Majburiy fanlar blogi test savollari


Download 144.02 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi144.02 Kb.
#216346
Bog'liq
majburiy blok 45ta savol


MAJBURIY FANLAR BLOGI TEST SAVOLLARI

№1

2021- YIL


ONA TILI





  1. O‘rtog‘im birdan kulib yubordi, o‘zi juda serzavq, dali-g‘uli, sho‘x bola, - deydi Musavoy.

Ajratib ko‘rsatilgan so‘zga ma’nodosh iborani aniqlang.

    1. Og‘zi qulog‘ida

    2. Ko‘nglida kiri yo‘q

    3. Do‘ppisi yarimta

    4. Yulduzni benarvon uradigan




  1. 1) terim; 2) bog‘lar; 3) suhbatlash;

4) qaynatma; 5) qovurma 6) qiyma Berilgan so‘zlardan qaysilarining tarkibi asos va faqat bitta ko‘makchi morfemadan iborat ma’noli qismga ajraladi?

A) 1, 4, 5

B) 1, 2, 3, 5

C) faqat 5,6



D) 1, 3, 5, 6



  1. olmosh

  2. son

  3. sifat

  4. sifatdosh

  1. Qaysi gapda gap bo‘laklari tartibi o‘zgargan?

    1. Suv bilan ekin o‘sar, tarbiya bilan odam

    2. Ona qalbi bitmas-tuganmas mo‘jizalar manbaidir.

    3. Ilm buloqlaridan bahramand bo‘lish o‘zi bir baxt.

    4. Nafis chayqaladi bir tup na’matak.

  2. Tobe so‘z hokim so‘z bilan kelishik qo‘shimchalari yordarrida birikkan boshqaruv aloqasi qaysi qatorda berilgan?

    1. moviy osmon, Zuhra yulduzi

    2. tog‘ cho‘qqisi, kilob o‘qimoq

    3. Birga kelmoq, to‘satdan kulmoq

    4. G’azal yozmoq, alla aytmoq

  3. Berilgan qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog’liq xato mavjud?

    1. Qudrat kocha aylanib kirsa uyda zog‘ yo‘q edi

    2. Zilola yotsirab qovog‘ini solib teskari burildi.

    3. Milliard yillar sari yo‘l olgan avlodlarning ibtidosiman.

    4. Anzirat xola o‘z-o‘zidan javrab ivirsib yurar edi.

  4. Sof ko‘makchilar berilgan javobni toping.

    1. singari, misoli, haqida, bo‘yla

    2. sari, sayin, so‘ng, boshida

    3. uzra, tufayli, haqida, qadar

    4. tomon, boshida, uchun, orqali




  1. Qaysi maqolda ikkitadan ortiq yasama so‘z mavjud?

    1. Achchiqni achchiq kesar.

    2. Birikkan kuch – kuch, birikmagan kuch – puch.

    3. Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib.

    4. Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi.


10.1) odob 2) rag‘bat 3) javob

4) zarba 5) garaj 6) hafsala

7) favvora 8) fabrikat 9) razil. Yopiq bo‘g‘inlaridan biri faqat til undoshlaridan iborat so‘zlarni aniqlang. A) 2, 4, 5, 8, 9


B) 2, 4, 5, 6, 7, 9

C) 2, 3, 4, 5, 9



D) 2, 3, 4, 7, 8, 9
11.N va K undoshlarining birlashtiruvchi belgisini aniqlang.

  1. jarangli-jarangsizlik

  2. shovqinli-sonorlik

  3. til oldi-til orqalik

  4. portlovchi-sirg‘aluvchilik




  1. Qaysi javobda asosdosh so‘z berilmagan?

    1. tinch, tinim, tinimsiz, notinch, notinchlik

    2. gulli, guldor, gulchi, gulchilik, sergul shoxli

    3. shoxning, shoxni, shoxcha, shoxlarni

    4. obro‘li, obro‘siz, baobro‘, beobro‘




  1. Quyidagi qo‘shimchalar shakldoshligidan qaysi biri lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘rtasida yuz bergan?

    1. oqish – kelish

    2. otam – ko‘rdim

    3. ukang – bording

    4. qizcha – erkakcha




  1. Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar qatnashgan gap qatorini to‘g‘ri ko‘rsating.

    1. O‘zlari ham oz – ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o‘tdi.

    2. Hamma yarim o‘ttiz yetti gektar

    3. Bitta qovun kamida o‘n so‘m turadi

    4. Poyezddan tushgan uch – to‘rt yo‘lovchi tarqalib, bekatda Yigitalining yolg‘iz o‘zi qoldi

  2. Ikki zulfingni banogo‘shingda tebratmish sabo, O‘ylakim, ochib qanotin qor uza o‘ynar g‘urob.

Baytda nechta turlovchi qo‘shimcha qo‘llangan?

    1. 6 ta

    2. 4 ta

    3. 5 ta

    4. 7 ta

MATEMATIKA



16.1, 2, 3, 4, …, 9, 10, 11 – ushbu ketma- ketlikda tushirib qoldirilgan sonlar yigʻindisini toping.

  1. 26

  2. 21

  3. 35

  4. 30


17.Oʻn ikki milliard olti yuz sakson toʻqqiz ming ikki sonini raqamlar bilan yozing. A) 126892

B) 12689002

C) 120006892

D) 12000689002


18.5 + 10 + 15 + 20 + ... + 95 + 100

yigʻindini hisoblang. A) 1050

B) 1065

C) 1035

D) 1080


    1. raqami qatnashgan nechta ikki xonali son bor?

      1. 9

      2. 18

      3. 19

      4. 20




  1. Quyidagilardan qaysi biri notoʻgʻri?

    1. 78 sm = 7 dm 8 sm

    2. 6 dm 2 sm = 62 sm

    3. 1 m 1 sm = 11 sm

    4. 4 dm 6 sm 7 mm = 467 mm




  1. Kesishuvchi ikki toʻgʻri chiziq tekislikni nechta qismga bo’ladi?

    1. 1 ta

    2. 2 ta

    3. 3 ta

    4. 4 ta




  1. Qavs ichida yozilgan son ikki chekkada turgan sonlardan ma’lum arifmetik amal yordamida hosil qilingan. «?» belgisi o‘rniga tushirib qoldirilgan sonni yozing:

36 (25) 11

48 (?) 12



    1. 36

    2. 24

    3. 15

    4. 40




  1. Kilogramm bilan ifodalang: 7 t 20 kg.

    1. 720 kg

    2. 702 kg

    3. 7200 kg

    4. 7020 kg




  1. Sonlar nurida A, B, C va D nuqtalarning qaysi biri chaproqda yotadi?

A(3), B(1), C(10), D(7)

    1. D

    2. A

    3. B

    4. C




    1. shahardan B shaharga qanday uzunlikdagi eng kichik yo‘l bilan borish mumkin?



      1. 110 km

      2. 117 km

      3. 100 km

      4. 113 km




  1. Sardor bozordan 2 kg kartoshka, 3 kg lavlagi, 5 kg sabzi, 4 kg olma, 5 kg karam, 2 kg nok va 3 kg olxo‘ri xarid qildi. U necha kg meva xarid qilgan?

    1. 15 kg

    2. 9 kg

    3. 24 kg

    4. 11 kg




  1. ABC uchburchakning AB tomoni BC

tomonidan 4 sm qisqa va AC

tomonidan esa 3 sm uzun. Agar AC = 17 sm ekanligi ma’lum bo‘lsa, ABC uchburchakning perimetrini hisoblang.



    1. 61 sm

    2. 51 sm

    3. 53 sm

    4. 16 sm




  1. Tenglamani yeching:

    1. 74

    2. 4

    3. 26

    4. 36

37 x 13 24 .




  1. Rasmdan foydalanib toʻgʻri toʻrtburchak perimetrini toping.

    1. 44

    2. 48

    3. 52

    4. 56




  1. Rasmda berilgan ma’lumotlar asosida shaklning yuzini toping.



    1. 22

    2. 30

    3. 18

D) 15 5

TARIX





  1. Qo‘qon xonligida sarbozlar qo‘shini ustida kim turgan?

    1. mingboshi

    2. amir lashkar

    3. mextar

    4. muxtasib




  1. Chirchiq daryosi nechta ariqqa suv bergan?

    1. 44 ta

    2. 45 ta

    3. 46 ta

    4. 47 ta




  1. Kim Xorazmning 1812 yilgacha bo‘lgan tarixini yozgan?

    1. Munis

    2. Ogahiy

    3. Komil Xorazmiy

    4. Berdaq




  1. Quyidagi qaysi yodgorlik uch qator mudofa devor bilan o‘ralgan?

    1. Jaytun

    2. Zamonbobo

    3. Sopollitepa

    4. Kuchuktepa




  1. Turkiston muxtoriyati qachon, qayerda tuzildi?

    1. 1917-yil, Toshkentda

    2. 1920-yil, Buxoroda

    3. 1918-yil, Qo‘qonda

    4. 1917-yil, Qo‘qonda




  1. Buxoro amirligida soliqni o‘z vaqtida yig‘ish va hisobga olish bilan kim shug‘ullangan?

    1. mushrif

    2. dodxoh

    3. parvonachi

    4. shayxulislom




  1. Turkiston xarbiy okrugi qachon tashkil etildi?

    1. 1867 yil

    2. 1868 yil

    3. 1869 yil

    4. 1870 yil




  1. Viloyat hokimlari kimlar oldida hisob beradi?

    1. Prezident

    2. Oliy Majlis

    3. Xalq deputatlari viloyat kengashi

    4. Prezident va xalq deputatlari viloyat Kengashi




  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Toshkentda Xalqaro Islom Tadqiqot markazi qachon tashkil etildi?

A) 1995-yil, 19-may

  1. 1997-yil, 19-fevral

  2. 1995-yil, 17-avgust

  3. 1994-yil, 29-avgust




  1. XIX asrda qoraqalpoq urug‘larini boshqarish kimlarning qo‘lida edi?

    1. Biy va oqsoqollarni

    2. Xiva xonlari va beklarni

    3. Otaliqlarni va Inoqlarni

    4. Oqsoqollar va mingboshilarni




  1. Istiqlolchilik harakati dastlab qaysi hududda boshlandi?

    1. Farg‘ona

    2. Buxoro

    3. Xiva

    4. Samarqand




  1. Amir Temur davrida nima rivojlandi?

    1. Ipak yo‘lining shimoliy yo‘nalishi bo‘yicha savdo

    1. Ipak yo‘lining janubiy yo‘nalishi bo‘yicha savdo

    2. Xalqaro savdo munosabatlari

    3. Yirik sug‘orish inshoat ishlari




  1. O‘zbekistonda qaysi kun “Soliqlar kuni” deb e’lon qilindi va u kasb bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi?

    1. 21-mart

    2. 1-oktabr

    3. 14-yanvar

    4. 12-avgust




  1. Quyidagi qaysi me’morchilik yodgorligi Temuriylar davriga oid emas?

    1. Sherdor

    2. Oqsaroy

    3. Ko‘kgumbaz

    4. Bibixonim




  1. «Najot» gazetasining muxarriri kim bo‘lgan?

    1. Munavvar qori

    2. M.Behbudiy

    3. A.Fitrat

    4. A.Avloniy


1



Download 144.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling