Majburiy fanlar (ona tili)


Download 45.42 Kb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi45.42 Kb.
#1123180
  1   2   3   4   5
Bog'liq
majburiy


MAJBURIY FANLAR (ONA TILI)
1.Vazifasi jihatdan bir turga mansub bo’lgan ko’makchi morfema ketma-ket qo’shilgan so’zni aniqlang A) Varaqlash B) Uyqusirab C) Eslaganlik D) Atama
2.Yopiq bog’inlari va ko’makchi morfemalari teng bo’lgan so’zni aniqlang
A) Gapirmaslik B) Qiynalmaguncha C) Tirnog’ing D) Birligi
3.Qaysi gapdagi tushum kelishigini belgisiz qo’llab bo’lmaydi?
A) Saidiy o’zining ish bo’lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga o’tirdi-da,kitobni o’qiy boshladi
B) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’i tushguncha loyni tashishdi
C) Onam har gal gilamni qoqqanda qop-qora chang ko’tarildi
D) Tushuntirishning hozirgi ilm-fan uchun,ayniqsa, tarix, falsafa hamda mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot ko’rsatmoqda.
4. Qaysi yasama so’zlarning tarkibi faqat portlovchi undoshlardan iborat?
A) Ko’chat, to’shak B) Qimmatli, qadrdon C) Kitob, nodon D) Tungi, tonggi
5.Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan?
A) Asar, bahr, bo’lmoq B) Do’st, asir, bo’sag’a C) Ilgari, avval, qadim D) kavsh, kashf, kafsh
6. Yurgan // daryo // o’tirgan // bo’yra. Ushbu gapda // belgilari o’rnida qanday tinish belgilari ishlatiladi?
A) Tire, vergul, tire B)Tire, nuqtali vergul, tire C) Tire, ikki nuqta, tire D) Tire, ikki nuqta, vergul
7.Ikki xil so’z turkumi doirasida omonim bo’la oladigan asoslardan yasalgan yasama so’zlarni aniqlang. 1)Shartaki, 2) oqarmoq 3) esli 4) shoxlamoq 5) changimoq
A) 2,3,4,5 B) 1,3,5 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4
8.Imlosi to’g’ri yozilgan so’z birikmasini belgilang.
A) Lag’cha cho’g’ B) Laxcha cho’g’ C) Lahcha cho’g’ D) Laxja cho’g’
9. Tut pishig’ida ko’rishgandik. Berilgan gapda ma’no ko’chishining qaysi turi mavjud?
A) Metafora B) Metonimiya C)Sinekdoxa D)Vazifadoshlik
10.Qaysi javobdagi ibora nutqimizda so’z birikmasi ham bo’lib kela oladi?
A) Ishtahasi karnay B) Dilidan o’tkazmoq C) Yostig’ini quritmoq D) Ko’nglida kiri yo’q

Download 45.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling