Maishiy iste'molchilarda energiyani tejash Reja Elektr energiyaning tariflari


Energiya samaradorligi – barqaror energiya ta’minotining muhim omili


Download 56 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi56 Kb.
#1601364
1   2   3   4
Bog'liq
sardor mustaqil ett

3. Energiya samaradorligi – barqaror energiya ta’minotining muhim omili
(Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-oktyabrdagi “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-sonli qaroriga qisqacha sharh)
Yurtimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borishi sababli yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish masalasi nihoyatda dolzarb vazifaga aylanib bormoqda. Shu ma'noda energiyani tejaydigan uskuna va texnologiyalarni qo‘llash va ulardan foydalanish orqali ham ushbu masalani qisman hal etish mumkin.
Respublikamiz energetika strategiyasining muhim vazifalaridan biri aholini va mamlakat iqtisodiyotini energetika resurslari bilan to‘liq va ishonchli ta'minlash, shuningdek energiya tejamkorligini rag‘batlantirish hisoblanadi. Yoritish texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari tahlili natijasida, eng ilg‘or yo‘nalish sifatida ma'nan eskirgan cho‘g‘lanma lampalarni energiya tejamkorlariga almashtirish tan olingan.
2006 yilda 125 yoshga to‘lgan va insoniyat rivojida ulkan ahamiyat kasb etgan cho‘g‘lanma lampalar bugungi kunda mutlaqo eskirgan yorug‘lik manbalari hisoblanadi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlari, xususan, Koreya, Xitoy, AQSH, Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlarida energiya samaradorligini ta'minlash va kechki maksimum yuklamalarni boshqarish, shuningdek elektr energiyasi to‘lovi bo‘yicha “ijtimoiy tariflar” tizimini joriy qilishda cho‘g‘lanma lampalardan foydalanishdan voz kechish bo‘yicha tub chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Shunday qilib, cho‘g‘lanma lampalarning ishlash tamoyilidan kelib chiqsak, ularning foydali ish koeffitsiyenti 5 foizdan kamroqni tashkil etadi. Bu - elektr energiyasining 95 foizi issiqlikka va faqatgina 5 foizi yoritishga sarflanishini anglatadi. Normativ bo‘yicha ishlash muddati - 1000 soatga yaqin.
Energiyani tejaydigan lampalarning ishlash davomiyligi cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan 10 barobarga ko‘proq bo‘lib, yorug‘lik samaradorligi 4-5 barobar yuqori. Agar yoritish uskunalarining energiya samaradorligi ko‘rsatkichi “lyumen/vatt” cho‘g‘lanma lampalarda 1 vatt elektr quvvatiga 13 lm dan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etsa, lyuminessent lampalarda 65 lyumen/vattni, svetodiod lampalarda 110 lyumen/vattni tashkil etadi.
Cho‘g‘lanma lampalar kabi yoritish darajasiga ega bo‘lgan energiyani tejaydigan lampalardan foydalanilganda, elektr energiyasini iste'mol qilish 5 barobardan kam bo‘lmagan miqdorda kamayadi. Jami sarflanayotgan elektr energiyasining 19 foizdan kam bo‘lmagan miqdori esa yoritishga sarflanadi. Hisob-kitoblar ko‘rsatishicha, hozirgi kunda iste'mol qilinayotgan elektr energiyasining 40-50 foiz miqdorini energiya tejamkor texnologiyalar, zamonaviy yorug‘lik manbalari va yoritish tizimlaridan foydalanish orqali iqtisod qilish mumkin.
O‘zbekistonda 5,5 mln.dan ortiq maishiy abonentlar - elektr energiyasi iste'molchilari mavjud. Agar har bir oilada 2 tadan 100 Vt lik cho‘g‘lanma lampalar 18-22 Vt lik energiya tejamkor lampalarga almashtirilsa, 880 MVt miqdoridagi (0,08 kVt x 2 dona x 5 500 000 abonent = 880 000 kVt) yoki Talimarjon IES kabi yirik elektr stansiyasining quvvatidan ko‘proq quvvat bo‘shatiladi. Bu esa respublika elektr energetikasi tarmog‘i barqarorligini mustahkamlashga va barcha iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlashga yordam beradi.
Agar ushbu lampalarning kunlik o‘rtacha ishlash davomiyligini 6 soat deb olsak, elektr energiyasi iqtisodi bir oyda 158 400 ming.kVt/soatni (880 000 kVt x 6 soat x 30 kun), ya'ni respublika bo‘yicha umumiy kunlik o‘rtacha elektr energiyasi iste'moliga teng miqdorni tashkil etadi.

Joriy yilning iyul-avgust oylarida “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali veb-saytiga muhokamaga qo‘yilgan edi.


Ushbu hujjat, avvalroq qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 86-sonli qarori bilan birgalikda, kommunal-maishiy iste'molchilar tomonidan elektr energiyasi iste'molini kamaytirish masalasini hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, hududlarni elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash masalasini hal qilinishini ta'minlaydi.
Mazkur qaror kommunal-maishiy sohada ham, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ham cho‘g‘lanma lampalarni energiyani tejaydiganlariga almashtirish orqali ulardan foydalanishni bosqichma-bosqich cheklab borishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, umumiy foydalanishdagi cho‘g‘lanma lamplarni olib kirish, yetkazib berish va respublika bozorida realizatsiya qilishni cheklash ko‘zda tutilmoqda.
Hozirda O‘zbekistonda energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqaruvchi 8 dan ortiq korxonalar mavjud bo‘lib, 2014 yilda ular tomonidan 6,7 mln. donadan ziyod shu turdagi lampalar ishlab chiqarildi.
2015 yilda “O‘zeltexsanoat” AK, “Angren” MIZ va “Jizzax” MIZ korxonalari tomonidan 6,6 mln.donadan ortiq energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqariladi, shundan 3,2 mln. donasi svetodiod lampalar. 2019 yilga borib ushbu korxonalarda bu turdagi lampalarni ishlab chiqarishning yillik hajmi 15,7 mln. donadan ortib ketadi. Bundan tashqari, cho‘g‘lanma lampalarni realizatsiya qilish va qo‘llashni cheklash boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ham raqobat muhitini yaratadi va yurtimizda shu turdagi lampalar ishlab chiqarish hajmining oshishiga zamin yaratadi.
Qabul qilingan qarorni amaliyotda izchil qo‘llanilishi, nafaqat yoritish maqsadlarida elektr energiyasidan samarali foydalanishni, balki mahalliy korxonalarda enegiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga yangi ishchi o‘rinlari yaratilishini ham ta'minlaydi.
Tabiat manbalaridan tejamkorlikda foydalanishning ahamiyati texnika va texnologiyaning taraqqiyotiga bog‘liq. Elektr eneigiyasidan foydalanish ortib boigan sari, uning tannarxini kamaytirishda elektr energiyasini tejamkorlik bilan foydalanish katta ahamiyatga ega. 149 www.ziyouz.com kutubxonasi Hozirgi davrda dunyo miqyosida elektr energiyasini tejash tajribasi bor. Elektr energiyasini juda kam miqdorda sarflaydigan texnika va texno ogiya uskunalari, mexanizmlari va uy-ro‘zg‘or asboblari ishlab chiqarilmoqda. Elektr stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining ko‘p miqdori iste'molchiga yetib borguncha yo'qolib ketadi. Elektr energiyasining joylarda yo'qolishi taxminan quyidagicha: Ob'yektlar Yo'qolishi, % hisobida Elektr uskunalarida yo'qolish 25 Yordamchi uskunalarda sarf bo'lishi 20 Asosiy uskunalarda mexanikaviy yo'qolish 45 Texnologiyali (foydali) eleklr sarf ho'lishi 10 Shuning uchun iste'molchilami elektr energiyasi bilan ta’minlashda va elektr tarmoqlarini rivojlantirishda undan maksimal ravishda rasional foydalanishga ahamiyat berish zarur. Shuni alohida qayd etish kerakki, sanoat, transport, qurilish va qishloq xo‘jaligida taxminan 30 % elektr energiya foydasiz sarflanadi. Agarda 0 ‘zbekistonda elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanilsa, har bir milliard kilovatt-soat ishlatilagn energiya hisobiga 100 million kilovatt-soat elektr energiyasini tejab qolish mumkin. Bu, har yili tejalgan 100 million kilovatt-soat elektr energiya hisobiga 50 ming tonna yonilg'ini tejash mumkin. Bulardan tashqari, elektr stansiyalaming kapital qurilishiga sarf bo‘ladigan materiallar, xomashyolar tejaladi. Shuning uchun ham elektr energiyasini tejamli ravishda sarf qiladigan uskunalar, mexanizmlar ishlab chiqarishga ahamiyat berilishi kerak. 7.2. Elektr energiyasini sanoatda tejash Korxonalarda elektr energiyasidan foydalanishn to ‘g‘ri hisoblash amalga oshirilsa, tejashda ko‘p masalalarni yechish oson 150 www.ziyouz.com kutubxonasi bo‘lardi. Agarda korxona har bir sexda elektr energiyasini hisoblaydigan schetchiklar o'm atsa, u holda chiqarilgan mahsulotning tannarxini to‘g‘ri aniqlanadi. Korxonadan boshqa iste'molchilar elektr energiyasini olsalar, ularga ham alohida schetchikla o'rnatish zarur, chunki aks holda ularning sarf qilgan elektr energiyasi mahsulot tannarhiga kiritiladi. Bulardan tashqari, yordamchi sexlar va boMimlar, ta'mirlashmexanikaviy ustaxonalar, suv isitish qozonlari va avtomobil saroylari va boshqa qurilmalarga alohida schetchiklar o‘rnatilishi zarur. Asosiy ishlab chiqarish uskunalari elektr energiyasi bilan alohida ta'minlanishi kerak. Elektr energiyasidan foydalanishda har bir ish joyini nazorat qilib borish kerak. Llndan foydalanishda har bir tayyorlangan mahsulot uchun elektr energiyasini me'yorlash zarur. Elektr dvigatelidan foydalanishda uni yuklantirish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: K = P, / P', bu yerda: Pf — elektr dvigatelining o‘qidagi foydali quwati, kVt; Pn — elektr dvigatelining nominal quvati, kVt. Agarda m ashina, mexanizm yoki boshqa uskunalarning quwatini tezda (operativ) aniqlash zarur bo‘lsa, u holda ulaming pasportlarini ko‘rib chiqish kerak. Elektr dvigatelining pasportida quyidagi maMumotlar boMadi: — Pn — nominal quvvat, kVt; — cos cpn — nominal quwatining koeffitsiyenti; — /n — elektr dvigatelining nominal toki, A; — Ur — elektr dvigatelining nominal kuchlanishga mo‘1- jallangani, V. Elektr dvigatelining nominal boMgan foydali ish koeffitsiyenti: n. = rf- 7----------. v3 Un ln -cos(pn bu yerda: Pn — nominal quwat, kVt; UB — nominal kuchJanish, V; / — nominal tok, A. T1 3 151 www.ziyouz.com kutubxonasi Shuni aytish kerakki, elektrdvigatelning ishini nazorat qilishda uning yuklantirish koeffitsiyenti K asosiy hisoblanadi. 7.3. Korxonalarning clektr energiyasini sarflash balansi Korxonalarda elektr energiyasini sarflashni nazorat qilish uchun balans tuziladi. Bunda har bir mashina, mexanizm, yoritish va isitish asboblari hisobga olinadi. Balansning asosiy moddalariga qo'yidagilar kiradi: — ishlab chiqarish uskunalarining elektr energiyasi sarflashi; — uskunalarning uzatuvchilarida energiyaning yo'qolishi; — havoni tozalab, namlab turuvchi qurilmalarda energiyaning sarflanishi; — ishlab chiqarish xonalari, me'yorlashga qo'shilgan xonalar, sexlami yoritishga sarf boMadigan elektr energiya; — yordamchi xonalar, omborxonalarni yoritish uchun sarflanadigan, mexyorga kiritilgan energiya; — ishlab chiqarishga aloqasi yo‘q xonalar; — ishlab chiqarishga yordamchi xonalar; —iste'molchilarni elektr bilan ta’minlaydiag‘gan elektr tarmoqlarida elektr energiyaning yo‘qolishi; — sexlarning ichidagi elektr tarmoqlarida yo‘qolgan elektr energiya; — korxonaning transformatorida yo‘qoladigan elektr energiya miqdori. Shuni aytib o‘tish kerakki, agarda korxona ishlab chiqaradigan mahsuloti uchun belgilangan me’yorlarni ko‘proq sarf qilib qo'ygvn taqdirda, mahsulotning narxi oshib ketadi. Shuning uchun har bir tadbirkor, mutaxassis elektr energiyasini tejash qoidalarini bilishi lozim. 7.4. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda me'yorlash Elektr energiyasini tejashda har xil tadbirlar qoMlaniladi. Shulardan biri, ishlab chiqariladigan mahsulotga sarflanadigan elektr energiyasini me'yorlash sanaladi. 152 www.ziyouz.com kutubxonasi Masalan, bir tonna metallni eritib olsht uchun sarf bo'ladigan elektr energiya ^i-'-il, kVt/soat, bu yerda: Pn — elektropechnning nominal quwati, kVt; t — metallni erish vaqti, soat; r) — elektropechning foydali ish koeffitsiyenti. Metallni eritgandan boshlab, to uni quyib olishgacha bo'lgan vaqt davrida suyuq metallni saqlab turish uchun sarf boMadigan elektr energiya quyidagi formula orqali aniqlanadi: ^sarf = ( I - h ) ■ / + ^"bo'sh ‘ ^davr ' ^foyd ’ bu yerda: P^.^ — elektropech bo‘sh bo‘lgan xolatdagi quwat, kVt; tdavr — metall eritilgandan boshlab quyib boMgancha o‘tgan vaqt, soat; Kfoyd — elektropechning foydali ish koeffitsiyenti. Bir tonna metallni eritib olish uchun sarf boMadigan elektr egnergiya me'yori quyidagicha aniqlanadi: P t T] + PJ\-T]) t+ Pb Gmet Kolin ' ^d a v t ’ ^ f o y d • kVt/soat, bu yerda: G met — metallning miqdori, kg; Ko|jn — sof olingan metall quymasi koeffksiyenti. Boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ham elektr energiyasi miqdorini hisoblash borasida ko'rsatilgan qoidalar qo‘llaniladi.


  1. Download 56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling