Majburiy ona tili
Download 226.42 Kb. Pdf ko'rish
|
MAJBURIY ONA TILI. @ONATILI14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi va tahrirlovchi
Majburiy ona tili Telegram manzil: @onatili14 Ona tili va Adabiyot Saboqlari MAJBURIY ONA TILI 1. Olmosh ishtirok etgan gapni toping. A) Bu maskan Umidning shodligini ham, kulfatini ham, muhabbatini ham ko‘rgani ma’lum. B) Bolalar olma terish uchun dalaga chiqa boshladilar. C) Tansiq qoramag‘iz, chayir yigit bilan qadrdonlashib ketgan. D) Boshqa xonaga bolalar uxlash uchun kirdi. 2. Qo‘rq... do‘st yovuz dushman... yomon. Ushbu gapdagi nuqtalar o‘rnida qo‘llanilishi kerak bo‘lgan qo‘shimchalarni tiklang. Ular haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A) so‘z yasovchi qo‘shimcha B) so‘z yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha C) lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha D) so‘z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha 3. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan? A) Olma archayotganda qo‘lini kesib oldi. B) Negadir ishtaham qochib ketdi. C) Dasturxonga qarang, ona qizim, noz- ne’matlardan yeb o‘tiring. D) Bu maxfiy sirni ishonchli og‘iz orqali yetkazing. 4. Qaysi gapda paronim juftiga ega daraja-miqdor ravishi ishtirok etgan? A) Yaxshiligingiz sira-sira yerda qolmaydi. B) Qaddini rostlab, eshikni uzoq taqillatdi. C) Bo‘ying sal cho‘zilsin, bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshirardim. D) U aravani Nuriddin minganini ko‘rib, xiyla yengil tortdi. 5. Qaysi qatordagi ibora shakldosh xarakterga ega? A) ko‘z yummoq B) aql gimnastikasi C) kapalagi uchmoq D) tepa sochi tikka bo‘lmoq 6. O‘z ruhing bilan ziddiyatga bormaslikning yagona yo‘li foydali mexnatdir. Ushbu gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) hol D) kesim 7. Tarkibida sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang. A) O‘rtancha botir voqeani aytib, nishona uchun tasmani o‘rtaga tashladi. B) Qish o‘tib, yana Samarqand tomon yo‘limiz tushdi. C) «Yomonlar qoshida yalinish yaxshilar ishi emas», - dedi shunda otam. D) Ertalabki choydan keyin biroz hangomalashgach, hammamiz yo‘lga otlandik. 8. Qaysi javobda berilgan so‘zlar juftligi o‘zaro ma’nodosh emas? A) chopmoq - yelmoq B) husn - go‘zal C) ayyor - makkor D) epchil – abjir 9. Qaysi javobda “maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi; ijtimoiy-siyosiy hayotni taraqqiy qildirishni, shuningdek, boshqaruvni uzoq muddatli, to‘g‘ri va istiqbolli rejalashtirish” ma’nosini beruvchi atama berilgan? A) menejer B) parlament C) strategiya D) brifing Majburiy ona tili Telegram manzil: @onatili14 Ona tili va Adabiyot Saboqlari 10. Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa dovyuraklarni qo‘rqita olmadi. B) Shunday odamlar borki kelajakni oldindan bashorat qila oladilar. C) Mening opam ham tajribali shifokor. D) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. 11. Qaysi javobda faqat teng bog‘lovchilar berilgan? A) bir ... bir, va, toki, ya’ni B) lekin, yoki, goh...goh, hamda C) chunki, ammo, hamda, na ... na D) bilan, yo ... yo, na ... na, agar 12. Qaysi javobda so‘zlarning teng bog‘lanishi (so‘z qo‘shilmasi) ishtirok etgan? A) Hech bir xalq dalada ishlash doston yozishdek shonli ish ekanligini anglab yetmaguncha yuksalmaydi. B) Baxt yalqovga begona. C) Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda? D) Olimlar orasidagi hasad bilan ko‘rolmaslik jamiyat uchun ofatdir. 13. Ikkinchi qo‘shimchasi so‘z yasovchi bo‘lgan so‘zni toping. A) bo‘lmasa B) aqlimizga C) muzlatgich D) o‘zicha 14. Quyidagi birikmalarning qay birida ikkinchi qism ko`chma ma’noda qo‘llangan? A) iliq munosabat B) chuqur tekshirmoq C) buloqning ko‘zi D) sovuq xabar 15. Turdosh otlar qatorini aniqlang. A) lola, Shavkat, Ahmad, malika B) rayhon, gazeta, qilich, urish C) qalam, bola, terak, ko‘ylak D) sevinch, taskin, vafo, iboli Tuzuvchi va tahrirlovchi: Sherzod Rustamov Kanal: Ona tili va Adabiyot Saboqlari Telegram manzil: @onatili14 Download 226.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling