Mavzu: Oʼzbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirish istiqbollari Reja: Kirish


Download 30.89 Kb.
bet1/4
Sana21.09.2023
Hajmi30.89 Kb.
#1683764
  1   2   3   4
Bog'liq
xizmatlar iqtisodiyoti



Mavzu: Oʼzbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirish istiqbollari


Reja:

Kirish
1. Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2. Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish aholi farovonligining iqtisodiy asosi
3. Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish asosida aholi bo’sh vaqtini ko’paytirish imkoniyatlari
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Insonlar hayot darajasi va sifatini yaxshilashda xizmat koʼrsatish sohasining oʼrni beqiyosdir. Shu bois ham dunyo mamlakatlari miqyosida xizmat koʼrsatish sohasi muttasil rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotning barcha jabhalari singari xizmat koʼrsatish sohasida ham tub oʼzgarishlarga olib keldi.
Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 2017 yil 7 fevralda 2017-2021-yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʼnalishlari” nomli uchinchi yoʼnalishida xizmat koʼrsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning oʼrni va ulushini oshirish, koʼrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʼzgartirish eng muhim vazifalar sifatida belgilangan.


1. Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Xizmatlar sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini koʼpaytirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni toʼliq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish boʼyicha oʼz yechimini kutayotgan muammoli masalalarni hal qilish, mazkur yoʼnalishda tadbirkorlik subʼektlarini yanada qoʼllab-quvvatlash, ularning gʼoya va tashabbuslarini ragʼbatlantirish maqsadida:
1. 2021-2023 yillarda Oʼzbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
iqtisodiy oʼsishni taʼminlashda xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirish va 2023 yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oshirish;
aholiga tayyor biznes rejalar va loyihalar taqdim etish, ularni kasbga oʼqitishdan tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyishgacha boʼlgan bosqichlarni qamrab oluvchi “kompleks xizmatlar” koʼrsatishni tashkil etish;
respublikada xizmatlar sohasining rivojlanganligini baholash tizimini joriy etish orqali davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini oshirish va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini kuchaytirish;
xizmatlar sohasida ortiqcha byurokratik toʼsiqlarni bartaraf etish, har bir hududning oʼziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib xizmatlar turlarini kengaytirish, hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarda transport, moliyaviy, shuningdek, bank, turizm hamda savdo xizmatlari qamrovini kengaytirish;
respublikaning barcha hududlarida mavjud taʼlim va sogʼliqni saqlash xizmatlari salohiyatini oshirish, ularning sifatini yaxshilash, bunda xususiy sektorni jalb qilish uchun qulay iqtisodiy va infratuzilmaviy sharoitlarni yaratish.
2. Quyidagilar:
2021-2023 yillarda Oʼzbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 1.1-1.15-ilovalarga muvofiq;
Xizmatlar sohasini rivojlantirish boʼyicha 2021 yilga moʼljallangan “yoʼl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi (S.Xolxoʼjaev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 va 2023 yillar uchun xizmatlar sohasini rivojlantirish boʼyicha
“yoʼl xaritalari”ni har yili 1 dekabrga qadar ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
3. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda 2021-2023 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish hududiy dasturlarini tasdiqlasin.
Bunda, hududiy dasturlarga tashabbuskor tadbirkorlarning gʼoyalari asosida aholining ehtiyoji mavjud xizmatlarni yoʼlga qoʼyish boʼyicha loyihalarni kiritish, shuningdek, joylarda mazkur xizmatlarni koʼrsatuvchi “xizmat koʼrsatish majmualari”ni tashkil etilishi nazarda tutilsin.
4. 2021 yil 1 iyuldan boshlab respublika hududlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingi joriy etilsin:
xizmat ko‘rsatuvchi, shu jumladan, yangi tashkil etilgan subʼektlar soni, xizmatlar hajmi va turlari, yaratilgan ish o‘rinlari, soliq bazasi va boshqa muhim ko‘rsatkichlar asosida tegishli sohalarga masʼul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy bo‘linmalari rahbarlari va boshqaruv xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini baholash;
xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingini “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida shakllantirish, yuritish va eʼlon qilish;
baholash natijalarini har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
baholash natijalari bo‘yicha tegishli tashkilotlarning rahbar va boshqaruv xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lganda – ularni rag‘batlantirish hamda qoniqarsiz ko‘rsatkichga ega bo‘lganda – intizomiy javobgarlikka tortish.
5. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga 300 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ochilsin.
Belgilansinki:
kredit liniyasining 150 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari (1-transh) 2021 yil 1 iyulgacha 3-ilovaga muvofiq taqsimot bo‘yicha ajratiladi;
kredit liniyasi mablag‘lari tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past qilib beriladi;
kredit liniyasining 2-transhi 1-transhning ishlatilishi samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan taqsimot bo‘yicha ajratiladi;
tijorat banklari tomonidan kreditlar 4-ilovaga muvofiq xizmatlar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish hollari bundan mustasno) uchun 5 yilgacha muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasida bitta loyiha bo‘yicha 2 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklari kreditlari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarga qo‘shimcha ravishda loyiha tashabbuskorlarining kamida yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlardagi o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha loyihalar ishga tushirilishini taʼminlasin.
6. “O‘zmilliybank” AJ tijorat banklariga qayta moliyalashtirish maqsadida 2021 yil yakuniga qadar 28 ta yirik va o‘rta shaharlarda turizm, transport, tibbiyot, taʼlim obʼektlari va yirik savdo komplekslarini tashkil etish loyihalari uchun xalqaro moliya institutlarining 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larini jalb qilsin.
7. “O‘zmilliybank” AJ huzurida Xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha-tahliliy markaz (keyingi o‘rinlarda – Markaz) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov) Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov) va Markaz bilan birgalikda xizmatlar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda aholini kasbga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
2021-2023 yillar davomida tashabbuskor tadbirkorlik subʼektlari tomonidan 5-ilovaga muvofiq tuman (shahar)larda dehqon bozorlari va savdo komplekslari barpo etilishida ko‘maklashsin;
Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrga qadar yirik shaharlarda, viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlik subʼektlari bilan hamkorlikda savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etilishini taʼminlasin.
9. Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinsin.
10. Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda:
ko‘chma savdo obʼektlari uchun joylar tadbirkorlik subʼektlariga elektron onlayn-auksion asosida sotilsin;
barcha tadbirkorlik subʼektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritish huquqi berilsin.
11. Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda bir oy muddatda savdo va xizmat ko‘rsatish obʼektlarining 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishiga doir jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablarni o‘rnatishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov) hamda Davlat bojxona qo‘mitasi (M.Azimov) bilan birgalikda bojxona postlari hududidagi bo‘sh yer uchastkalari hamda 6-ilovaga muvofiq yo‘l-patrul xizmati postlari hududidagi yer uchastkalari tadbirkorlik subʼektlariga savdo va xizmat ko‘rsatish obʼektlarini barpo etish uchun ajratilishini taʼminlasin.
Davlat bojxona qo‘mitasi (M.Azimov) ikki hafta muddatda tegishli idoralar bilan birgalikda bojxona postlari hududidagi bo‘sh yer uchastkalarining tasdiqlangan ro‘yxatini o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etsin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan yer uchastkalari tadbirkorlik subʼektlariga loyiha asosida savdo va xizmat ko‘rsatish maqsadlarida yengil turdagi qurilmalar barpo etish uchun kamida 3 yil muddatga ijaraga beriladi.
13. Davlat organlari va tashkilotlari joylashgan yer maydonlari va bino-inshootlardan samarali foydalanishni taʼminlash bo‘yicha ishchi guruhi 7-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ishchi guruhi (J.Qo‘chqorov) ikki oy muddatda:
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida davlat organlari va tashkilotlari uchun bino va inshootlar qurishni maqbullashtirgan holda ularni tadbirkorlik subʼektlariga tegishli binolarda ijara asosida joylashtirish tizimini keng joriy qilish choralarini ko‘rsin;
dastlabki bosqichda Toshkent shahrining Olmazor, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida davlat organlari va tashkilotlari joylashgan yer uchastkalari va bino inshootlarni xatlovdan o‘tkazgan holda ularning maydonlarini tanqidiy ko‘rib chiqsin va tadbirkorlik subʼektlariga xizmat ko‘rsatish obʼektlarini barpo etish uchun ajratish maqsadida maqbullashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlarida bo‘sh turgan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 apreldagi PQ–5053-son qaroriga muvofiq shtat birliklari maqbullashtirilishi natijasida bo‘shagan yer uchastkalari, bino-inshootlar va joylar mavjudligi inobatga olinsin.
14. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish uchun mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud bo‘lishi haqida talab bekor qilinsin.
15. Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 1 oktabrga qadar xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda xizmatlar statistikasini yuritishni, jumladan, axborot-kommunikatsiya va dasturlash xizmatlarini hisobga olish metodologiyasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirsin, respublika hududlarida xizmatlar sohasining rivojlanish holatini hamda samaradorligini taqqoslash imkonini beruvchi hisobot shakllari va metodologiyalarni ishlab chiqsin.
16. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S.Xolxo‘jayev) Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda xizmatlar sohasining rivojlanganligini baholash tartibi va metodologiyasini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimining mazkur qaror talablaridan kelib chiqib takomillashtirilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A.Qo‘chqorov va S.O‘.Umurzakov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021 yil 1 sentabr va 2022 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOEV



Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling