriga
1-ILOVA

Download 43.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling